Gånetik va sitologik xaritalar. Îdam kariotipi va xromosoma guru
esculentum)
12
12
No‘xat (Pisum sativum)
7
7
Neyrospora (Neurospora crassa)
7
7
Drozofila (Drosophila melanogaster)
4
4
Sichqon (Mus muskulus)
20
20
Hamma gaploid sondagi xromosomalar - birikish guruhlarining tartib raqamlari belgilanadi. Masalan, drozofilada X-xromosoma 1-tartib raqami bilan, ikkita uzun teng elkali xromosomalari 2-va 3-tartibli, eng kichik xromosoma 4-tartib raqamlari bilan belgilangan. Makkajo‘xorida gaploid sondagi 10 ta xromosomasi 1 dan 10 gacha tartiblangan.
Genetik xarita tuzish uchun dastavval har qaysi xromosoma eng kamida bitta gen bilan markerlangan (nishonlangan) bo‘lishi kerak. Genetik xarita tuzish uchun ko‘p sondagi genlarning irsiylanish qonuniyatlarini tadqiq qilish kerak. Masalan, drozofilada 500 ga yaqin gen tadqiq qilinib, ularning to‘rtta xromosomada joylashish tartibi aniqlangan. Makkajo‘xorining 400 ga yaqin genlari tadqiq qilingan va ularning 10 ta xromosomada joylashish tartibi aniqlangan. Xromosomalarning genetik xaritasiga quyidagi ma’lumotlar qo‘yiladi:
har qaysi xromosomaning tartib raqami;
aniqlangan genning to‘liq va yoki qisqartirilgan nomi;
genlarning xromosomada joylashish tartibi;
orasidagi masofa. Bu masofa xromosomadagi birikkan genlarning krossingover foizi-morganidlar bilan o‘lchanadi. Genetik xaritada shu ko‘rsatkich ham yoziladi.
Genning qaysi xromosoma birikish guruhiga tegishli ekanligi aniqlangandan so‘ng keyingi bosqichga – genning birikish guruhidagi o‘rnini (lokusini) aniqlashga kirishiladi. Genning joylashish o‘rnini aniqlash krossingover natijalarini hisobga olish orqali amalga oshiriladi. Xromosomada uchta lokusni nishonlash genlarning xromosomada joylashish tartiblari va ular orasidagi masofani aniqlashga yordam beradi.
Drozofila tanasining sariq rangdaligini belgilaydigan u geni bilan ko‘zning oq rangini ta’min etuvchi w geni orasidagi krossingover ko‘rsatgichi 1,2% ga teng bo‘lgan, w geni bilan qanotning ayrisimon bo‘lishini belgilovchi bi geni orasidagi krossingover 3,5% ni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkichlar hali u genning w geniga nisbatan chap yoki o‘ng tomonda joylashganligini - xuddi shunday w genining bi geniga nisbatan qanday joylashganligini aytish qiyin. Faqat uchinchi juft- u va bi genlari orasi-dagi krossingover foizi (mazkur holatda 4,7%) aniqlangandan so‘ng, w geni albatta u va bi genlari orasida joylashgan bo‘lishi kerak degan xulosaga kelinadi.
u
W
bi
1,2%
3,5%
4,7 %
Binobarin, gen birikish guruhida ma’lum bir joyni egallar ekan, bu har bir xromosomada genlarning tartibli joylashish va xromosomalarning genetik xaritasini tuzish imkonini beradi.
Jins genetikasi va jinsga bog‘liq holdagi irsiylanish.
Birikkan holda irsiylanish va krossingover.
Makkajo‘xori xromosomalarining genetik xaritasi.
Genetik va sitogenetik tahlil orqali yuqoridagi ikki yo‘nalishda olingan natijalarga asoslanib Morgan tomonidan belgilarning birikkan holda irsiylanish qonuni kashf etildi.
Morgan yaratgan irsiyat xromosoma nazariyasining asosiy mohiyati quyidagilardan iborat:
Irsiyat birligi bo‘lgan genlar xromosomada ma’lum tartibda, ketma-ket, bir chiziq bo‘ylab tizilgan holda joylashgan bo‘ladilar.
Bitta xromosomada joylashgan genlar bitta birikish guruhini tashkil etadilar. Genlar birikish guruhlarining soni organizmlar xromosomalarining gaploid holatidagi soniga teng bo‘ladi.
Birikish guruhlardagi genlar birikkan genlar deb nomlanadi. Ular odatda kelgusi avlodlarga birikkan holda irsiylanadilar. Binobarin, birikkan genlar Mendelning uchinchi qonuniga bo‘ysunmagan holda irsiylanadilar. Ularning nasldan-naslga berilishi Morgan tomonidan kashf etilgan belgilarning birikkan holda irsiylanishi haqidagi qonunga mos holda amalga oshadi.
Birikkan genlar ular joylashgan juft gomologik xromosomalarda sodir bo‘ladigan krossingover hodisasi tufayli bir-biridan ajralgan holda mustaqil irsiylanishi mumkin.
Bitta xromosomada joylashgan birikkan genlarning o‘rni- lokuslari orasidagi masofa krossingover foizi bilan o‘lchanadi. Bu birlik morganid deb ataladi.
Bu sohadagi tadqiqot natijalari xromosomaning genetik va sitologik xaritasini yaratish imkoniyatini yaratdi.
Morganning irsiyatning xromosoma nazariyasi asosida irsiylanish qonunlari va irsiyat qonunlari aniqlandi.
Irsiylanish qonunlari irsiylanish jarayoniga oid bo‘lsa, irsiyat qonuniyatlari esa organizm genotipining ya’ni genlarning organizm belgi va xususiyatlari haqidagi genetik axborotni o‘zida kodlash, saqlash xossasini aks etdiradi.
Xulosa: Mendelning irsiylanish qonuniyatlaridan so‘ng Morganning xromosoma nazariyasi genetikada ikkinchi buyuk kashfiyot hisoblanadi. Yirik rus olimi N.K.Kolsovning ta’biri bilan aytganda - “Irsiyat xromosoma nazariyasining yaratilishini biologiya fanining yuksak nazariy yutug‘i deb hisoblash kerak, chunki bu nazariyaning biologiyadagi o‘rni kimyo fanida molekulyar nazariyaning, fizika fanida atom strukturasi nazariyasining egallagan o‘rni kabi sharaflidir”. Bu nazariya ulug‘ amerikalik olim Tomas Morgan tomonidan 1911 yilda yaratildi. Bu nazariyaning yaratilishida Morgan va uning shogirdlari Myoller, Stertevant va Bridjeslar tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasi etakchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Bu tadqiqotlar quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirilgan edi: