O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI TOSHKENT ARXITEKTURA-QURILISH VAZIRLIGI INSTITUTI BINO VA INSHOOTLAR QURILISH FAKULTETI Mavzu: Generatorlar va ularning turlari
Bajardi: Hasanov Asliddin
Gurux: 21.21
Qabul qildi: Parmonova Anora
Reja
Reja
1. Generatorlar. O‘zgarmas tok generatorlari.
2. Generatorlar haqida umumiy tushunchalar.
3 Generatorlar turlari ularning ishlatilishi.
Generaatorlar haqida umumiy tushuncha.
Generator (lot. generator — ishlab chiqaruvchi) — tashqi energiya manbai hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi yoki energiyani bir turdan ikkinchi turga oʻzgartiruvchi qurilmadir.
Generatorlar radiouzatish, radioqabul qilish va televizion qurilmalarda, oʻlchov texnikasida, turli texnologik jarayonlarda, fan va texnikaning turli sohalarida qoʻllaniladi.
Ular yordamida koʻplab elektrotexnika va radioelektronika qurilmalari yaratilgan hamda yangi "generatormashina" tizimlari ishlab chiqarilgan.
Birinchi elektromagnit generator Faraday disk 1831 yilda ingliz olimi Maykl Faraday tomonidan ixtiro qilingan.Hozirgi kunda deyarli barcha elektr tarmoqlarida quvvatni Generatorlar ta'minlab beradi.
Elektr generatorlari
oʻzgarmas tok, generatorlari
oʻzgaruvchan tok genertorlari
Generator tushunchasi oʻzgaruvchan va oʻzgarmas tok elektr mashinalariga ham, elektr tebranishlarini hosil qiluvchi asboblarga ham bir xil qoʻllaniladi.
Birinchi holda, mexanik energiya elektr energiyasiga aylantiriladi.
Ikkinchi holda manbaning elektr energiyasi maʼlum chastotali, kerakli shakl va quvvatli tebranishlar energiyasiga aylantiriladi.
Oʻzgarmas tok mashinasi — mexanik energiyani oʻzgarmas tok elektr energiyasiga (generator) yoki oʻzgarmas tok elektr energiyasini mexanik energiyaga (dvigatel) aylantirib beradigan elektr mashina. Ham generator, ham dvigatel sifatida ishlashi mumkin. Generatorning ishi elektromagnit induksiya hodisasiga, dvigatelning ishi tokli oʻtkazgichning magnit maydoni bilan oʻzaro taʼsirlashishiga asoslangan; unda elektromagnit aylantiruvchi moment vujudga keladi. Oʻzgarmas tok mashinasim.ning aktiv qismlariga magnitli oʻzak, stator va rotor (yakor) chulgʻamlari hamda kollektor kiradi.
Sinxron generator— generator rejimida ishlaydigan oʻzgaruvchan tok elektr mashinasi; sinxron mashina. Odatda, sinxron mashina 3 fazali (generator, dvigatel, kompensator) boʻladi. Sanoatda chastotali tok hosil qilish uchun rotorlari bugʻ turbinalari (turbogeneratorlar) yoki suv turbinalari (gidrogeneratorlar) bilan harakatlantiriladigan Sinxron generatorlar keng ishlatiladi.
Asinxron generator — Generator rejimida ishlaydigan asinxron mashina; mexanikenergiyani elektr energiyasiga aylantirib beradi. Asinxron generator xarakatlantiruvchi dvigatel yordamida magnit maydon yoʻnalishida katta tezlik bilan aylantiriladi. Bu vaqtda Asinxron generator rotorinint sirpanishi manfiy boʻlib qoladi, mashina valida tormozlovchi moment vujudga keladi va energiyasini tarmoqqa berib, generator sifatida ishlaydi. Asinxron generatordan kichik quvvatli yordamchi elektr tok manbai va tormozlash qurilmasi sifatida foydalaniladi.
Hozirgi elektr stansiyalarida elektr energiyasi hosil qilish uchun uch fazali o’zgaruvchan tok sinxron generatorlari ishlatiladi. Turbogeneratorlar (birlamchi dvigateli – bug’ yoki gaz turbinasi) va gidrogeneratorlar (birlamchi dvigateli - gidroturbina) bo’ladi.
Hozirgi elektr stansiyalarida elektr energiyasi hosil qilish uchun uch fazali o’zgaruvchan tok sinxron generatorlari ishlatiladi. Turbogeneratorlar (birlamchi dvigateli – bug’ yoki gaz turbinasi) va gidrogeneratorlar (birlamchi dvigateli - gidroturbina) bo’ladi.
Bug’ va gaz turbinalari aylanish chastotasi katta (3000 va 1500 ayl/dak) qilib chiqariladi, chunki shunda turbogeneratorlar eng yuqori texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarga ega bo’ladi. Odatdagi, yoqilg’ida ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalarida (IEM larda) agregatlarning aylanish chastotasi, odatda, 3000 ayl/dak ni tashkil etadi, sinxron turbogeneratorlarda esa ikkita qutb bo’ladi. AES da aylanish chastotasi 1500 va 3000 ayl/dak bo’lgan agregatlar ishlatiladi.
Turbogeneratorlar — tezyurarligi sababli uning konstruksiyasining o’ziga xos tomonlari bo’ladi. Bu generatorlar vali gorizontal joylashadigan qilib tayyorlanadi. Turbogeneratorning katta mexanik va issiqlik yuklamalarida ishlovchi rotori magnit hamda mexanik xossalari yuqori bo’lgan maxsus (xrom-nikelli yoki xrom–nikelmolibdenli) po’latdan tayyorlangan yaxlit pokovkadan yasaladi.