Oksigemoglobin- gemoglobinning to’g’ridan-to’g’ri birikishidan xosil bo’ladi.bu birikma beqaror bo’lib, uning qondagi miqdori kislorodning parsial bosimiga qarab o’zgarib turadi: kislorod parsial bosimi baland bo’lgan o’pka alveolalarida qon kislorod bilan to’yinadi va oksigemoglabin miqdori ortadi. To’qimalarda kislorodning parsial bosimi past bo’lganidan oksigemoglobin bu yerda dissotsiyalanib, hujayralarga kislorod beradi.
Oksigemoglobinda kislorod gem molekulasidagi temir atomiga kovalent bog’lar orqali birikkan emas, binobarin, temirning valenligi ikkiga tengligicha qoladi va kislorodning birikishi yoki ajralishi tufayli o’zgarmaydi.
Gemoglobin eritmasi bilan muvozanatda bo’lgan kislorodning parsial bosimi kamaytirilganda qaytarilgan gemoglobin hosil bo’lib, unda temirning valentligi ham ikkiligicha qoladi.
Leykotsitlar (qadimgi yunoncha: λευκός — oq va κύτος — hujayra), oq qon tanachalari — odam va hayvonlar qonidagi rangsiz hujayralar; qonning yadroli shaklli elementlari. Yadrosining shakli har xil, shunga koʻra, tayoqcha yadroli, segment yadroli va monotsitlarga ajrati-ladi. Leykotsitlar suyak koʻmigi, limfa tugunlari va taloqda hosil boʻladi.
Donali Leykotsitlar (granulotsitlar) va donasiz Leykotsitlar (agranulotsitlar) farq qilinadi. Qonni tekshirganda Leykotsitlarning boʻyalish xususiyatiga qarab, ularni eozinofillar (kislotali boʻyoq—eozin bilan boʻyaladi), bazofillar (asosli boʻyoq — metilen koʻki bilan boʻyaladi) va neytrofillarga (neytral boʻyoqlar bilan boʻyaladi) boʻlinadi, ularning har biri maʼlum bir funksiyani bajaradi. Leykotsitlar qon tomir oʻzanidan chiqib hujayralararo boʻshlikda oʻzicha harakat qila oladi