O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi al-xorazmiy nomidagi urganch davlat universiteti



Yüklə 401 Kb.
səhifə1/8
tarix10.06.2023
ölçüsü401 Kb.
#127997
  1   2   3   4   5   6   7   8
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi a


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI

Tarix fakulteti 182-Tarix yo’nalishi talabasi Arazberdiyev Meret
MANBASHUNOSLIK VA TARIXSHUNOSLIK
fanidan



MAVZU: XX asrning 60-80 yillarida o`zbekiston xalqlari tarixi tarixshunosligi.
Topshirdi:
Qabul qildi.
Urganch – 2022
MAVZU: XX asrning 60-80 yillarida o`zbekiston xalqlari tarixi tarixshunosligi.


KIRISH
ASOSIY QISM

I bob.O`ZBEKISTONDA TARIX FANI TARIXSHUNOSLIGI


1.1. 50 yillarning birinchi yarmida Sovet davlatidagi siyosiy vaziyat va jamiyatni demokratiyalashtirishga urinish tarixshunosligi.
1.2. 60–yillardagi ilmiy anjumanlar. Samarqand shahri tarixshunosligi.
II bob. O`zbekiston xalqlari tarixining dolzarb muammolari.
2.1 O`zbekiston xalqining moddiy ahvoli va ijtimoiy turmushini o`rganishning tarixshunosligi.

2.2. Ko`p tomlik O`rta Osiyo respublikalari tarixining yaratilishi


2.3. Mustaqillik O`zbekistonda tarix faning davlat siyosati darajasida o`rnatilishi

Xulosa.


F oydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
KIRISH.
Mavzuning dolzarbligi: O`zbekistonda taraxshunoslik fanining rivojini jahon xalqlari tarixini o`rganmasdan tasavvur qilibbo`lmaydi, albatta. Shuning uchun jaxon mamlakatlari, xususan g`arb davlatchiligi tajribasi to`g`risida, uning davlatchilik an`analargi haqida gap kelganda nusxa ko`chirish emas, balki umuminsoniyat ahamiyat kasb etgan tamoyillarni milliy davlatchilik an`analari bilan uyg`unlashtirish nazarda tutiladi. Biz Angliya, Frantsiya, GFR, RF va boshqa davlatlar tarixini o`rganar ekanmiz o`zimizning davlatchiligimiz tarixshunoslik haqida ham mushoqada qilishimiz mumkin.
Shunday qilib, O`zbekiston Respublikasi siyosiy tizimlarining shakllanishi bir tomondan chuqur milliy tarixiy ildizlar asosida kechayotgan bo`lsa, ikkinchi tomondan jahon, qolaversa G`arb dunyosining eng maqbul tajribalarini o`zlashtirishning zamirida sodir bo`lmoqda. Bu jarayon ham O`zbekistonning jaxon hamjamiyati bilan nechog`liq integratsiyalashuvini nanoyish etmoqda.
Agar biz O`zbekiston tarixini mustaqil davlat tarixi sifatida ko`rishni istasak, unga jahon tarixi bilan bir butunlikda qarashimiz zarur. Uning uchun esa har bir tarixpavis oldigi chet el tarixshunosligini albatta bilish va undan foydalanish talabini qo`yishimiz kerak. Biror – bir muammo tadqiqi faqat mamlakatimiz adabiyotlarigagina asoslanib qolmasligi darkor. Binobarin, faqat ichki emas, balki tashqi manbalardan (masalan arxivlar, taqdir taqozosi bilan chet elda voqealarning bevosita ishtirokchisi bo`lganlarning xotira materiallaridan) ham foydalanish taqoza etiladi. Ham mahalliy, ham chet el manba va adabiyotlarini bilish tadqiqotchini eng xolis xulosalar chiqarish uchun kuchli vosita bilan ta`minlaydi.
Jahan tarixi fani tarixshunosligini o`rganishni rivojlantirishning yana bir tamoyili – tarixshunoslik ilmining ahamiyati va o`rni, sobiq sho`ro davrida bibjografiya yozish bilan cheklangan bu sahago endilikda muhum ahamiyatga ega vazifalar yuklanganligidir. Bu vazifalar tarix fani taraqqiyot yo`nalishlari va istiqbollarning aniqlash, bu taraqqiyoti ta`sir etuvchi muhim omillar, ijtimoiyhsiyosiy tuzim, davlatning fanga munosabati, hur fikrlik imkoni,hukmron mafkuraning ta`sirini o`rganishdan iborat. Shuningdek tarixshunoslik tadqiqodlari muhum va dolzab muammolar haqida fanda shakillangan ilmiy qarashlar munozarali va mavhum masalalarni ham aniqlash imkonini beradi. Bu esa o`z navbatida vatanimiz haqida nafaqat o`z xalqimiz yurtimizda, balki butun jahonda shakllangshan tarixiy bilimlar tasafurini aniqlash va taxlil etish imkoni beradi. Demak, jahon tarixi fani tarixshunosligini o`rgarish va rivojlantirish birinchi navbatda manbalarni chuqur o`rganish, eski o`zbek yozuvi, arab, fors, tillari mutaxassislarini mujassamlashtirishni talab qilsa, ikkinchidan ingiliz, frantsuz, nemis tarixshunosligiga ixtisoslashgan qadrlarni etishtirishni talab etadi.

Yüklə 401 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin