Termiz iqtisodiyot va servis univerisiteti
iqtisod sirtqi yônalishi
1kurs 16-22- guruh talabasi
Voxidov Asad Azamovich
YECHIMLARNI KENGROQ KO`RIB CHIQISH YO`LLARI REJA: 1. MUAMMOLARGA YECHIM TOPISH 2. YECHIM TOPISHDA KELADIGAN G`OYALAR
Har bir inson hayotda yuz berayotgan mashaqqatlarga turlicha munosabat bildiradi: kimdir mavjud muammoni inkor etsa, kimdir u haqida imkon qadar o‘ylamaslikka harakat qiladi. Ayrimlar esa o‘z muammolarida birovlarni ayblaydi... Siz-chi? O‘zingizni qanday tutasiz?
Insonning tashqi ta’sirga nisbatan javob reaksiyasi uning ruhiy himoyasidir. Ruhiy himoya tushunchasini fanga ilk bora avstriyalik psixiatr, nevrolog olim Zigmund Freyd olib kirgan. Olimning fikricha, himoyaning bu turi kasallikdan muhofazalovchi immunitetdek ruhiyatni tashqi salbiy ta’sirlardan qo‘riqlashga xizmat qiladi.
Biroq himoyaning bu turi har kimda turlicha, o‘ziga xos namoyon bo‘ladi: inkor qilish, regressiya (orqaga chekinish), aylanib o‘tish, surib chiqarishga urinish, birovni ayblash, tartibga keltirish kabi. Avvaldan aytib qo‘yish kerakki, ularni nazorat qilish biroz mushkulroq. Ammo imkoni mavjud.
Inkor etish Bu himoyaning shunday turiki, u mavjud reallikdan ko‘z yumishga yordam beradi. To‘g‘ri-da, bunday yashash ham oson, ham oddiy. Buni oddiygina misol bilan tushuntirishga urinib ko‘ramiz: ayrimlar yuziga ajin tushib, qariyotganini inkon etadi yoki farzandining ko‘cha-ko‘yda nomaqbul yurishini inkor etib, buni tan olishdan qochishga urinadi.
Bunday muammolarni anglash yoqimsiz va og‘riqli bo‘lgani uchun ham «yo‘q, bunday bo‘lishi mumkin emas!» deyish bilan kifoyalanadi.
Ammo bu hayotdan ortda qolishga, jamiyatdan ma’lum ma’noda ajralib qolishga sabab bo‘lishi mumkinligini unutmaslik kerak. Muammoni inkor etishingiz bilan u yo‘qolib yoki hal bo‘lib qolmaydi. Yechim qanday?
Muammoga ko‘z yumish emas, aksincha unga tik boqish kerak. Qo‘rqoqqa qo‘sh ko‘rinadi, deganlaridek, muammoni tan olishdan qancha ko‘p qo‘rqsangiz, u sizga shuncha katta va bahaybat bo‘lib ko‘rinaveradi. Zigmund Freyd mavjud muammoni tan olish uni hal etishdagi yarim muvaffaqiyat, deb hisoblaydi. Muammoning asl sababchisini aniqlab, bartaraf etish orqali undan to‘la qutulish mumkin.
Surib chiqarishga urinish Himoyaning bu turi ham inkor etishning yaqin «qadrdoni». Muammoni surib chiqarishga urinish insonning qaltis qarorlar yoki harakatlarni sodir etishdan himoyalaydi. Sizda hech shunday holat bo‘lganmi? Ba’zida siz uzoq vaqt muloqot qilmagan insonning familiyasi yoki ismini eslay olmaysiz. Yoki bo‘lmasa, hali oradan bir oy o‘tmagan bo‘lsa ham, o‘shanda bo‘lib o‘tgan voqea-hodisani qancha urinmang, eslay olmayapsiz...
Bundan hech hayratga tushmasangiz ham bo‘ladi. Negaki, bu inson ruhiyatiga muhrlangan, ya’ni muhim deb bilmagan yoki yoqimsiz narsalarni asta-sekin unutib boraveradi. Xotirasidan surib chiqaraveradi. Bu esa insonni o‘ch olishdan, yoqimsiz voqeaga nisbatan agressiv harakat qilishdan saqlaydi.
Bu holatga alohida yechim topish yoki unga muammo, deb qarash noo‘rin. Chunki himoyaning bu turini ona tabiat o‘zi inson ruhiyatiga jo qilgan. Himoyaning bu kabi turlari insonga va uning ruhiyatiga faqatgina foyda keltirishi mumkin. Ammo bo‘lib o‘tgan yoqimli va ijobiy voqealarni unutmaslikni taviya etamiz. Negaki, ular insonga quvonch bag‘ishlab, yashashga bo‘lgan ishtiyoqini oshirishga yordam beradi.
Birovni ayblashga urinish Biror nomaqbul ish qilib qo‘ygan odamni atrofdagilar odatda, “o‘z aybi o‘ziga bilinmaydi-da!», deydi. To‘g‘ri-da, insonning o‘zi haqida yomon fikrda bo‘lishi — g‘alati holat. Shuning uchun, ayrimlar o‘z muammolarida birovlarni ayblaydi.
Turmush o‘rtog‘iga yoki do‘stlariga ko‘p yolg‘on gapiruvchi inson hayotini ham yolg‘onga aylantirib yuborishi hech gap emas. Bunday insonlar boshiga tushgan muammolarda ham boshqalarni aybdor, deb bilishdan charchamaydi. Yechim qanday?
Har narsani o‘z qarichingiz bilan o‘lchamaslikka harakat qilish lozim. Boshimizga tushganlarida birovlar emas, aslida o‘zimiz aybdor emasmi? Axir har kim o‘z taqdirining yaratuvchisi. Psixiatr olim o‘zingizni solishtirib ko‘radigan yagona inson bu —o‘tmishdagi siz va undan ko‘ra yaxshi bo‘lishingiz kerak bo‘lgan yagona inson bu — hozirgi siz, degan fikrni olg‘a suradi.
Tartibga keltirish Ming afsuski, oramizdan hech kim xunuk xatti-harakat qilishdan himoyalanmagan. Vijdon azobi qiynab qo‘masligi uchun insonga ko‘pincha tartibga keltirish mexanizmi yordamga keladi. Aynan shu himoya turi tufayli biz bo‘lib o‘tganlarni tartibga keltirib, sarasini saraga, puchagini puchakka tashlab, to‘g‘ri xulosa chiqarishni o‘rganamiz.
Tartibga solish himoya mexanizmi insonning o‘ziga-o‘zi to‘g‘ri tasalli berish ko‘nikmasini shakllantiradi. Yechim qanday? Inson ruhiyatiga himoyaning bu turidan bo‘lak kuchli himoya kerak emas. Mavjud ham emas. Qaniydi, har bir insonda tartibga sola bilish ko‘nikmasi shakllanganda edi, dunyoda tartibsizliklar kamroq sodir bo‘lardi.