Gеnetik va sitologik xaritalar. Оdam kariotipi va xromosoma guruhlari



Yüklə 27,04 Kb.
səhifə3/5
tarix24.11.2022
ölçüsü27,04 Kb.
#70314
1   2   3   4   5
Gånetik va sitologik xaritalar. Îdam kariotipi va xromosoma guru

Krossingoverning sitologik isboti. Gomologik xromosomalarning krossingoverlanish (chalkashish) hodisasi dastavval bundan oldingi mavzuda ko‘rganimizdek, genetik tahlil metodini qo‘llab rekombinant o‘simliklar sonini aniqlash orqali kashf etilgan edi. Sitogenetik tadqiqotlarning keyingi rivojlanishi natijasida krossingoverning sitologik isboti ham topildi. Ayniqsa K.SHternning drozofilada, G.Kreyton va B.Mak-Klintok-larning makkajo‘xorida amalga oshirgan tadqiqotlari natijasi katta aha-miyatga ega bo‘ldi. Buning uchun ular genetik tahlil qilinadigan birikkan genlar joylashgan gomologik xromosomalarini sitologik markyorladilar. SHunday liniyalarda genetik va sitologik tahlilni birgalikda (parallel) olib borishdi.
Makkajo‘xorida o‘tkazilgan tadqiqotlar ustida to‘xtalamiz. Dastavval makkajo‘xorining gomologik xromosomalari sitologik markyorlangan liniyasini maxsus sitologik metodlar yordamida yaratildi. Bu liniyaning IX juft gomologik xromosomasining bittasi morfologik normal, ikkinchisi markyorlangan bo‘lib, uning bir uchi yo‘g‘onlashib kichik sharsimon holatda, ikkinchi uchi esa normal xromosomanikiga qaraganda uzun bo‘lgan. IX juft gomologik xromosomani mikroskopda sitologik ko‘rish va aniqlash mumkin bo‘lgan. Har ikkala gomologik xromosoma genetik markyor qilingan edi. Normal xromosomada don endospermining rangsiz-oq bo‘lishini belgilovchi retsessiv s geni hamda endospermning kraxmalli bo‘lishini ta’min etuvchi dominant wx+ geni joylashgan. Sitologik markyorlangan xromosomada esa endospermning sariq rangda bo‘lishini belgilovchi dominant s+ geni, hamda don endospermining mumsimon bo‘lishini belgilovchi retsessiv wx geni joylashgan. IX juft gomologik xromosomada joylashgan genlar bo‘yicha genotipi digeterozigota s+ wx|| c wx+ bo‘lgan makkajo‘xori liniyasi bu ikki gen bo‘yicha retsessiv gomozigotali c wx|| c wx juft gomologik xromosomasi normal bo‘lgan tahlil qiluvchi liniya bilan chatishtirildi. Bu chatishtirishni quyidagicha ko‘rsatish mumkin.

Yüklə 27,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin