13 - AMALIY MASHG‘ULOT
“GEMINI PATTERN EDITOR” “ПРОМЫШЛЕННОСТЬ” RЕJIMIDA ANDOZALARGA CHOK HAQI, TANDA IPI YO‘NALISHINI BЕRISH.
Ishining mаqsаdi: Kiyimlаrni аvtоmаtlаshtirilgаn lоyihаlаshning multifunksiоnаl tizimi “Gemini Pattern Editor” “промышленность” rеjimida andozalarga chok haqi, tanda ipi yo‘nalishini bеrishni o‘rganish.
Ko‘rgazmali materiallar: “Gemini Pattern Editor” “промышленность” rеjimida andozalarga chok haqi, tanda ipi yo‘nalishini bеrish haqida uslubiy ko‘rsatmalar.
Ish bajarish tartibi:
Gemimi Pattern Editor mоduli.
“Gemini Pattern Editor” “промышленность” rеjimida andozalarga chok haqi bеrish.
“Gemini Pattern Editor” “промышленность” rеjimida andozalarga tanda ipi yo‘nalishini bеrish.
Tоpshiriqlаr mаtni
“Gemini CAD” tizimi “Pattern Editor” modulida andozalar chizmasi model konstruktsiyalari asosida ishlab chiqiladi.
Ish stoliga modellashtirilgan konstruktsiya chaqiriladi (1- rasm). “Detali” rejimida kursor yordamida model detallari ajratib olinadi.
Har bir detalga tanda ipi yo‘nalishi, detal nomi kabi ma’lumotlar kiritiladi. Detallarga tanda ipi yo‘nalishini ikki usulda berish mumkin: andozalarga tanda ipi yo‘nalishi qat’iy vertikal bo‘yicha, vertikalga nisbatan ixtiyoriy burchak ostida.
1- usulda ekranning chap tomonidagi vertikal menyudan “Промышленность” rejimiga kiriladi. Ekranning yuqorisida joylashgan asosiy menyudan - “Tanda ipini yaratish” (rus. “Создать долевую”) buyrug‘i tanlanadi. Kursor va “Ctrl” tugmalari kombinatsiyasi yordamida detallarga tanda ipi yo‘nalishi qo‘yib chiqiladi. “Ctrl”- tugmasi chizilayotgan chiziqning qat’iy vertikaligini ta’minlab beradi (2- rasm).
1- rasm. Yangi model detallari
2- usulda tanda ipi yo‘nalishini 450 li burchak ostida belgilash kerak bo‘lsin. Ekranning o‘ng tomonida joylashgan yordamchi menyuda “Долевая линия” buyrug‘i tanlanadi. “Burchak” (rus. “Угол”) yacheykasiga tanda ipi yo‘nalishi “45”, “Uzunlik” (rus. “Длина”) 80 sm qilib belgilanadi. Shuningdek, nuqtaning boshlang‘ich koordinata holati qiymatini “X” va “Y” qiymati bo‘yicha ham kiritish mumkin.
|
|
Tanda ipi yo‘nalishini belgilashda bir yo‘nalishda, ya’ni xar bir detalda tanda ipi yuqoridan boshlab pastga tomon yo‘naltirib chiziladi.
2- rasm. Detallarda tanda ipi yo‘nalishini belgilash
Tayyor andozalarga detal haqidagi ma’lumotlarni kiritish uchun “Detali” rejimiga kiriladi. Ish stolining o‘ng tomonidagi “Detal xossalari” (rus. “Свойства детали”) paneliga har bir detal haqida quyidagi ma’lumotlar kiritiladi (3- rasm):
detal nomi- old bo‘lak;
material turi- ipak;
aylantirish- 180;
aylantirish turi- mustaqil;
akslantirish- OtrY;
akslantirish turi- mustaqil.
|
3- rasm. Detal haqida ma’lumotlarni kiritish
|
Yangi model andozalariga chok xaqi qiymati berish uchun “Промышленность” rejimida - “Chok haqi qiymatini tahrir qilish” (rus. “Редактирование припуска на шов”) buyrug‘i tanlanadi. Detal tomonlari belgilanib, chok haqi qiymati “sm” da beriladi. Masalan, 1,0 sm va h.k. Shu tariqa har bir detal uchun chok haqi qiymati belgilanadi (4- rasm).
4- rasm. Detallarga chok xaqi qiymati berish
Keyingi bosqichda kiyim andozalari tutashmalarini tekshirib chiqiladi. Buning uchun “Промышленность” rejimida “Burchaklarga ishlov berish” (rus. “Обработка углов”) buyrug‘i tanlanadi. Detal belgilanib, ro‘yxatdan mos keluvchi burchak ko‘rinishi tanlanadi. Har bir detal uchun tutashma tekshiriladi (5- rasm).
5- rasm. Kiyim detallari uchun burchak tutashmalarini tekshirish
Ishni bajarishga qo‘yiladigan talablar:Talabalar laboratoriya ishini bajarish tartibiga mos holda amalga oshiradilar. Laboratoriya ishi “Gemini Pattern Editor” “промышленность” rеjimida andozalarga chok haqi, tanda ipi yo‘nalishini bеrish jarayoni bilan tanishish.
Xisobot mazmuni
1. Ishni bajarish uchun boshlang‘ich ma’lumot.
2. “Gemini Pattern Editor” “промышленность” rеjimida andozalarga chok haqi, tanda ipi yo‘nalishini bеrish.
3. Xulosa.
4. Foydalanilgan adabiyotlar.
Nazorat uchun savollar
“Gemini CAD Systems” tizimi haqida ma’lumot bering?
“Pattern Editor” modulida quyidagi buyruq panellari haqida ma’lumot bering?
Razmerlar jadvaliga ma’lumot qanday kiritiladi?
“Gemini Pattern Editor” “промышленность” rеjimida andozalarga chok haqi, tanda ipi yo‘nalishi qanday bеriladi?
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Коблякова Е.Б. идр. Конструирование одежды с элементами САПР. М., 1988.
2. Норенков П.А. САПР. Система автоматизированного проектирования. В 9 книгах. 1996.
Dostları ilə paylaş: |