YAngi biotexnologiyaning dastlabki asosiy bosqichlari
1973 yil Birinchi gen klonlangan
1974
1975 yil Birinchi gibridoma yaratilgan
1976
1980
1981
1982
1983
Tirik organizmlar irsiy axborotini sun’iy yo’l bilan ma’lum maqsadga muvofiq o’zgartirish jarayoni genetik muxandislik fanining asosiy ustqurmasi hisoblanadi. Genetik muxandislik hujayra, xromosoma va gen darajasida amalga oshiriladi:
1. Hujayra darajasidagi genetik muxandislik ikki hujayrani o’zaro qo’shish yo’li bilan amalga oshiriladi.
2. Xromosoma darajasidagi genetik muxandislik hujayra yadrosiga qo’shimcha xromosomalar kiritish orqali amalga oshiriladi.
3. Gen darajasidagi genetik muxandislik yoki gen muxandisligi eng murakkab bo’lib, quyidagi bosqichlar asosida amalga oshiriladi:
a. qimmatli xo’jalik ahamiyati kasb etadigan gen funksiyasi orqali qidirib topiladi, ajratib olinadi, klonlanadi va tuzilishi o’rganiladi.
b. Ajratib olingan gen xromosoma DNK si bilan rekombinasiyalanuvchi biror fag genomi, traspozon yoki plazmid DNK si bilan biriktirilib vektor konstruksiya yaratiladi.
s. Vektor konstruksiya transformasiya usuli bilan hujayraga kiritiladi va transgen hujayra olinadi.
Transpozonlarning kashf etilishi genetik muxandislikning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi.
Ko’chib yuruvchi genetik elementlar-transpozonlarni o’simlik organizmida AqSH olimasi
Barbara Mak Klintok, mikroorganizmlarda AqSH olimi Axmad Buxoriy va xasharotlarda Rossiya
olimi Georgiy Georgiev kashf etgan.
Ko’chib yuruvchi genetik elementlar ayni vaqtda transpozision elementlar yoki
transpozonlar deb ham ataladi. Transpozonlar xilma-xil strukturaga ega bo’lsalar-da, barcha
transpozon molekulalarining ikki chetida maxsus nukleotidlar izchilligi, markaziy qismda esa
DNK molekulasining belgilangan joyida "yopishqoq" uchlar hosil qilib notekis kesuvchi
transpozaza fermentini sintez qiluvchi gen mavjuddir.
Transpozaza fermenti hujayradagi DNK molekulasini " yopishqoq" uchlar hosil qilib kesadi
va ayni paytda transpozon uchlariga qovushtiradi. Hosil bo’lgan xromosoma DNKsi va
transpozon DNKsidan iborat qovushma hujayra DNK bo’laklarini bog’lovchi ferment ligaza
ta’sirida o’zaro bog’lanadi. Transpozonlarning hujayra DNKsiga integrasiyasi quyidagicha