Oqsillar biosintezi - translyatsiya.
Translyatsiya –mRNK dagi irsiy matnni oqsil polipeptid zanjiriga – muntazam aminokislotalar ketmaketligida o`tkazish. Translyatsiya mahsuloti maxsus oqsil bo`lganligi uchun translyatsiya jarayonni teng ma’noda oqsil biosintezi deb atasa ham bo`ladi. Translyatsiya jarayonini hujayraning turli qismlarida boradigan ikki
bosqichga bo`lish mumkin: rekognitsiya, ya’ni aminokislotalarning faollanishi va oqsil biosintezining o`zi. Rekognitsiya gialoplazmada, oqsil biosintezi esa ribosomalarda amalga oshadi.
Aminokislotalar faollanish jarayoni mohiyati bo`yicha aminokislotalarni o`z tRNK siga birikishidan iborat. tRNK strukturasi ―tarjimonlik‖ sifatiga ega, ya’ni bitta molekulada ―nukleotidli matnni o`qish‖ (tRNK antikodoni mRNK kodoni bilan mos kelishi kerak) va o`zi aminokislotasini tashish (aktseptorlik oxirida) qobiliyatlari mujassamlashgan. Ammo tRNK to`g`ridan-to`g`ri o`zi aminokislotasi bilan birika olmaydi. Bu vazifani bajarishda hujayra shirasida tRNK o`z aminokislotasini ―tanishini‖ ta’minlaydigan, maxsus ―tarjimon‖ sifatidagi fermentlar mavjud. Bu fermentlarga aminoatsil-tRNK-sintetazalar (qisqacha ARS azalar) deb ataladi..
Dostları ilə paylaş: |