Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda soliqli tushumlar alohida o’rin egallaydi. Davlat byudjeti daromadlari ijrosi-ning so'nggi 3 yillik ma‘lumotlarining tarkibiy tahlilidan ko’rinadiki, bilvosita soliqlarning jami byudjet daromadlaridagi salmog’i 55,0-53,7 foizni tashkil etmoqda, ya‘ni davlat byudjeti daromadlarini shakllanti-rishda bilvosita soliqlarning fiskal ahamiyati yuqori bo’lmoqda. Byudjet daromadlarining qariyb beshdan bir qismi esa to’g'ri soliqlar evaziga shakllanadi. 2016-2018-yillarda ular bo’yicha tushumlar jami byudjet daromadlarining 23,1-20,6 foizini tashkil qilgan.
Bir xil mohiyatga ega va o‘zaro munosabatda bog‘liq bo‘lib, markazlashgan pul fondi bo‘lgan davlat budjetini va davlatning boshqa maqsadli jamg‘armalarini majburiy tashkil etadigan soliqlar va yig‘imlar turlarining yig‘indisiga soliq tizimi deb ataladi.
Barcha soliqlarni soliqqa tortish obyektiga, iqtisodiy mohiyatiga va budjet tizimi bo‘g‘inlari daromadlarini shakllantirishiga ko‘ra quyidagicha guruhlash mumkin:
Soliqqa tortish ob’ektiga ko‘ra soliqlar quyidagi mezonlarga qarab guruhla-nadi:
Oborotdan olinadigan soliqlar;
Daromaddan olinadigan soliqlar;
Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlar;
Yer maydoniga qarab olinadigan soliqlar.
Yer maydonlaridan olinadigan soliqlarga qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqa-ruvchilarining yagona yer solig‘i va yuridik (noqishloq xo‘jalik) va jismoniy
shaxslar tomonidan to‘lanadigan yer solig‘i kiradi.
Iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra soliqlar egriva to‘g‘ri soliqlarga yoki bevosita vabilvosta soliqlarga bo‘linadi. To‘g‘ri soliqlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri soliq to‘lovchilar-ning o‘zi to‘laydi, ya’ni soliqning huquqiy jihatdan to‘lovchisi ham, haqiqiy to‘lov-chisi ham bitta shaxs bo‘ladi. To‘g‘ri soliq yukini boshqalar zimmasiga ortish holati bu yerda bo‘lmaydi. Bu soliqlarga daromaddan va mulkdan to‘lanadigan barcha soliqlar kiradi.
To‘g‘ri soliqlar bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri daromaddan soliq to‘langanligi uchun soliqlar stavkasining kamaytirilishi korxonalar daromadining ko‘p qismini ularga qoldirib, ular investitsiya faoliyatini kengaytirish imkonini yaratadi va shu yo‘l bilan bozor iqtisodiyotining rivojlanishiga turtki beriladi. Bu soliqlarning stav-kalari ko‘paytirilsa, korxonalarning biznes imkoniyatlari kamaya borib, iqtisodiy rivojlanishni susaytiradi. Demak, bu guruh soliqlarning stavkalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri bozor iqtisodiyoti rivoji bilan chambarchas bog‘liqdir.
Egri soliqlarning yuridik jihatdan to‘lovchilari mahsulot (ishlar, xizmatlar) yuklab yuboruvchilar (xizmat ko‘rsatuvchilar) bo‘lib, soliqning haqiqiy og‘irligi keyingi (so‘nggi) iste’molchining zimmasiga tushadi, ya’ni bu yerda haqiqiy soliq to‘lovchi yashiringan. Bu soliqlarning summasi tovar (ish, xizmat) narxi ustiga usta-ma ravishda qo‘yiladi. Bu soliqlarning ijobiy tomoni respublikada ishlab chiqarilgan tovarlarning chetga chiqib ketishini chegaralaydi, mamlakat ichida tovarlar ko‘p bo‘lishiga yordam beradi. Egri soliqlar orqali tovarlar qiymati oshirilmasa, bozor-larda ularning taqchilligi ortadi. Egri soliqlar stavkasining asosli ravishda oshirilishi korxonalar faoliyatining moliyaviy yakuniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etmaydi, ya’ni investitsion faoliyatini qisqartirmaydi. Ammo soliq stavkasi tahlil qilinmasdan oshi-rib yuborilsa, korxonalar sotish qiyinchiligiga uchrab, foyda olishni ham, budjetga to‘lovlarni ham kamaytirishi mumkin.
XULOSA. O’z o’rnida xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, byudjet mablag’larini markazlashtirishni faqat O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ruxsati bilan amalga oshirilishi byudjet mablag’lari hisobiga ayrim mansabdor shaxslar tomonidan ishxonalarni dabdabali jihozlashga, tanish-bilishlik orqali nopok yo’llar bilan daromad oluvchi firma yoki kichik korxonalarga byudjet mablag’larini o’tkazib, o’zlashtirishga chek qo’yadi. Byudjet mablag’laridan foydalanish ustidan byudjet nazoratini kuchaytirish, byudjet intizomini mustahkamlash va uni takomillashtirish yo’llaridan biri byudjet muassasalari bosh hisobchilarining yuqori tizimlari orqali tayinlanishi va ishdan bo’shatilishi bilan bog’liqdir. Chunki turli sabablar bilan attestatsiyadan o’tmagan yoki byudjet sohasida ish stajiga ega bo’lmagan bosh hisobchilarning byudjet tizimida ishlashi byudjet mablag’laridan noqonuniy foydalanish yoki byudjet intizomining buzilish hollarini ko’proq sodir etishga olib kelmoqda.
Yuqoridagi xato va kamchiliklarni oldini olish maqsadida, bizning fikrimizcha, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining nazorat-taftish hududiy boshqarmalari hamda viloyat xokimliklari moliya boshqarmalari tomonidan barcha byudjet muassasalari hisobchilari egallab turgan vazifasiga loyiqligi yuzasidan har moliyaviy yilning 15 yanvariga qadar attestatsiyadan o’tkazilishi lozim. Shu vaqtgacha qonunda belgilanmagan uzrli sabablar bilan attestatsiyadan o’tmagan shaxs bosh hisobchilik vazifasidan vaqtincha chetlashtirilishi lozim. Shuningdek, hududiy moliya bo’limlari bosh hisobchilarining ham byudjet mablag’larining maqsadli ishlatilishi yuzasidan mas’uliyatini oshirish kerak.
1 O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining ―Davlat byudjetining g’azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora- tadbirlari to’g’risida‖gi 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-son Qarori.