Gdds dqaf category Templates


O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi



Yüklə 463,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/13
tarix24.05.2023
ölçüsü463,68 Kb.
#121188
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Qishloq xo’jaligi ekinlari ekilgan ekin maydon

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi 


Jamoatchilikka e’lon qilinayotgan bosma statistik nashrlar, axborotnomalar, ommaviy axborot 
vositalarida berilayotgan ma’lumotlarning Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan ishlab 
chiqilganligi uning logotipi va izohlari orqali aniq belgilanadi. 
1.2.4 Uslubiyatlar, ma’lumotlar manbasi va statistik usullardagi asosiy o‘zgarishlar haqida 
oldindan xabardor qilish 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi 
Yangi uslubiyatga o‘tishdan, mavjud uslubiyatlar va usullarga sezilarli o‘zgartirishlar kiritishdan 
oldin Davlat statistika qo‘mitasi jamoatchilikni oldindan xabardor qiladi. Davlat statistika 
qo‘mitasi o‘z rasmiy veb-saytida foydalanuvchilarni qanday o‘zgarishlar kutayotganini 
tushuntiruvchi tegishli uslubiy ko‘rsatmalarni joylashtiradi. Maqolalar, yangiliklar va matbuot 
anjumanlarida kutilayotgan o‘zgarishlar jamoatchilikka yetkaziladi. 
1.3. Axloq me’yorlari 
1.3.1 Xodimlarning axloq me’yorlari bo‘yicha ko‘rsatmalar 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi 
Davlat statistika qo‘mitasi xodimlari uchun Odob-axloq qoidalari tasdiqlangan. Ular axloq 
kodeksiga, shu jumladan maxfiylik printsipiga rioya qilishlari, o‘zlarining vazifalarini bajarishda 
ularga taqdim etilgan har qanday ma’lumotlarni oshkor qilmasligi kerak. Ular lavozimga 
tayinlanayotganda ushbu majburiyatlar haqida tushuntirishlar beriladi. Davlat statistika 
qo‘mitasi xodimi individual ma’lumotlarni oshkor qilmaslik majburiyatini olgan shartnoma 
tuzishi shart. 
2. Uslubiyat 
2.1 Konseptsiya va tushunchalar 
2.1.1 Konseptsiya va tushunchalar 
Mazkur axborotlar 1 iyul holatigava yillik asosda hisobga olish maqsadida shakllantiriladi. 
Qishloq xo’jaligi ekinlari ekilgan ekin maydoni to’g’risida ma’lumotlarni shakllantirish va 
aniqlash uchun 1-FX shakli (yilda 2 marta va yillik) «Fermer xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risida 
hisobot», 1-DX shakli (yilda 2 marta) «Dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari faoliyati 
to‘g‘risida hisobot», 1-QX shakli (choraklik va yillik) «Qishloq xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risida 
hisobot», 1-KB shakliga ilova (QX) (yillik) «Mikrofirma va kichik korxonaning qishloq xo‘jaligi 
faoliyati to‘g‘risida hisobot» davlat statistika hisobotlari statistik axborotlaridan foydalaniladi 
hamda ushbu ko’rsatkich quyida keltirilgan hisobotlarda gektarda ko’rsatiladi.
Qishloq xo’jaligi ekinlari ekilgan ekin maydoni - ekilgan ekinlar asosiy maydoni, takroriy va 
oraliq ekinlarning, yosh mevali bog’lar, boshqa ko’p yillik daraxtzorlar qator oralariga ekilgan 
ekinlar maydonini o’z ichiga qamrab oladi, uzum, meva va rezavorlar maydoni bundan istisno. 
Uzum, meva va rezavorlar maydoni alohida hisobga olinadi. 



Yüklə 463,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin