Energiya va yoqilg‘i ta’minoti tizimidan uzoqda joylashgan, aholi xonadonlari, dehqon va issiqxona xo‘jaliklari hamda kichik sanoat korxonalari, meva-sabzavotlarni saqlaydigan omborlarini uzluksiz yoqilg‘i (ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish, issiqlik energiyasi olish), elektr energiyasi bilan barqaror va ishonchli ta’minlash zaruriyati mavjud.
Qashqadaryo viloyatida 1 millionga yaqin aholi xonadoni va 1000 ga yaqin issiqxona xo‘jaliklari, 3-4 ta yirik meva-sabzavotlarni saqlaydigan sovutish omborxonalari mavjud.
Iste’molchilarning termoeffect hodisasi asosida elektr energiyasi olish uchun mo‘ljallangan geliokonsentratorli termojuft qurilmasi uchun samarador qurilmasini mahalliy bozordan olingan xom-ashyo hisobiga Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Muqobil energiya manbalari” kafedrasiga qarashli “Muqobil energiya manbalari” o‘quv-ilmiy poligonida tayyorlanadi va iste’molchilarga yetkaziladi.
Marketing strategiyasi:
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Muqobil energiya manbalari” kafedrasiga qarashli “Muqobil energiya manbalari” o‘quv-ilmiy poligoni - muqobil va qayta tiklanadigan energiya manbalariga asoslangan yangi qurilma va texnologiyalarni ishlab chiqish, biomassa va uglevodorodli chiqindilardan muqobil yoqilg‘i turlarini yaratish, hududda qayta tiklanadigan (quyosh, biomassa, geotermal, shamol energiyasi) energiya resurslari potensialini aniqlash va ulardan foydalanishning ilmiy-texnik yechimlarini ishlab chiqish, issiqlik-sovuqlik ta’minoti tizimlarining energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha innovatsion ishlanmalar va loyihalar ishlab chiqish yo‘nalishida ilmiy-amaliy ishlarni amalga oshiradi. Bosqichma-bosqich butun Respublikamizdagi aholi xonadonlari, dehqon va issiqxona xo‘jaliklarini, meva-sabzavotlarni saqlaydigan omborlarni samarali, ekologik toza va hamyonbop mahsulot-energiya samarador “Geliokonsentratorli termojuft qurilmasi” bilan ta’minlash rejasini amalga oshiradi.