O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi al-xorazmiy nomidagi urganch davlat universiteti



Yüklə 401 Kb.
səhifə7/8
tarix10.06.2023
ölçüsü401 Kb.
#127997
1   2   3   4   5   6   7   8
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi a

Xulosa.


Shunday qilib, O`zbekiston Respublikasi siyosiy tizimlarining shakllanishi bir tomondan chuqur milliy tarixiy ildizlar asosida kechayotgan bo`lsa, ikkinchi tomondan jahon, qolaversa G`arb dunyosining eng maqbul tajribalarini o`zlashtirishning zamirida sodir bo`lmoqda. Bu jarayon ham O`zbekistonning jaxon hamjamiyati bilan nechog`liq integratsiyalashuvini nanoyish etmoqda.
Agar biz O`zbekiston tarixini mustaqil davlat tarixi sifatida ko`rishni istasak, unga jahon tarixi bilan bir butunlikda qarashimiz zarur. Uning uchun esa har bir tarixpavis oldigi chet el tarixshunosligini albatta bilish va undan foydalanish talabini qo`yishimiz kerak. Biror – bir muammo tadqiqi faqat mamlakatimiz adabiyotlarigagina asoslanib qolmasligi darkor. Binobarin, faqat ichki emas, balki tashqi manbalardan (masalan arxivlar, taqdir taqozosi bilan chet elda voqealarning bevosita ishtirokchisi bo`lganlarning xotira materiallaridan) ham foydalanish taqoza etiladi. Ham mahalliy, ham chet el manba va adabiyotlarini bilish tadqiqotchini eng xolis xulosalar chiqarish uchun kuchli vosita bilan ta`minlaydi.
Kishini ajablantiradigan narsa shuki, xalqlari tarixini maxsus taqiqodlar vositasida yoritayotgan olimlar fasiga davlat arboblari ham qo`shilib qolmoqdalar. Afsuski ularning xaddan tashqari extiroslariga berilishi va o`z xalqi tarixini ko`tarinki ruxta ko`satishga urinishi ba`zida yaqqol ko`rinib turgan tarixni o`zgartirish, xalqlarning o`zoro aloqalariga etarli darajada ba`xo bermaslik hamda alohida xodisalar va shaxslarni idiallashtirish bilan qo`shib olib borilmoqda. Bu narsa xususan, davlatchilik tarixi va tsivilizasiyalar rivoji masalariga ta`luqli. Bunday tadqiqodlarning davlat raxbarlari qalamiga mansusligi esa jamiyat ongiga eng so`ngi bosqichdagi xaqiqat siqatida ta`sir ko`rsatib, ularga siyosiy tus beradi. Ayni paytda, aytaylik Saparmurod Turkman boshining “Ruxnoma” kitobida 5 ming yil muqaddam bu xududda xorazm orqali volgacha cho`zilgan qadimiy – o`g`iz –turkman davlati “O`g`izxon turkman saltanati” xukum surganliga davo qilinadi. O`z fikirining dalili sifatida muallif mazkur arealda o`q va yoyning keng tarqalganligini keltirada.12 Xolbuki bunday davlat fanga ma`lum emas, bu qadimiy qurol turi esa mis davridan boshlab butun Yevropa va Osiyoda tarqalgan.
Ko`chmanchi charvodor xalqlarning davlatchiligi va tsivilizatsyasi muammolari nixoyatda murakkab. Shunga qaramay, Asqar Akaevning “Qirg`iz davlatchiligi va “Manas” xalq eposi” kitobida qirg`iz davlatchiligi ko`p asrlar mabonida ko`chib uyrib, nixoyat xozirgi Qirg`iziston xududida qaytadan vujudga kelgan bo`lishi mumkin degan fikrni ilgari suradi. Asqar Akaev eramizdan avvalgi II-I asrlarda xitoy sarkardasi Li Linning turli xalqlar qatori, Yenisey qirg`izlari ham yashagan Yenisey xavzasiga xunlar noibi vazifasini bajarish uchun tayinlanishi ilk qirg`iz davlatining shakillanishidan darak beradi, deb hisoblaydi.Li Lin orqali ushbu saltanatni eramizning VII-X asrlarida hukumronlik qilgan xitoy sulolalari bilan qon-qarindoshlik rishtalari vositasida bohlashga xarakat qilinadi.


Yüklə 401 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin