J U a, r
bu yerda, U — tekshirilgan gaz quvuri qismidagi bosim o‘zgarishi; r — gaz quvurining qarshiligi, da.
Agar asbobni gaz quvurlarining oxirgi ulanish nuqtalari oralig‘iga ulansa, bunda tok kuchining aniqroq natijasiga erishiladi. Gaz quvurlarning yaroqlilik muddati, adashgan tok harakatiga uchraganda, birinchi navbatda, gaz quvur- laridan o‘tayotgan tokning zichligiga bog‘liq: zichlik qancha katta bo‘lsa, yaroqlilik muddati shunchalik kam (butun- lay yemirilishigacha). Ammo shu vaqtgacha tok zichligi- ning sirqib chiqib ketishini kovlash ishlarisiz o‘tkazish usullari ma'lum emas. =huning uchun amaliyotda bunday o‘lchovlar o‘tkazilmaydi va qurilmalarning yemirilishiga tok potensiali va tok kuchi xizmat qiladi.
Yemirilishlarni o‘lchashda yerga o‘tkazuvchanligi si- fatida ikki xil elektrodlardan foydalaniladi: metall va qutb- lanmaydagan. =hahar sharoitlarida metall elektrodlari o‘zining oddiyligi tufayli ko‘proq tarqalishga ega. Ammo shuni ta'kidlash lozimki, bu elektrodlar yerosti metall qurilmalarining yerga nisbatan ta'sir qiladigan potensial miqdorini ancha noto‘g‘ri ko‘rsatadi, ayniqsa, katta elektrod potensialida va elektrodlarning sezilarli qutb- lanishida. Noto‘g‘ri ko‘rsatishida, kattaligi o‘lchanayotgan potensialga kiritilgan metall elektrod bilan, elektrodning yerga o‘rnatilgan joyi, qatlamning namligini va h.k. amaliy jihatdan oldindan aniqlab bo‘lmaydi.
Qutblanmaydigan elektrodlarning qo‘llanishi (mis- sulfat, ruxli, qo‘rg‘oshinli va h.k.) yerga maxsus yoyli quril- masi zarurligiga bog‘liq, shuning uchun ularni qoqish mumkin emas. Odatda, qutblanmaydagan elektrodlar katta bo‘lmagan potensial o‘lchashda (0,5 V gacha), ko‘proq aniq o‘lchash uchun qo‘llaniladi, asosan, qatlamning yemirilishi hisobiga bo‘ladigan potensiallarni o‘lchashda.
4.k. Gaz quvurlarining yemirilish holatini aniqlash
Aholi yashaydigan punktlar sharoitida gaz quvurlarining yemirilish holatini va yemirilish sabablarini aniqlash, keyinchalik uni himoya qilish masalasini tashkil etadi.
Gaz quvurlarining yemirilish holati tavsifini olish uchun quyidagilarni taqqoslash lozim:
gaz quvurlari joylashgan yoki joylashtirilgan hudud- ning umumiy yemirilish sharoiti;
gaz quvurlari zonasida adashgan toklarning tarqalish sharoiti;
gaz quvurlari elektr tavsifining yemirilish holati.
Qatlam tavsifi orqali umumiy hudud yemirilish holati aniqlanadi, gaz quvurining chuqur joylashishi va profili, elektrlashtirilgan temiryo‘l inshootlariga nisbatan va har xil yerosti inshootlarning o‘zaro joylashishi bilan aniqlanadi.
Adashgan toklarning tarqalish sharoitini aniqlash uchun relslarning potensialligi va joylarning yerga nisbatan surilishi hamda turli kuchdagi podstansiyalari salbiy shina- lari o‘rtasidagi farqi haqidagi ma'lumotga ega bo‘lish kerak. Yerosti gaz quvurining elektrli tavsifi, birinchi navbatda, yerga nisbatan potensiallari, temiryo‘llar va qo‘shni temir inshootlar, tok kuchi va gaz quvurlari bo‘ylab tok kuchining pasayishi hamda kesishadigan tok zichligi bilan aniqlanadi. Gaz quvurlarini rejalashtirishda, odatda, faqat qatlam ta'siri yetarliligini hisobga olib ko‘rsatish mumkin va
tuproqdagi yemirilish himoyasi ko‘rib chiqilishi kerak. Bu ko‘p hollarda past himoyani qo‘llashda erishilib, o‘z ichiga yerosti gaz quvurlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri qatlamga tegishdan himoya qilishga mo‘ljallangan. Har xil jihoz- lashni va tadbirlarni, qatlam va gaz quvurlari o‘rtasidagi o‘tkazish qarshiligining ko‘payishini o‘z ichiga oladi.
Gaz quvurlari va boshqa yerosti inshootlari qurish vaqtida adashgan tokni oldindan ko‘ra bilish mumkin emas. Adashgan toklar himoyasini rejalashtirishda, odatda, saylash bilan taqqoslanadi va yangi qurilgan yoki harakat- dagi gaz quvurlarini tekshirishda faol himoya usul hara- katlaridan biridir. =hu yoki boshqa faol himoya usulini tanlashda gaz quvurlari va qo‘shni inshootlarda dastlab aniq hamda mukammal elektr o‘lchovlari o‘tkazishi yetarli. Bu usul qo‘shni inshootlarga ziyon yetkazmay, aniq sharoit- larda yaxshi natija beradi.
Himoyadagi inshootlarda faol usullarni yaratishda shunday elektr tartibini tuzish tushuniladiki, bunda in- shootlar yemirilishi to‘xtatiladi. Gaz quvurlari o‘tkazish joyidagi temiryo‘l transportlarining adashgan toklar ta'siri, birinchi navbatda, toklarning relsli yo‘llardan yerga sizib chiqishini kamaytirish, keyin esa, yerosti quvurlariga adashgan toklar o‘tishidan cheklash tadbirini ko‘rish kerak. Agar bu ham yetarli bo‘lmasa, yerosti inshootlariga o‘tgan, adashgan toklarni betaraflash tadbiri o‘tkazilishi lozim.
4.3. Gaz quvurlarini elektrli o‘lchash uchun jihozlar
Gaz quvurlarini elektrli o‘lchash uchun nazorat punkt- lari o‘rnatiladi, bu esa, o‘tkazgich bo‘lib quvurga payvand- lanadi va tuproq ustiga chiqariladi. Punktlar qurilish jihatidan har xil bo‘lishi mumkin. Ulardan biri 2-rasmda ko‘rsatilgan. Nazorat punktlari joylanishi gaz quvurlari loyihalashida aniqlanadi. Punktlar oralig‘idagi masofa,
Quvur Yer
2-rasm. Nazorat punkti:
1—gaz quvuri; 2—gaz quvurining izolatsiyasi; S—po‘lat sterjeni, d=6—8 mm; 4—quvur, d=50—63 mm; 5—bitum; 6—po‘lat quvuridan izolatsiya qilinmagan ushlagich yasalgan yoki temir bo‘lakchasi; 7—yog‘och po‘kak, bitumga to‘yintirilgan; 8—bitum; 9—bitum uchun qolip; 10—gilamcha; 11—o‘lchov asbobining bog‘lanishi.
odatda, 200—300 m bo‘ladi. Ularni joylashtirish, birinchi navbatda, qo‘shni metall inshootlarining tekshiruv punkt- lari yaqiniga belgilash kerak.
Harakatdagi gaz quvurlarida maxsus tekshiruv joylari bo‘lmasa, elektrli o‘lchov uchun kondensat yig‘uvchi, bug‘lantiruvchi moslama gaz quvurining ochiq qismlari quduqlar va punktlarda, uyga kirish joylari va h.k.dan foy- dalanish mumkin. Agar ko‘rsatilgan armatura bo‘lmasa,
300 metrdan ortiq masofada asbobni ulash uchun kov- lash ishlari o‘tkaziladi, bu esa, tekshiruv punktlari o‘rna- tishda ham foydalaniladi.
=huni nazarda tutish kerakki, gaz quvurlarini kondensat yig‘uvchi, bug‘lantiruvchi moslama va boshqa armaturalari orqali elektr o‘lchovlari doim ham aniq natija bermaydi. =huning uchun gaz quvurlarini qurishda yoki foydalanish vaqtida ko‘rsatilgan armaturani o‘lchov uchun maxsus moslash maqsadga muvofiq.
Elektr o‘lchovlari uchun kondensat yig‘uvchining mos- lashtirish misoli 3-rasmda keltirilgan.
Transportning harakat yo‘nalishi
Moslamani izolatsiyasiz (yer) birlashtirish uchun 5, l joyidagi tayanch
45
140
Moslamani (quvur) birlashtirish uchun 5, l=240 mm li tayanch
Payvandlash
60 20
D
30
20
30
12
10
10
S-rasm. Elektr o‘lchov uchun kondensat yig‘uvchi uskuna.
Tekshiruv joyining konstruksiyasi quvur bilan ishonch- li metall bog‘lanish, ulashi va mexanik shikastlanishiga qarshi chidamliligini ta'minlashi kerak. Odatda, tekshiruv joylarining yuqori qismida, gilamchalarda joylashtiriladi. Barcha yangi o‘rnatilgan, shu jumladan, ekspluatatsiyada tekshiruv joylarining ishga yaroqligini elektr asboblar yordamida tekshirish lozim.
bob. GAZ QUVURLARI VA GTBNI ISHLATISHGA QABUL QILISH
Gaz quvurlari va GTB qurib bo‘lingandan so‘ng, bosh pudratchidan buyurtmachi uni ishlatish uchun qabul qi- lib oladi. Buning uchun buyurtmachi tomonidan qabul komissiyasi chaqiriladi. Unga buyurtmachining vakili (komissiya raisi), qurilish-montaj tashkiloti, Davlat tex- nika nazorati, shahar gaz, o‘t o‘chirish, sanitariya nazorati va boshqa tashkilot vakillari kiradi.
Qurilish-montaj tashkiloti komissiyasiga tasdiqlangan va kelishuv loyihasi, shu bilan birga yo‘l qo‘yilgan va ke- lishilgan cheklash ishchi chizmalarining tushuntirish xati, payvandlash va ayirish ishlari jurnallarining texnik hujjatlari, chidamlik va zichlik sinovlarining aktlari, KMK III-F. 1-66 da belgilangan texnik ishlar hujjatlari taqdim etiladi.
Komissiya gaz quvurlari trassalari va qurilmalarini diqqat bilan ko‘rikdan o‘tkazadi, shuningdek, gaz quvur- larining xohlagan yerida qazib ochib ko‘rishga, quvurlar tutashgan yoki qiya burchaklarini ochib ko‘rishga, gaz quvurlari qayta sinovda o‘tkazishga haqlidir. Ko‘rik davo- mida komissiyani qilingan ishlar, ishlatilgan material va uskunalarning KMK loyihasi va talablariga muvofiqligi, quduqlar va hamma tarmoq qurilmalarining joylashish ish sifati, berkituvchi moslamalar sozlanganligini, gaz quvur- larining elektrokorroziyadan himoya vositalari ishlashi, yerusti gaz quvurlarining maydonchalari va zinalari mon- taji to‘g‘riligini, suvosti yo‘laklarida qo‘riqlash belgisi va boshqa gaz quvurlaridagi devor belgilarining mavjudligi bilan tanishtiriladi.
Qurilish-montaj ishlarini tugallash natijalari qabul komissiyasi tomonidan qilingan ish sifatiga baho beruvchi
va KMK loyihasi hamda talablariga muvofiqligini asoslovchi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bu qabul dalolatnomasi gaz tarmog‘ini yoki ayrim gaz quvurlarini ishlatishga asos bo‘ladi.
Ishlatuvchi tashkilot tomonidan qabul qilingan gaz quvuri ishlatish uchun qabul qilingan vaqtdan boshlab, 6 oy ichida gazga qo‘shilishi kerak. Agar shu muddat ichida gaz berilmasa, quvurlarning chidamligi va zichligi qayta sinovdan o‘tkazishi hamda o‘rnatilgan uskunalarni butlash, sozlash ishlari olib borilishi kerak.
Ishlayotgan gaz quvurining kesimi va qurilishi tugal- langan gaz quvuriga gaz uzatish ishlari shahar gaz tarmog‘i tomonidan amalga oshiriladi.
bob. GAZ XO‘JALIGINI ISHLATISH VA TEXNIHA XAVFSIZLIGI
Shahar gaz xo‘jaligini ishlatish xizmatining tarkibi
=hahar gaz xo‘jaligi tizimini ishlatishning asosiy vazifa- lariga quyidagilar kiradi: iste'molchilarni gaz bilan uzluksiz ta'minlash va undan foydalanishning xavfsizligi, gaz tarmoqlarida zaruriy gaz bosimini ushlab turish, gaz quvur- lari va qo‘shilmalarining nosozliklarini o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, yangi gaz quvurlarini qabul qilish va ishga tushirish.
Gaz xo‘jaligining ishlashini tashkil etish tartibi — ish hajmi va sotilayotgan gaz miqdoriga bog‘liq. =huning uchun yirik shaharlarda gaz xo‘jaligini ishlatish boshqarma yoki trestlar, kichik shaharlarda va qishloq aholi punktlarida esa, gaz xo‘jaligining idora yoki uchastkalari tomonidan bosh- qariladi. Yuqoridagi tashkilotlar bo‘limlariga yerosti gaz
quvurlari xizmati, uy ichi gaz uskunalari xizmati va avariya-dispetcherlik xizmati kiradi. Yerosti gaz quvurlari xizmatiga quyidagilar kiradi:
tashqi tarmoqlanuvchi gaz quvurlari xizmati va ta'- mirlash;
yerosti gaz quvurlarini korroziyadan himoyalash;
ishlayotgan gaz quvurlariga yangilarini ulash;
GTB va GTMni ishlatishga qabul qilish va ishlatish. Bundan tashqari, bu xizmat, odatda, payvandlash ishlarini ham bajaradi.
Uy ichi gaz uskunalari xizmati vazifalariga: aholi uylari, kommunal-maishiy va ishlab chiqarish tashkilotlarining gaz uskunalarini ishlatish, sozlash, ta'mirlash va xizmat ko‘r- satish, tarmoq gaz sarfini hisoblash, siqilgan gaz uskunalari ishlashini qabul qilish va xizmat ko‘rsatish kiradi.
Avariya-dispetcherlik xizmati o‘z ichiga gaz quvurlari va qurilmalarida gaz chiqishi va avariya holatlari bo‘yicha talabnomalarni qabul qilish va tuzatish, gaz xo‘jaligi uchast- kalarida avariyalarning oldini olish bo‘yicha profilaktika ishlarini olib borish, avariya va nosozliklarni hisobga olish va tahlil etish, tarqatuvchi gaz quvurlari haqida ijro hujjat- larini saqlash va ularga o‘zgartirish, qo‘shimchalar kiritish vazifalarini o‘z ichiga oladi.
Har bir xizmat turi muhandis-texnik xodimlar va mala- kali ishchilar bilan ta'minlanishi lozim, shuningdek, mod- diy bazaga (ustaxona, omborxona, mexanizmlar, asbob- uskunalar va boshq.) ega bo‘lishi kerak. =huningdek, avariya-dispetcherlik xizmati tasarrufidagi avariya joyiga navbatchi brigadaning zudlik bilan borishi va u yerda avariya ishlari bajarilishini ta'minlovchi avtomobillar, yer kov- lagich mexanizmlari, ko‘chma payvandlovchi agregatlar va boshqa uskunalar bo‘lishi lozim.
bob. SANOAT, QISHLOQ XO‘JALIGI, HOMMUNAL HORXONALARNI
GAZ BILAN TA’MINLASH
Gaz quvurlari tuzilishi
=anoat korxonalari gaz o‘tkazgichlar tizimiga ko‘ra, yuqori va o‘rta bosimli gaz bilan ta'minlanadi. Korxonadagi iste'molchilar kam gaz ishlatsa va bu ularning gaz ta'minoti tartibini buzmasa, uni past bosimli gaz quvurlariga ulash mumkin. Korxonaning gaz ta'minoti tizimi hududga kirish, sexlararo gaz quvurlari, GTB, GTQ va sexlar ichidagi gaz quvurlaridan tashkil topadi. Kirish, odatda, yer ostida bo‘ladi va unga bosh qurilmasi joylashtiriladi. =exlararo gaz quvurlari korxona loyihalanishi, uning hududi yerosti va yerusti kommunikatsiyalari bilan boyligi, gaz kiritilganlik darajasi va boshqa bir qator omillarga bog‘liq holda yerosti, yerusti va aralash bo‘ladi. Korxonalarda sexlararo gaz quvurlari ko‘pincha yer ustida joylashtiriladi, chunki ular bu holatda yerosti korroziyasiga uchramaydi, ta'mirlash va ko‘zdan kechirishga qulay, iqtisodiy jihatdan yerostidagiga nisbatan arzon va gaz chiqishida xavfsiz.
Me'yor bo‘yicha ko‘chadagi taqsimlovchi gaz quvurlari yerostidan o‘tkaziladi. Yerusti gaz quvurlari tayanchlarga, issiqqa chidamli tashqi devorlar va binolarning yopiq joylariga yotqiziladi. Yotqizilgan yerusti gaz quvurlari va yer sirti orasidagi masofa: odam yuradigan joylarda — 2,2 m; odam yuradigan, lekin transport qatnamaydigan joylarda — 0,6 m; avtomobil yo‘llaridan 4,5 m; tramvay va temir yo‘llardan 5,6—7,1 m balandlikda o‘tadi. Elektr tarmoqlari liniyalaridagi kuchlanishga bog‘liq holda gaz quvurlari 1—6,5 m chuqurlikda yotqiziladi va himoyalanadi. Gaz quvurlari boshqa quvurlar (bug‘, suv, havo, kis- lorod uchun) bilan birga estakada va tayanchlarga yotqizishda
har bir quvurni ko‘zdan kechirish va ta'mirlashni ta'min- lash maqsadida ular orasida masofa qoldiriladi. Tez alangalanadigan suyuqlik haydalanadigan quvur birga yotqizilishida gaz quvuridan 250 mm pastda estakadaga joylashtiriladi. Tayanchlar o‘rtasidagi oraliqlar jadvalda keltirilgan. Yerusti gaz quvurlarini boshqa quvurlar kesi- shishida ular orasidagi masofa quyidagicha qabul qilingan: gaz quvuri diametri 300 mm gacha bo‘lganda oraliq ma- sofa gaz quvuri diametricha,100 mm dan kam bo‘lmasligi kerak; gaz quvuri diametri 300 mm dan katta bo‘lganda 300 mm dan kam bo‘lmasligi kerak. Bino devorlarida gaz quvurlari devorga tekkizib joylashtiriladi, tomlarda esa, balandligi 0,5 m dan kam bo‘lmagan tayanchlarga yotqi- ziladi. Yerusti quvurlarining harorat deformatsiyalari kompensatsiyasi, quvurlarning gorizontal va vertikal tekis- likdagi qayrilishlar hisobiga, zarur bo‘lgan hollarda esa, linzali yoki «P» simon kompensatorlar hisobiga ta'min- lanadi. Tayanchlarning bir qismini qotirib, qolganlari esa, sirpanuvchi qilinadi. Diametri 100 mm gacha bo‘lgan gaz quvurlari tarmoqlarga egib yoki shtamplab, katta dia- metrlilari esa, payvandlab ulanadi.
Nam gaz haydovchi yerusti gaz quvurlari 0,003 mm dan kam bo‘lmagan qiyalik bilan yotqiziladi, pastki nuqta- larda esa, drenaj shtutserlar o‘rnatiladi, zarur holda bun- day gaz quvurlari isitiladi. =exning barcha tarmoqlariga o‘chiruvchi qurilmalar o‘rnatiladi, gazni dastlabki haydashda gaz quvuridan havoni siqib chiqarish uchun sexning kirish qismida havo haydaydigan liniyalar o‘rnatiladi. Korroziya- dan himoya qilish uchun yerusti quvurlari ikki marta bo‘yaladi. =ex ichidagi gaz quvurlari ochiq holda yotqiziladi va devorlarga, kolonnalarga, bino tomlari va gaz iste'mol qiluvchi agregatlari karkaslariga kronshteyn, qayrilgan qoziq yoki ilgak (odamlar o‘tadigan joylarda 2,2 m dan kam bo‘lmagan balandlikda) yordamida mahkamlanadi.
Gaz quvurlarini elektr kabellariga parallel holda yot- qizishda, ular orasidagi masofa 250 mm dan, kesishish joylarida esa, 100 mm dan kam bo‘lmagan holda saqla- nishi kerak. O‘chirish qurilmalari gaz quvurlarining sexga kirish qismida, barcha tarmoqlarda va agregat isitgich- larining oldida o‘rnatilishi kerak. =ex ichidagi gaz quvurlari ichini tozalash uchun quvur uchastkalarining oxirgi qis- miga diametri 19 mm dan kam bo‘lmagan puflovchi gaz quvurlari o‘rnatiladi. =ex ichidagi gaz quvurlari och jigar- rangga bo‘yaladi.
7.k. Gaz ta’minoti sxemalari
=anoat va kommunal korxonalarini gaz bilan ta'min- lash GTB va GTQlar joylashuvi, gaz quvurlarining yot- qizilish usuliga qarab amalga oshiriladi. Katta korxonalarni gaz bilan ta'minlash uchun bir yoki ishonchlilik uchun ikki mustaqil kirish qismiga ega halqali sxemalar qo‘lla- niladi. Konkret gaz ta'minoti sxemasini tanlashga sexlar- ning gaz iste'moli tartibi va gaz sarfi, isitgich agregatlari, sexlarning hududiy joylashuvi, texnik-iqtisodiy ko‘rsat- kichlar ta'sir etadi. O‘rta va yuqori bosimli tarqatuvchi gaz quvurlariga ulanadigan uncha katta bo‘lmagan sanoat kor- xonalarining gaz tarmoqlari GTB bilan jihozlanadi (4-rasm). GTBda gaz sarfi hisobi, 1, 2-sexlar va qozonxonaga zarur bo‘lgan o‘rta bosimga pasaytirilishi amalga oshiriladi. Texnologik talablarga asosan 4-sexdagi isitgichlarga zarur, o‘rta bosimgacha pasaygan gaz uzatilishi, shu sex qurilishida joylashtirilgan GTQ tomonidan ta'minlanadi. Gaz bosimini past bosimgacha pasaytirish 3-sexdagi GTQ va oshxonadagi GTQda amalga oshiriladi. Qozonxona va 1, 2-sex shoxobchalarini tozalash kirish qismiga o‘rnatilgan puflovchi quvurlar tomonidan amalga oshiriladi. 3, 4-
sexlarni va oshxonani tozalash uchun esa, GTQsini puflovchi quvuri ishlatiladi. Bunday sxema kam miqdorda gaz sarflovchi, sexlari hududiy zich joylashgan korxo- nalar uchun ma'qul.
6
7
Oshxona
rasm. Korxonani markaziy GTBdagi o‘rta bosimli gaz bilan ta'minlash sxemasi:
1—taqsimlovchi gaz quvuri; 2—quduqdagi chiruvchi qurilma; S—kondensat yig‘uvchi qurilma; 4—markaziy GTB; 5—namuna olish uchun mo‘ljallangan kranli shtutser; 6—puflovchi quvur; 7—sexning GTUsi; 8—past bosimli GTQ; 9—o‘rta bosimli GTQ.
O‘rta va yuqori bosimli gaz ishlatadigan yirik korxonalar yuqori bosimli taqsimlovchi gaz quvurlariga ulanadi. Bu holda 5-rasmda keltirilgan sxemani qo‘llash mumkin. Markaziy GTBda gaz sarfini o‘lchash va yuqori bosimga keltirish ishlari olib boriladi. 1, 2-sexlarga zarur yuqori bosim va qolgan sexlarga zarur bo‘ladigan o‘rtacha bosim- gacha gaz bosimini tushirish ishlari olib boriladi. Oshxona shkaf GTQsi yordamida past bosimli gaz bilan ta'minlanadi. Gazni ko‘p ishlatadigan sexlarda gazni tejab ishlatish uchun gaz sarfi hisoblagichlarini o‘rnatish tavsiya etiladi.
=exlar soni ko‘pligi va ularning markaziy GTBdan uzoq- ligini e'tiborga olib, ba'zi sexlarda isituvchi agregatlarning isitgichlari oldida gaz bosimini muvofiqlashtirish maq- sadida hududiy GTQlar o‘rnatiladi.
5-rasm. Yuqori va o‘rta bosim bilan ta'minlovchi markaziy GTBga ega korxonalarni gaz bilan ta'minlash sxemasi:
1—quduqdagi o‘chiruvchi qurilmalar; 2—markaziy GTB; S—namuna oluvchi kranga ega shtutser; 4—tozalovchi quvur; 5—shkaf GTQ; 6—yuqori bosimli gaz quvuri; 7—o‘rta bosimli gaz quvuri; 8, 9—berkituvchi kran; 10—berkituvchi klapan; 11,12—quvur; 1S—yuqori bosimli quvur.
Gaz ta'minotining yuqoridagi sxemasida uzoq sexlarga yuqori va o‘rta bosimli gaz quvurlaridan katta miqdorda gaz uzatish hisobiga gaz tarmog‘i metall hajmi sezilarli ka- mayadi.
=ex ichi gaz quvurlari sxemalari boshqacharoq, chunki ular sex loyihalanishiga, gaz iste'mol qiluvchi agregat- larning joylashuviga, isitgich turlariga bog‘liq. =ex ichi gaz quvurlarini ko‘p hollarda alohida tupik sohalar ko‘rinishida yotqiziladi. =ex ichi gaz quvurlari sxemalariga quyidagi talablar qo‘yiladi: gaz quvurining sexga kirish qismida o‘chi-
ruvchi qurilma va manometr o‘rnatilishi; gaz quvurlarining agregatlarga tarmoqlangan qismida bosh o‘chirish quril- malari o‘rnatilishi; sex gaz quvuri oxirida puflovchi quvur va o‘chiruvchi qurilmalar joylashishi lozim.
Gaz sarfi kattaligida agregat isitgichlari oldidagi gaz bosimini barqarorlashtirish uchun sexning kirish qismiga GTQni, gazni iqtisod bilan ishlatishni boshqarish uchun gaz hisoblagichini o‘rnatish maqsadga muvofiq. Bir xil bosimli gaz quvurlarini bino tomiga olib chiquvchi va tomdan 1 m balandda «puflovchi» quvur bilan birlashtirish mumkin. Xavfsizlik quvurlarini puflovchi quvurlarga bir- lashtirish man etiladi.
Gaz quvurlarining xinovi va ularni foydalanixhga topxhirixh
hahar gaz tarmoqlari yer ostidan yotqizilganda, u yopiq inshoot hisoblanadi, shuning uchun yotqizilgan quvurdagi bajarilgan ishlarning sifatini qurilish ishlari tugagandan so‘ng aniqlash mumkin emas. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, qurilish ishlarining bajarilishidagi nuqson- lar ularning avariya holatiga uchrashiga asosiy sabab bo‘- ladi va bu ish tartibining buzilishiga olib keladi. Gaz quvurlarini mustahkamligi va zichligi bo‘yicha sinovdan o‘tkazish ham, qurilish ishlarining barcha kamchiliklarini ochib bermaydi. Masalan, yerosti gaz quvurlarini chu- qurlikka yotqizishda uning asosi (pastki qismi) tekis va talab darajasida bo‘lmaganda, quvurlar payvandlangan (bog‘langan) joyda kuchlanish hosil bo‘lishi mumkin, qu- vurlar himoyasining sifatsizligi ularning korroziyaga uch- rashiga olib kelishi mumkin, bu esa quvurdan gazning chiqishiga sabab bo‘ladi.
Bunday nuqsonlarni sinov davomida aniqlash juda qiyin. Ishning sifatli bajarilganligini qurilish ishlari keta-
yotgan jarayonda nazorat qilib borish kerak. Bunday na- zorat qurilish tashkiloti va foydalanishga qabul qiluvchi texnik nazoratchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Payvandlash ishlarining sifatini tekshirishda, ishla- tilayotgan materiallarning talab darajasida ekanligi va uskunalarning texnik holati ko‘zdan kechiriladi. Payvand- lanuvchi choklarning sifati, tashqi tekshiruv bo‘yicha, fizikaviy usul va namuna nazorati mexanikaviy sinovda tekshiriladi. Gaz quvurlari himoya qatlamlarining sifati maxsus uskunalar yordamida nazoratdan o‘tkaziladi.
Gaz quvurlariga o‘rnatilgan armaturalar va jihozlar, tuproqqa ko‘milishidan oldin tekshiruvdan o‘tkaziladi. Tekshirish jarayonida quvurning yotqizilish chuqurligi, nishabligi, himoyalanganlik, armaturalarning to‘g‘ri pay- vandlanganligi va ishlashi ko‘zdan kechiriladi.
Agarda tekshiruvdan so‘ng payvandlangan ishlar lo- yihaga mos bo‘lsa va texnik shartlar talabiga javob bersa, gaz quvurlari havo yordamida turli xil namlik, ifloslanish- lardan tozalanadi. Gaz quvurlari himoya qatlamlari tup- roqqa ko‘milganda so‘ng, uskunalar yordamida tekshiri- ladi. Qurilish-payvandlash ishlari sifatining tekshiruv na- tijalari bo‘yicha dalolatnoma tuzilib, gaz quvurlarini qabul qilish komissiyasiga topshiriladi.
Gaz quvurlari siqilgan havo yordamida ikki pog‘onada sinovdan o‘tkaziladi: mustahkamligi va zichligi bo‘yicha. Gaz quvurlarini mustahkamligi bo‘yicha sinovdan o‘tka- zish birlamchi sinov hisoblanadi, bunda aniq nuqsonlar aniqlanadi. Quvurlarning haqiqiy mexanikaviy barqarorligi va payvandli bog‘lanishlarning mustahkamligini aniqlash uchun uning bosimi yetarli emas. inovdan o‘tkazishdan oldin gaz quvurlari 2025 sm qalinlikda mayda tuproq bilan ko‘miladi.
Quvurning ikkala tomoni bir vaqtning o‘zida tuproq bilan zichlab to‘ldiriladi. inovni o‘tkazishdan oldin qu-
vurlarning bog‘langan joyi tuproq bilan to‘ldirilmaydi.
inov bosimida gaz quvurlarida saqlanib turish vaqti 3 soat (binolarga kiruvchi joylarda sinov vaqti 1 soat) davom etadi, undan so‘ng bosim me'yori kamaytiriladi va zichlik sino- viga kirishiladi, quvurlar va armaturalarning holati tashqi tekshiruvdan o‘tkaziladi. Nuqsonli joylari sovun eritmasi bilan surtilib aniqlanadi.
Gaz qu urlarini foydalanishga topshirish. Gaz oqimini ochishdan oldin gaz tarmog‘i, gaz jihozlarining to‘g‘ri o‘rnatilganligi, ularning holati yana bir bor tekshiruvdan o‘tkaziladi. Undan so‘ng barcha gaz tarmoqlari siqilgan havoning 20 kPa bosimi ostida tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Bosimning pasayishi bir soat davomida 100 Pa dan oshmagandagina gazni ochish mumkin. Gaz quvurlarida gazning to‘lishi bilan quvur ichidagi havo chiqarilib yubo- rilishi kerak. Quvur gaz oqimi miqdori bilan to‘lg‘azilgan- dan so‘ng, gazning tarkibidan tahlil uchun namuna oli- nadi, bunda uning tarkibida kislorodning miqdori 1 foiz- dan oshmasligi kerak. Gaz-havo aralashmasi quvurga zichlanayotganda, ularni chiqarib yuborish joyida olov uchquni manbalari bo‘lmasligi va binolar hamda in- shootlarga yig‘ilib qolmasligi lozim.
Gaz quvurlari, gaz tarqatuvchi xhoxobchalar va gaz taqximlovchi qurilmalardan foydalanixh, ularga
xizmat ko‘rxatixh va xozlaxh
hahar gaz ta'minoti tizimlaridan foydalanishdan aso- siy maqsad iste'molchilarni gaz bilan uzluksiz ta'min- lash, foydalanishdagi xavfsizlik, gaz tarmog‘ida lozim bo‘lgan gaz bosimini ta'minlab turish, o‘z vaqtida gaz quvurlari va qurilmalarining nosozliklarini aniqlash va ularni bartaraf etish, qurilgan gaz quvurini qabul qilish va foydalanishga topshirishdan iborat.
Gaz ta'minoti tizimlaridan foydalanishni tashkil etish strukturasi bajarilayotgan ishning hajmiga va iste'mol qi- linayotgan gazning miqdoriga bog‘liqdir. huning uchun ham yirik shaharlarda gazdan foydalanish boshqarma yoki trestlar orqali amalga oshirilsa, kichik shaharlar va qish- loq joylarida gazdan foydalanishni tashkil etuvchi tuman yoki viloyat gaz boshqarmasiga qarashli tashkilotlar yoki xo‘jalik bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi. Gaz- dan foydalanishni amalga oshiruvchi bunday tashkilot- larning tarkibiga yerosti gaz quvurlaridan foydalanish xizmati, bino ichki gaz jihozlari va dispetcher-avariya xiz- mati bo‘linmalari kiradi.
Yerosti gaz quvurlaridan foydalanish xizmatiga tar- moqlangan tashqi gaz quvurlarini ta'mirlash va xizmat ko‘rsatish, yerosti gaz quvurlarini korroziyadan himoya- lash, yangi gaz quvurlarini harakatdagi gaz quvurlariga ulash, payvand ishlarini bajarish va shu kabilar kiradi.
Bino ichki gaz jihozlaridan foydalanish xizmatiga turar joy binolari, kommunal-maishiy va sanoat korxonalaridagi gaz jihozlariga xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash, foydala- nishga topshirish; tarmoqdagi gaz miqdori hisobi; suyul- tirilgan uglevodorodli gaz qurilmalariga xizmat ko‘rsatish va foydalanishga qabul qilish kiradi.
Dispetcher-a ariya xizmatiga sutka davomida gaz qu- vurlari va qurilmalaridagi nosozliklar to‘g‘risidagi ariza- larni qabul qilish, avariya holatining oldini olish, pro- filaktik xizmatlar, tarmoqdagi gaz bosimi va ularning gidravlik ish tartibini nazorat qilish; avariya holatini tahlil etish va hisobga olish; keng tarqalgan gaz quvurlarida bajarilgan ishlarning hujjatlarini saqlash va o‘zgartirishlar kiritish, to‘ldirishlar kiradi.
Har bir xizmat ko‘rsatuvchi bo‘linma muhandis-texnik xodimlar va malakali ishchilar bilan ta'minlangan va mod- diy bazaga ega bo‘lishi kerak. Gaz ta'minoti tizimlaridan
foydalanish ehtiyotkorlikni talab etadi, chunki gaz qu- vurlari va uskunalaridan gazning chiqishi, gaz-havo ara- lashmasining hosil qilinishi portlashga olib kelish mumkin. Bundan tashqari, gazning to‘liq yonmasligi, chiqindi tu- tun gazlar chiqib ketishining yaxshi ta'minlanmaganligi, gaz uskunalari o‘rnatilgan binolarda havo almashtirish tizimlarining yetarli emasligi insonlarning zaharlanishga olib kelishi mumkin. huning uchun har qanday gaz ta'mi- noti bilan aloqador bino va inshootlarning loyihalanishi, qurilishi va ulardan foydalanish qat'iy nazoratda, me'yoriy hujjatlar asosida «gazdan xavfsiz foydalanish qoidalari»ga rioya qilingan holda amalga oshiriladi. Gaz ta'minoti tizimlariga xizmat ko‘rsatishda asosiy e'tibor o‘z vaqtida gazning chiqishini aniqlash va uning oldini olishga qaratiladi. Gazning chiqishiga quyidagi holatlar sabab bo‘ladi: quvurlar payvandlangan joyning ajralib ketishi, quvur devorlarining korroziyalanishi, gaz boshqaruv armatura- larining zich yopilmaganligi, kondensat yig‘uvchilar (sborniklar) va gidrozatvorlarda quvurning qismlarga bo‘-
linishi va h.k.
Bino ichki va yerusti gaz quvurlarida gazning chiqishini aniqlashda ularning hid tarqalishi sovun eritmasini pay- vandlangan joylarga surtish orqali aniqlanadi. Yerosti gaz quvurlarida gazning chiqish joyini aniqlash biroz mushkul. Profilaktik xizmat ko‘rsatishning asosida tarmoqlangan gaz quvurlarining holati va ular joylashtirilgan inshootlar vaqt-vaqti bilan tekshiruvdan o‘tkaziladi. Tekshiruvda gaz quvurlari quduqlarida gaz indikatorlari yordamida gazla- nish holati tekshiriladi, bundan tashqari, gaz tarmog‘ining har ikkala tomonidan 15 metr masofagacha bo‘lgan hu- dudlar, telefon, issiq va sovuq suv tarmoqlari va boshqa quduqlar kollektorlari, bino yerto‘lalari va h.k. tekshiruv- dan o‘tkaziladi. Agar biron-bir inshootda gazning chiq- qanligi aniqlansa, gaz quvuridan 50 metr masofagacha
bo‘lgan inshootlar, turar joy binolari yerto‘lalarida gaz- lanish holati tekshiruvdan o‘tkaziladi va tezlik bilan shu hududdagi avariya-dispetcher xizmatiga va gazlanish sodir bo‘lgan bino yoki inshootning egasiga xabar beriladi.
Gaz bilan ta'minlovchi tashkilotlar tasdiqlangan reja asosida vaqt-vaqti bilan gaz quduqlari ichidagi, gaz ar- maturalarini tekshiruvdan o‘tkazadilar, bunda kondensat yig‘iluvchilardan kondensat chiqarib tashlanadi, yerosti gaz quvurlarining elektr potensiallari o‘lchanadi, korro- ziyaga qarshi elektr himoyalanish qurilmalarining ish holati, gaz tarmoqlarining turli xil oraliqlaridan gazning nazorat-o‘lchov bosimi tekshirilib turiladi, gazning oda- rizatsiyalanish darajasi, gaz tarmoqlarining turli joyla- ridan namuna olinib tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Profilaktik xizmat ko‘rsatishning foydali jihati yerosti gaz quvurlari vaqt-vaqti bilan qazilib tekshirilib turilishida namoyon bo‘ladi. Bunday qazilma-tekshirish ishlari gaz chiqishi sodir bo‘lgan yoki bo‘lmaganda ham amalga oshi- riladi. Buning uchun gaz quvur devorlari payvandlangan joydan 0,5 metr masofada, gaz quvurining yuqori ustki qismigacha chuqurlik qazilib, qish paytida esa, qazish chuqurligi yerning muzlanish qobig‘idan kam bo‘lmagan holda o‘tkaziladi.
Chuqurlikdagi gazlanish holati gaz indikatori yorda- mida yoki kimyoviy tahlil asosida tekshiriladi.
Burg‘ulash yordamida quvurlar himoya qatlamlarining va quvurlarning tashqi yuza holati, 1,5—2 metr uzunlikda tarmoqlangan gaz quvurlar uchun esa har 1 km masofada, hovli yoki mahallalardagi gaz quvuri ochilib uning holati tekshirib ko‘riladi.
Burg‘ulanib ko‘rish muddati aniq sharoitga, gaz qu- vurlaridan foydalanish vaqtiga, himoya turiga, korroziya- lanish sharoitiga h.k. bog‘liq holda aniqlanadi. Tuproq- ning zanglanish ta'siri yuqori bo‘lgan joylarda burg‘ula-
nish tekshiruvlari har 5 yilda, zanglanish ta'siri kuchli bo‘lmagan, turar joy binolari qurilmagan joylarda esa har 10 yilda tekshirilib ko‘riladi.
uv ostidan yotqizilgan gaz quvurlariga profilaktik xizmat ko‘rsatishda suvosti g‘avvoslaridan foydalaniladi.
uv ostidan o‘tkazilgan gaz quvurlarining uzunligi 30 metrdan uzun bo‘lganda, tekshiruv ishlari 2 yil mud- dat ichida, quvurning uzunligi 30 metrdan qisqa bo‘lganda 5 yil muddat ichida tekshiruvdan o‘tkaziladi. uv ostidan o‘tkazilgan gaz quvurlarining holatini tekshirish maxsus konstruksiyali apparatlar yordamida amalga oshiriladi.
GT H va GTQ jihozlari doimiy ravishda to‘g‘ri ish- layotganligi tekshiriladi, bosim regulatorlari, filtrlar va saqlagich klapanlar bir yil muddat ichida albatta tekshi- ruvdan o‘tkazilishi shart. Manometrlar davlat o‘lchov tek- shiruvidan har yili o‘tkaziladi va ularga belgi qo‘yiladi.
Turar joy binolari, jamoat binolari va kommunal- maishiy korxonalardagi gaz uskunalarini tekshirishda asosiy e'tibor gaz uskunalari bog‘langan joylarga qara- tiladi. Tekshirish natijalari qayd jurnaliga yoziladi, tutun gazi chiquvchi yo‘laklar uchun dalolatnoma tuziladi. Gaz jihozlari va uskunalaridan foydalanuvchi jurnaldagi ma'lumotlar asosida profilaktik va kapital ta'mirlash ish- larining ro‘yxati tuziladi.
Gaz quvurlarini ta'mirlaxh ixhlari
Gaz quvurlarida ta'mirlash ishlari ikki guruhga bo‘li- nadi: profilaktik (doimiy) va kapital ta'mirlash.
Avariya holati, asosan, gazning chiqishini bartaraf etish bilan bog‘liq, shuning uchun ham bu doimiy olib boriladigan ishdir. Profilaktik gaz quvurlarini ta'mirlash ishlariga tarmoq qurilmalari va gaz jihozlaridagi nuqson- larni tuzatish, yerosti gaz quvurlarini burg‘ulash va qazish ishlarini bajarish kiradi. U qadar qiyin bo‘lmagan tuza-
tish-sozlash ishlari, masalan, rezbali va flyansli bog‘- lanishlar orqali gazning chiqishini tuzatish, kranlarni moylash, turmushda ishlatiladigan gaz gorelkalarining mayda detallarini almashtirish va shunga o‘xshash ishlar, chilangar-gazchi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Biroz murakkab tuzatish ishlari (gaz quvurlarining qisman yoki to‘liq shikastlangan quvurlarini almashtirish, kondensat yig‘gichlarga ketuvchi yangi quvurlarni pay- vandlash, eskisining o‘rniga oraliqlarida zanglab chirigan gaz quvurlarini almashtirish, quvurlar ichida muz qop- lami yoki turli xil chiqindilar to‘plangan holda ularni almashtirish, sozlash va h.k.) brigadalar tomonidan ka- mida ikkita ishchi ishtirokida, muhandis-texnik xodim- larning rahbarligi ostida bajariladi. Agarda bajarilayotgan ishlar ta'mirlanayotgan oraliqdagi gaz quvurida gazning to‘liq to‘xtatilishi talab etilganda, ta'mirlangandan so‘ng, qayta gazni yuborishdan oldin ta'mirlangan oraliq havo yordamida sinovdan o‘tkazilishi kerak va undan so‘ng gaz tarmog‘iga ulanadi.
Rejali kapital ta'mirlash ishlarining gaz quvurlarida bajarilishiga quyidagilar kiradi: oraliq gaz quvurlarining ko‘p qismini almashtirish, zanglashdan shikastlangan oraliqlarni almashtirish, oraliqdagi gaz quvurlarini boshqa shu diametrli quvurga almashtirish, shikastlangan hi- moyani qayta tiklash, armaturalarni ta'mirlash va almash- tirish, gaz quduqlarini ta'mirlash yoki qayta jihozlash, gaz quvurlarining elektr himoyalanishini ta'mirlash yoki almashtirish, kapital ta'mirlangan oraliqdagi gaz quvur- larining mustahkamligi va zichligini sinovdan o‘tkazish. Amalga oshirilgan ishlar dalolatnomaga qayd etiladi.
GB H va GBQni profilaktik ta'mirlashda quyidagi ishlar amalga oshiriladi. Alohida jihozlarning qismlari moylanadi, ta'mirlanadi yoki ishdan chiqqan uskunalar almashtiriladi, qaytadan yechib olinib tekshiruvdan o‘tka-
ziladi. Uskuna va jihozlar ta'mirlangandan so‘ng tekshi- ruvdan o‘tadi va foydalanish talabiga moslashtiriladi. GT H joylashgan binodagi havodan namuna olinib, gaz- ning tarkibi tahlil etiladi. Gazning chiqish holati sodir bo‘lganda, o‘sha joy izlab topiladi va bartaraf etiladi. GT H va GTQning kapital ta'mirlash ishlariga quyi- dagilar kiradi: eski jihozlarni yangisiga almashtirish, binoni kapital ta'mirlash, binolardagi isitish tizimlarini payvandlash, qayta ta'mirlash texnologik aylanma (oбbязka) quvurlarini qayta tiklash. GT H va GTQlarda kapital ta'mirlash ishlari tugagandan so‘ng quvurlar mus- tahkamlik va zichlik sinovlaridan o‘tkaziladi. Bajarilgan ishlar va ularning loyiha chizmalari dalolatnomaga qo‘- shilib qayd etiladi.
Suyultirilgan ugle odorodli gazlar. UG bilan ishlay- digan qurilmalarga profilaktik xizmat ko‘rsatishda gaz ballonlari, suyultirilgan gaz joylangan sig‘imli idishlar gidravlik sinovdan o‘tkaziladi. Ko‘p sonli sig‘imli idishlar qurilmalarining holati tekshiruv ko‘rigidan nazorat qi- luvchi inspektorlar tomonidan 10 yil ichida o‘tishi kerak, gidravlik sinovlar esa har 2 yilda gidravlik sinovdan o‘tish yaroqliligi to‘g‘risida belgi (kлeйmo), sinov o‘tkazilgan kun va keyingi sinovgacha muddati ko‘rsatilib, katta si- g‘imli idishlar bo‘lsa qurilmalarning pasportida ko‘rsa- tilgan holda o‘tkazilishi zarur.
Gaz tarmoqlaridan foydalanixhda texnika xavfxizligi
Gaz quvurlarini ta'mirlash va ulardan foydalanish, gaz qurilmalarining o‘rnatilishi kabi barcha ishlarni amalga oshirishda ehtiyotkorlik talab etiladi.
Xavfli gaz ishlariga shahar gaz tarmoqlaridan foyda- lanishda bajariladigan ishlarning barchasi kiradi. Bundan
tashqari, gaz quvurlarining amaldagi gaz tarmoqlariga ulanishi, gazning chiqishini bartaraf etish, amalda foy- dalanib kelinayotgan gaz quvurlarini havo (пpoдybka) yordamida tozalash, armaturalar va uskunalar bilan jihoz- lash, gaz quduqlarida bajariladigan ishlar, GT Hlari joylashgan binolardagi barcha ishlar xavfli gaz ishlariga kiradi.
Xavfli gaz ishlari eng kamida ikki kishi tomonidan bajariladi. Javobgarligi yuqori bo‘lgan xavfli gaz ishlarini bajarishda rahbarlikni olib borish muhandis-texnik xo- dimlarga yuklatiladi. Ishchilar va muhandis-texnik xodim- lar belgilangan tartibda maxsus tayyorgarlikdan o‘tishlari kerak. Xavfli gaz ishlari bajarilayotgan joylar to‘siq bilan o‘ralib qo‘riqlanadi.
Bunday joylarda chekish va olov yondirish qat'iyan man etiladi. Gaz chiqishi paydo bo‘lgan joylarda protivogaz kiyish zarur. Foydalanayotgan protivogazning ko‘rinishi bajarilayotgan ishning turiga bog‘liq. Bajarilayotgan ish kotlovanlar va gaz quduqlarida amalga oshirilganda shlangli protivogazlarni qo‘llash, bino ichida bajarilayotgan holatda himoyalangan protivogazlardan foydalanish kerak. Gaz quduqlari va kotlovanlarda xavfli gaz ishlarini bajarayotgan ishchilar ipga bog‘langan belbog‘ kiyishlari, ip uchi esa tashqariga chiqarilgan holda bajarilayotgan ishni kuza- tuvchining qo‘lida bo‘lishi kerak. Gaz quvurlarini payvand- lash ishlarini tarmoqdagi gazni o‘chirmasdan ham amalga oshirish mumkin, qachonki gazning bosimi 1200 Pa dan yuqori bo‘lmasa, bu havo oqimi yordamida gazni qaytarib turuvchi uskunalar bilan jihozlangan maxsus brigada tomonidan amalga oshiriladi. Gaz quvurlarida gaz oqimi berkitilgan, lekin quvurning ichida gaz bo‘lgan oraliqla- rida gazni to‘liq quvurdan siqib chiqarmasdan turib, pay- vandlash ishlarini bajarish qat'iyan man etiladi.
Gaz uskunalarining zich bog‘langanligini faqat sovun eritmasini surtib tekshirish mumkin, bunday holatlarda olov yoqib tekshiruvdan o‘tkazish qat'iyan man etiladi. O‘ta qiyin xavfli gaz ishlari oldindan ishlab chiqilgan max- sus reja asosida bajariladi.
Gaz quduqlarida va kotlovanlardagi olovli (payvand- lash, kesish) ishlar alohida ko‘rsatma bo‘yicha, qo‘shimcha xavfsizlikni ta'minlash e'tiborga olingan holda bajariladi. Gaz quvurlarida ta'mirlash ishlarini bajarishda gazning yopilish va qayta ochilish ishlarida, gaz iste'molchilari o‘z vaqtida ogohlantirilgan va xavfsizligi ta'minlangan bo‘lishi lozim.
Gaz bilan ishlovchi har bir xodim gazdan zarar ko‘r- ganga yoki zaharlanganga birinchi yordam ko‘rsatish qoidalarini bilishi kerak.
Texnika xa fsizligi ishlarini tashkil etish. Aholi turar joy binolari va umumjamoa binolarida gazdan foydala- nishda xavfsizlikni ta'minlash uchun «Gazdan xavfsiz foydalanish qoidalari»ga rioya qilish kerak. Qoidaga zid bo‘lgan har qanday holat uchun maxsus ko‘rsatma bo‘- yicha gaz xizmatini olib boruvchi rahbar bevosita javobgar hisoblandi. Chilangar-gazchi brigada xizmatining maj- buriyatlariga quyidagilar kiradi:
gaz chiqqan joyni aniqlash va uni ta'mirlash;
gazlangan va gaz xavfi mavjud binolarda ish bajarish;
uskunalar va qurilmalarga saqlagichlar va himoya vositalarini qo‘llash;
jarohatlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish;
gaz bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ishlarning tekshi- ruvida qatnashish.
Gaz chiqayotgan joyni aniqlashdan oldin, gazning hidi bo‘yicha binolarning gazlanganligi darajasini gaz analiza- tori yordamida aniqlash, bekitish va gazning chiqish joyini sozlash kerak. Gaz quvurlaridan, uskunalar, jihozlardan
ham gazning ko‘p miqdorda chiqishi sodir bo‘lganda «No- sozlikni tuzatish xizmati»ga xabar berish kerak. hahar gaz xizmatida sutkaning istalgan vaqtida nosozlikni tu- zatish ishlarini bartaraf etish uchun navbatchi xodimlar bo‘lishi kerak.
Ghilangar-gazchi — quyidagi texnik jihozlar bilan ta'minlangan bo‘lishi kerak: protivogaz, qutqaruvchi saq- lagich belbog‘ (ipi bilan birgalikda), sinov uchun usku- nalar, himoya ko‘zoynagi, yong‘in xavfsizligi ta'minlangan yoritgich va h.k.
alnikli yoki cho‘zilgan kranlarning ichki nosozligi- dan ichki gaz chiqishi, ya'ni kran yopiq holatda ham gaz chiqishi sodir bo‘ladi. Kranlar to‘liq germetik yopilganda ham nosozlik sodir bo‘lgan holatlarda kranlarni almashtirish maqsadga muvofiq. Baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun gaz xizmati tomonidan profilaktika va gaz jihoz- larini ta'mirlash xizmati tashkil etilgan bo‘lishi kerak.
Gaz quvurlarining nosozligiga quvurlarni tayyorlash jarayonida texnologik qoidalarga rioya qilinmaganlik sabab bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari, nosozlik holatlariga turli xil kom- munal inshootlarda ta'mirlash, kavlash va qazish ishlarining bajarilishidagi holatlar ham sabab bo‘lishi mumkin.
Gaz quvurlari qachonki quvurlarning qisman yoki to‘liq ajralishida atrof-muhitga gazning chiqishi sodir bo‘lganda nosoz hisoblanadi, gaz quvurlari va uskuna- laridan foydalanishdagi ishlarni bajarishda texnika xavf- sizligi qoidalari haqida ogohlantirish chilangar-gazchi to- monidan amalga oshirilishi kerak.
Gaz jihozlarining ishonchli va xavfsiz ishlashi ko‘- pincha chilangar-gazchilar tomonidan reja asosida profi- laktik ko‘rikdan o‘tkazilishi va gaz jihozlarining ta'mir- langanligiga bog‘liq.
bob. GAZ JIHOZLARI, ASBOBLARI VA ULARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
Gaz uxkunalari, gaz plitaxi va xuv ixituvchi uxkunalar
Maishiy gaz uskunalariga quyidagilar kiradi: gaz pli- talari, suv isitgichlar, issiq suv tayyorlovchi qozonlar va boshqalar. Binolarni gaz bilan ta'minlovchi uskunalarning keng tarqalgan turlaridan biri gaz plitalar va suv isitgich- lardir. Maishiy gaz uskunalariga qo‘yiladigan asosiy ta- lablar quyidagilardir:
Gazning to‘liq yonuvchanligi;
Gorelkalarning mustahkamligi;
Ishlab chiqarish yoki foydali issiqlik miqdorining yetarli darajada berilishi.
Gaz uskunalarining nominal quvvati deb shunday quvvatga aytiladiki, bunda gaz uskunasi maksimal foydali ishlay- digan holatda bo‘lishi kerak. Bunda FIK yuqori, gazning chala yonishi esa kam kuzatiladi. Turar joy va umumiy foydalanish binolari uchun past bosimdagi gaz quvurlari qo‘llaniladi, shuning uchun ushbu gaz uskunalariga, aso- san, ejeksiyali atmosfera ko‘rinishidagi gorelkalar o‘rnatiladi. Turmushda ishlatiladigan gaz plitalari ikki, uch va to‘rt konforkali qilib tayyorlanadi (6—7-rasmlar). Isitgich shkafli va shkafsiz bo‘lishi mumkin. Ular quyidagi qism- lardan iborat: qopqoq, komforka o‘rnatilgan ishchi stol, duxovka qutichasi, gaz gorelkasi, gaz taqsimlovchi qu- rilma kran bilan birgalikda. Aholi turmushida ishlatiladi- gan gaz plitalari o‘tga chidamli, korroziya (zanglashga)
bardosh va mustahkam materiallardan tayyorlanadi.
Bu gaz plitalarida atmosfera gorelkasi ishlatiladi, tutun gazlar oshxonaning o‘zidan shamollatgich shaxtalar orqali chiqariladi. Mazkur gorelkalarda havoning bir qismi (bi-
rasm. Aholi turmushi uchun ishlatiladigan eski tipdagi gaz plitalari.
9
rasm. 4-konforkali GP ko‘rinishi.
1—quritish shkafi; 2—duxovka qutichasidagi gorelka yondirgichi; S—duxovka qutichasiga ketuvchi gaz quvuri; 4—gorelka joylanishini ko‘rsatuvchi belgi; 5—taqsimlovchi qurilma; 6—plita ish stoli; 7—konforka bloki; 8—plita qoplamasi devori; 9—duxovka qutichasidagi gorelka.
rinchi havo) yonish uchun kerak bo‘lgan havo ejektor yordamida gaz bilan so‘riladi. Qolgan qismi (ikkinchi havo) alangalanishda to‘g‘ridan to‘g‘ri atrof-muhitdan keladi. Konforkali gorelkalarda gazning to‘liq yonmasligiga aso- siy sabablar quyidagilardir:
idish yuzasining harorati pastligi, buning ta'sirida gaz to‘liq yonmaydi, natijada CO (uglerod oksidi) va qu- rum paydo bo‘ladi;
ejektorning bo‘ylama qismida birlamchi havo bilan gazning qoniqarsiz aralashuvi natijasida;
d) atrof-muhitdan havoning yetarli darajada berilmasligi va tutun gazining to‘liq chiqib ketilmasligi natijasida.
Bunday kamchiliklarni tuzatish uchun gaz plitalari- dagi gaz gorelkasi qurilmalarini (GGQ) shunday loyiha- lash kerakki, bunda quyidagi shartlar bajarilsin:
gorelka yuqori qiymatdagi birlamchi havo bilan ish- lasin, havo ishlab chiqarish quvvatida alanganing ishonchli (mustahkam) ishlashi ta'minlansin;
gorelka o‘rnatilgan qism bilan idishning pastki (mustahkam) qismi orasidagi masofa shunday bo‘lishi ke- rakki, tutun gaz o‘z issiqligini to‘liq bersin va erkin ha- rakatlansin, ichki yonuvchi alanga bilan idish past qismi orasida alanganing ishonchliligi ta'minlansin;
gorelka bilan idishning pastki qismi orasidagi op- timal masofa saqlanishi kerak, masofaning kattalashuvi ortiqcha havoning chiqishiga va FIKning kamayishiga olib keladi, masofaning qisqarishi esa gazning to‘liq yonmasli- giga sabab bo‘ladi;
ejektor bo‘ylama qismining optimal konstruksiyasi (tuzilishi) saqlanishi kerak;
tutun gaz chiqib ketishi uchun ishchi stol bilan (gaz plitasida) idishning pastki qismi orasidagi masofa 8 mm dan kam bo‘lmasligi darkor.
8.k. Bo‘ylama harakatlanuvchi va hajmli xuv ixitgichlar
uv isitgichlarning ko‘rinishi issiqlik almashinuvchi qurilmalarga o‘xshash bo‘lib, mahalliy sharoitda issiq suv bilan ta'minlash uchun xizmat qiladi. Bo‘ylama issiq suv ta'minlovchi uskunalarning ish tartibi suvning sarfla- nish ish tartibiga mos kelishi kerak. Ularda suvning haro- rati 50—60 ˚C bo‘lib, bu haroratni uskuna ishga tush-
11
11
10
10
9 9
8
8 12
7
1S
6
14
5 15
4 16
S 17
2 18
1
7
6
5
S
12 4
1S 2
14 1
18 15
17 16
rasm. G I-18 ko‘rinishli suv isitgichning prinsipial sxemasi:
1—suvning kirishi; 2—gazning kirishi; S—blokli kran; 4—suv va gazni blokirovka qiluvchi klapan; 5—xavfsizlikni ta'minlovchi klapan; 6—gazni alangalatish; 7—yonuv o‘chog‘i; 8—spiral ko‘rinishli quvur (зmeebиk); 9—buramali kalorifer; 10—tutun gazi chiquvchi joy; 11—tutun gazini qaytarishdan saqlagich; 12—gorelka; 1S—sharikli yondirgichni so‘ndirgich; 14—Venturi quvuri; 15—membranali kamera;
17—suvning chiqishi; 18—kojux.
ganidan so‘ng 1—2 minut mobaynida ta'minlab beradi (8-rasm). Bu uskuna ko‘pincha tez harakatlanuvchi (ish- lovchi) suv tayyorlagich deb ham ataladi.
uv isitgichlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
FIK 82 % dan kam bo‘lmasligi kerak, suv isitgich suv tarmog‘ining bosimi 0,05 dan 0,6 MPa gacha oraliqda ishlashi lozim.
uv isitgich asosiy va yondiruvchi (uchqunli) go- relkalar bilan ta'minlangan bo‘lishi darkor. Gorelka gaz- ning ishonchli yonishini ta'minlashi kerak va issiqlik miq- dorining 0,2 dan 1,25 oralig‘ida o‘zgarishida, alanganing uchishi va uzilish bo‘lmasligi lozim.
Har bir suv isitgich saqlovchi va blokirovkali (qo‘- riqlovchi) qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak, bu kerakli miqdordagi gazni ta'minlab beradi.
Gaz uskunalarining o‘rnatilishi. Gaz uskunalarini o‘r- natishda QMQ 2.04.08-96 va gazdan foydalanish qoida- lariga rioya qilinishi kerak.
Gaz plitalarning o‘rnatilishi ulardagi konforkalar so- niga qarab quyidagicha bo‘ladi:
to‘rt konforkali gaz plitalari uchun oshxonaning
hajmi—15m3 dan kam bo‘lmasligi kerak;
uch konforkali gaz plitalari uchun — 12 m3;
ikki konforkali gaz plitalari uchun — 8 m3.
Gaz plitalarni oshxonalarda o‘rnatishda ko‘rsatilgan yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishi shart.
Gaz bilan ixitixh.
Ixitixh pechlari va gaz bilan ixitiluvchi uxkunalar
Gaz bilan isitiluvchi qurilmalarga quyidagilar kiradi:
Gaz bilan isitish pechlari.
Gaz bilan isitiluvchi mahalliy uskunalar.
Binafsha nurlanishli isitish gaz uskunalari.
Xonani isituvchi gazli uskunalar.
Gaz havoli kaloriferlar.
Kontaktli havo isitgichlar va h.k. uskunalar.
Gaz bilan isituvchi pechning tasviri 9-rasmda kelti- rilgan.
Binolarni isitish uchun avtomatlashtirilgan isituvchi pechlar mavjud bo‘lib, ular yuqori tejamkorligi va issiq- lik ko‘rsatkichi bilan xarakterlanadi. Bu pechlarning FIK 85—90 %. Mazkur pechlarga FK-17-07 ko‘rinishdagi ejeksiyali atmosferali gorelkalar ishlatiladi.
rasm. Aholi turmushi uchun ishlatiladigan gaz plitasi va suv isitgichlarning birgalikda o‘rnatilishi tasviri.
Gaz bilan ixitiluvchi mahalliy ixitixh uxkunalari
Keyingi paytlarda gaz yordamida mahaliy isituvchi uskunalar keng miqyosda ishlatilmoqda, ular maxsus tutun gazlarni chiqaruvchi kanallarni talab etmaydi. Bunday usku- nalarga avtomatli havo isituvchi «OFohëk» misol bo‘la oladi. Bu uskuna bilan 20 m2 yuzadagi maydonni isitish mumkin. Ijobiy tomonlari bahosining arzonligi va tez ishga tushishidir. Kamchiligi shuki, binoda uskuna ishlamaganda tez sovib ketadi. huning uchun sovuq iqlimli hududlarda bu uskunani ishlatish mumkin emas. Issiqlikning berilishiga qarab uskunalarni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin: nur- lanuvchi, konvektiv issiqlik beruvchi va konvektiv nurla- nuvchi. Ba'zi uskunalarning FIK 90 % ga yetadi. Keyingi paytlarda yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan qo‘shma korxo- nalar yangi zamonaviy gaz bilan isitiluvchi «Artel», «Aris- ton» kabi mahalliy isitish pechlarini ishlab chiqarmoqda. Bunday isitish pechlari bir qator qulayliklarga ega, jumladan, katta hajmga ega bo‘lgan xonalarni issiq havo hosil qilib isita
olishi sababli unga iste'molchilarning talabi yuqoridir.
NAZORAT SAVOLLARI
Gaz xo‘jaligining tarkibi nimalardan iborat?
Gaz jihozlaridan unumli va samarali foydalanish uchun nimalarga e'tibor berish lozim?
Gaz ta'minoti boshqarma va trestlarining tuzilishini chizib ko‘rsating.
Gaz xo‘jaligini ekspluatatsiya qilish nimalardan iborat?
Uning vazifalari.
Texnik nazorat qanday tashkil etiladi?
Gaz quvurlari qanday me'yorlarga binoan ishga topshiriladi?
Yerosti quvurlari qanday talablarga javob berishi lozim?
Gaz quvurlari trassalari qanday ko‘rikdan o‘tkaziladi?
Gaz quvurlarining elektr o‘lchamlari nimalardan iborat?
11. =hahar gaz xo‘jaligini ishlatish xizmatini bayon eting.
Gaz ta'minoti sxemalari nimalardan iborat?
Tabiiy gazlar nima uchun odarizatsiya qilinadi?
Yer ustidan gaz quvurlarida quvurning qalinligi necha metrdan kam bo‘lmasligi kerak?
Qanday hollarda gaz kondensati paydo bo‘ladi?
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
A.N. Iopaαxun. Fopoдckиe Faзobыe ceти. M., 1962.
N.A. Gкaфmыmoв. Ocнobы Faзocнaбжeния. Л., «Heдpa», 1975.
H.Л. Gmacкeвun. Cпpabouнoe pykoboдcтbo пo Faзo-
cнaбжeнию. Л., «Heдpa», 1986.
A.A. Nonun. Faзocнaбжeниe. M., «Cтpoйиздaт», 1989.
KMK gaz ta'minoti loyiha me'yorlari. KMK, 1996-yil 2-aprel.
H.Л. Gmacкeвun, I.H. Geвepuneц, Д.R. Busaopnuк.
Cпpabouhиk пo Faзochaбжehию и иcпoльзobahию Faзa, 2005.
Mpomыmлehhoe Faзoboe oбopyдobahиe. Cпpabouhиk.
«Faзobиk», 2007.
B.A. Xuna, M.A. Уuaкoв, O.H. Бpαxanoв. Faзobыe ceти и ycтahobkи: Yueбhoe пocoбиe для cpeд. пpoф. oбpaзobahия. M.: Nздaтeльckий цehтp «Akaдemия», 2003.
N.A. Hyp. FaзopeFyлятophыe пyhkты и ycтahobkи. CMб.,
«Heдpa», 2004.
A. N. Ionbяnoв. Faзobыe ceти и Faзoxpahилищa. Yueбhиk для byзob. Yфa, OOO «Nздaтeльcтbo hayuho-тexhиueckoй литepaтypы, 2004.
H.N. Pя6цeв. Faзoboe oбopyдobahиe, пpибopы и apmaтypa. CMб., «Heдpa», 1985.
MUNDARIJA
Kirish 3
1-bob. XIZMATLAR STRUHTURASI VA GAZ XO‘JALIGINI BOSHQARISH
Yerosti quvurlari va inshootlari xizmati 8
Bino ichidagi jihozlar ishlari 10
2-bob. GAZ XO‘JALIGINI EHSPLUATATSIYA QILISH
Gaz xo‘jaligini ekspluatatsiya qilish xizmati vazifalari 13
Gaz xo‘jaligini ekspluatatsiya qilish javobgarligi
va gaz nazorati 14
Gaz xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatish 18
Texnik nazoratni tashkil qilish 21
S-bob. YERUSTI VA YEROSTI GAZ QUVURLARINI EHSPLUATATSIYA QILISH
Gaz quvurlarini ekspluatatsiya qilishga doir vazifalar
va ishlar tarkibi 26
Gaz quvurlari qurishda payvandlash ishlarini
nazorat qilish 28
Gaz quvurlarini ishlab turgan gaz tarmoqlariga ulash 36
Yerosti gaz quvurlarini ishlatish tartibi 38
Gaz quvurlari trassalarini ko‘rikdan o‘tkazish 39
4-bob. GAZ QUVURLARINING ELEHTROHIMYOVIY HIMOYASI
Gaz quvurlarining elektr o‘lchamlari 40
Gaz quvurlarining yemirilish holatini aniqlash 45
Gaz quvurlarini elektrli o‘lchash uchun jihozlar 46
bob. GAZ QUVURLARI VA GTBNI ISHLATISHGA
QABUL QILISH 49
bob. GAZ XO‘JALIGINI ISHLATISH VA TEXNIHA XAVFSIZLIGI
6.1. =hahar gaz xo‘jaligini ishlatish xizmatining tarkibi 50
bob. SANOAT, QISHLOQ XO‘JALIGI, HOMMUNAL HORXONALARNI GAZ BILAN TA’MINLASH
Gaz quvurlari tuzilishi 52
Gaz ta'minoti sxemalari 54
Gaz quvurlarining sinovi va ularni foydalanishga topshirish 57
Gaz quvurlari, gaz tarqatuvchi shoxobchalar va gaz tarqatuvchi qurilmalardan foydalanish, ularga xizmat
ko‘rsatish va sozlash 59
bob. GAZ JIHOZLARI, ASBOBLARI VA ULARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
Gaz uskunalari, gaz plitasi va suv isituvchi uskunalar 69
Bo‘ylama harakatlanuvchi va hajmli suv isitgichlar 72
Gaz bilan isitish. Isitish pechlari va gaz bilan isitiluvchi uskunalar 74
Gaz bilan isitiluvchi mahalliy isitish uskunalari 75
Nazorat savollari 76
Foydalanilgan adabiyotlar 77
Dostları ilə paylaş: |