G‘azna ijrosi sharoitida davlat byudjeti daromadlarining ijrosi hisobi



Yüklə 36,01 Kb.
səhifə1/2
tarix29.11.2023
ölçüsü36,01 Kb.
#169861
  1   2
.


G‘AZNA IJROSI SHAROITIDA DAVLAT BYUDJETI DAROMADLARINING IJROSI HISOBI
Bank ishi” kafedrasi dotsenti
Jo’rayev Isroil
DMXM-5 guruh magistranti
Mannonov Nabiddin
Byudjet mablag‘laridan oqilona va samarali foydalanish, byudjet taqchilligini oldini olish dolzarb masalalardan biri sanaladi. “Albatta, Davlat byudjeti o‘lchovsiz emas, mablag‘larni qattiq tejash, belgilangan maqsad uchun va oqilona ishlatishni ta’minlash zarur. Bu – hammaga ravshan va rad etib bo‘lmaydigan haqiqat” – deydi Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev o‘z nutqlarida1.
Byudjet tashkilotlari byudjet mablag‘larining asosiy iste’molchisi hisoblanib, Davlat byudjeti xarajatlarini tashkil etadi va xarajatlar smetasi asosida byudjetdan moliyalashtiriladi. Shuningdek, byudjet tashkiloti qonunchilikka muvofiq byudjetdan tashqari mablag‘lar yuzasidan tashkil bo‘lish manbalari va foydalanish yo‘nalishlari ko‘rsatilgan holda byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetalar doirasida xarajatlarni amalga oshiradi. Oxirgi yillarda davlat moliyasini isloh qilish loyihasini amalga oshirish doirasida so‘nggi natijaga yo‘naltirilgan byudjetlashtirish tamoyillarining joriy qilinishi, o‘rta muddatli byudjet istiqbollarini belgilash siyosatining ilgari surilishi, davlat byudjetining g‘azna ijrosiga o‘tilishi hamda byudjet siyosatidagi boshqa o‘zgarishlarning amalga oshirilishi byudjet tashkilotlarida o‘z xarajatlarini aniqlash va smetalarni ishlab chiqish, byudjetdan tashqari mablag‘larni safarbar qilish tartiblarini takomillashtirishni talab etmoqda.
Davlat byudjet muayyan mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni ham ifodalaydi. Jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va faoliyatiga qarab davlat byudjet mohiyati, uning daromadlari va harajatlari xususiyati hamda tarkibi turlicha boʻladi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda davlatning iqtisodiyot, ishlab chiqarish, milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashga faol aralashuvi davlat byudjeti mavqeining oshishiga sabab boʻladi, milliy daromad davlat ixtiyorida yigʻiladi va uning byudjet orqali qayta taqsimlanadigan qismi koʻpayadi.
Hozirda rivojlangan mamlakatlarda davlat byudjetining asosiy qismi soliqlar (fuqarolarning shaxsiy daromadlaridan undiriladigan shaxsiy daromad soligʻi, ish haqi fondiga soliq va korxonalar, korporatsiyalar foydasidan undiriladigan foyda soligʻi va b.) hisobiga shakllanadi (masalan: Aqshda soliq tushumlari davlat byudjetining 98% ini, Buyuk Britaniyada 96,7% ini, Fransiyada 91,5% ini tashkil qildi). AQSH federal byudjetidan qilinadigan harajatlar orasida "da-romadlar darajasini taʼminlash" (qariyalar, mehnatga layoqatsizlar, ishsizlar, nogironlar, tibbiy yordamga muhtojlar, boquvchisini yoʻqotgan oilalar va h.k.ga yordam koʻrsatish) sarflari 40%, milliy mudofaa harajatlari (28—30%) eng muhim oʻrinda turadi.
Budjet tizimidagi islohotlar doirasida 2014-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasida amalga kiritilgan yangi Budjet Kodeksining IV bo‘limi “Budjet tizimi budjetlarining daromadlari” deb nomlanadi. Ushbu bo‘limning 9-bobida dav-lat budjeti daromadlari tarkibi tegishli moddalarda belgilab berilgan. Xususan, Kodeksning 50-moddasi “Davlat budjeti daromadlarini shakllantirish” deb nomla-nadi va unda davlat budjeti qanday daromadlar hisobidan shakllantirilishi ko‘rsatilgan.

Yüklə 36,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin