Zigota-bu urug’langan tuxum hujayra
M O N O D U R A G A Y C H A T I S H T I R I S H
1.Quyidagi chatishtirishning qaysi birida F1 da genotip jihatdan 1:2:1 nisbat kuzatiladi?
A)AA x aa B)Aa x Aa C)Aa x aa
D)aa x aa E)AA x AA
Yechish:Mendelning qonunlarida qizil gul bilan oq gul o’zaro chatishtirilganda 1-avlodda qizil gulli no’xatlar hosil bo’ladi,ya’ni qizil belgi dominantlik qiladi.
Fenotip:qizil oq
P genotip: -AA x aa
Gameta: A ------- a
F1 Aa qizil gulli no’xat hosil bo’ldi.
Demak:qizil belgi oq belgi ustidan dominantlik qildi.Endi 2-avlodni olamiz.Buning uchun F1 da hosil bo’lgan no’xatlarni o’zaro chatishtiramiz:
Fenotip:qizil qizil
P genotip:Aa x Aa
Gameta: A -------A
a ------ a
qizil qizil qilil oq
F2 AA, Aa, Aa, aa
Demak 2-avlodda 2 xil no’xat hosil bo’ldi:3 ta qizil va 1ta oq
Fenotip jihatdan 3:1 nisbat kuzatiladi.
Genotip esa
AA-1 ta dominant gomozigota organizm
Aa-2 ta dominant geterezigota organizm
aa – 1 ta ressessiv gomozigota organizm hosil bo’ladi
1: 2 :1 nisbat
AA Aa aa
Javob: B Aa x Aa
2.Uzun quloqli (AA)urg’ochi sichqon bilan kalta quloqli(aa)sichqon chatishtirilganda F1da qanday fenotipli chichqonlarni kutish mumkin?
A.Uzunquloq
Yechish: Fen:uzunquloq kaltaquloq
P gen: o AA x o aa
Gam: A a
F1 Aa uzunquloq
Demak,F da uzunquloq chichqonlar tug’iladi Javob: A.Uzunquloq
3.Qora rangli (AA) molni qizil rangli(aa) buqa bilan chatishtirish natijasida F da qanday natija kutish mumkin?
Yechish: Fen:qora qizil
P gen: AA x aa
Gam: A a
F1 Aa qora buzoq
1-avlodda qora rangli buzoq tug’ildi
2-avlodni olish uchun 1-avlodda hosil bo’lgan buzoqlarni o’zaro chatishtiramiz:
Fen: qora qora
P gen: Aa x Aa
Gam: A ----- A
A ----- a
F2 AA, Aa, Aa, aa
Qora,qora,qora,qizil
Demak,2-avlodda 75% qora,25% qizil buzoqlar olinadi Javob:C 75% qora, 25% qizil
Dostları ilə paylaş: |