Ribosomalarda oqsil sintezining mexanizmi. Ribosomalardagi oqsil sintezi yoki translyatsiya uch bosqichga bo`linadi: initsiatsiya (boshlanish), elongatsiya (polipeptid zanjirining uzayishi) va terminatsiya (tugashi).
Initsiatsiya. Initsiatsiya juda murakkab va muhim bosqichni boshlab beruvchi reaktsiya. Bu bosqichda oqsil sintezi uchun lozim bo`lgan apparat ayrim komponentlardan yig`ilib, ish boshlashga tayyorlanadi. Translyatsiyaning boshlanishi sekinlik bilan boradigan jarayon. Ribosomalar translyatsiya jarayonining markazi bo`lganligi uchun mRNK bilan bog`lanishi kerak.
Elongatsiya. Polipeptid sintezi har doim N-oxiridan boshlanadi va C-oxiri bilan tugaydi. Polipeptid zanzirining bitta aminokislotaga uzayishi uch qadamda amalga oshadi:
1) aminoatsil-tRNK ning bog`lanishi;
2) transpeptidatsiya (peptid bog`ining hosil bo`lishi);
3) translokatsiya (mRNK ning bitta tripletga siljishi)
Terminatsiya. Translyatsiyaning oxirgi bosqichi terminatsiya deb ataladi. Oqsil sintezida polinukleotid zanjiri maxsus terminatsiyalovchi kodonlari UAA, UAG, UGA tripletlaridan biriga tog`ri kelganda uziladi. Bu tripletlar ma’nosiz tripletlar deb ataladi, chunki ularning birortasi aminokislotani kodlamaydi; ularga amber(qahrabo), achre(oxra) va opal(opal) nomlari berilgan.
Polipeptid zanjirining C- oxiriga so`nggi aminokislota birikkanidan keyin ham sintez qilingan oqsil ribosoma bilan bog`langan holda qoladi. Ribosoma terminatsiyalovchi kodonga yetishishi bilan uchta terminatsiyalovchi oqsil faktorlari R1, R2 va S (rilizing faktorlar) ishga tushadi.
Oshqozon osti bеzining endokrin qismida 4 xil hujayra borligi aniqlangan. A- tipdagi hujayralar – glyukogon; B – tipdagi – insulin; D – tipdagi – samotastatin; PP tip F hujayra – pankreatik polipeptid ishlab chiqariladi. Insulin. B – hujayralari sekretsiyasi bo`lgan birlamchi preproinsulin proteazalar ta`sirida proinsulinga o`tadi. Proinsulin molekulasidagi 84 ta aminokislota qoldig`idan C – peptid deb nomlangan 33 ta aminokislotali fragment ajralib chiqqach proinsulin 51 ta aminokislota qoldiqli faol insulinga aylanadi. Insulin molekulasi ikkita polipeptid zanjiridan iborat bo`lib, birinchisi - qisqa A – zanjiri 21ta aminokislota qoldig`idan, ikkinchisi – uzun B - zanjiri 30 aminokislota qoldig`idan tashkil topgan. Zanjirlar o`zaro S-S disulfid bog`lari bilan bog`langan. Glyukoza, Ca2+ ionlari, leytsin, arginin, somatotropin insulin sеkrеtsiyasini oshiradi, somatostatin esa kamaytiradi.
Dostları ilə paylaş: |