Genetika so’zi –tugilish,kelib chiqish ma’nosini anglatadi. Bu fan barcha tirik organizmlarga xos bo’lgan 2 XIL xususiyatni o’rgatadi: Irsiyat O’zgaruvchanlik Irsiyat



Yüklə 207,5 Kb.
səhifə1/10
tarix13.05.2023
ölçüsü207,5 Kb.
#112927
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Genetika qo\'llanma










Genetika so’zi –tugilish,kelib chiqish ma’nosini anglatadi.Bu fan barcha tirik organizmlarga xos bo’lgan 2 xil xususiyatni o’rgatadi:
1.Irsiyat 2.O’zgaruvchanlik
Irsiyat--ota-onadagi belgi va xususiyatlarni bolalariga ya’ni avloddan- avlodga berish
O’zgaruvchanlik-ota va onada yo’q belgilarni bolada paydo bo’lishi.
Genetika fanidan masalalar yechishda foydalaniladigan belgilar,ya’ni simvollar quyidagilar:
-ona organizmi,Zuxro-Venera ko’zgusi
-ota organizmi,Mars qalqoni
X-chatishtirish belgisi
P-ota-ona organizmlar oldiga qo’yiladi(lotincha “parentale” –ota-ona so’zining bosh harfi)
F1 -birinchi avlod,ya’ni birinchi bola
F2-ikkinchi avlod
F harfi lotincha “filia” so’zidan olingan bo’lib,farzandlar ma’nosini bildiradi.
Genotip-bir organizmning barcha genlari yig’indisi.Masalan no’xat o’simligining genlarining yig’indisi no’xatning genotipi hosil qiladi.
Fenotip-organizmning belgi-xususiyatlarining yig’indisi.Masalan ,no’xatning doni rangi,bo’yi,shakli,og’irligi,uzunligi.
Dominant-bir belgining ikkinchi belgidan ustun turishi.Masalan,no’xat donining qizil rangi oq rangidan ustun turadi,ya’ni dominantlik qiladi.
Qizil oq
Dominant ressessiv
Retsessiv-1-avlodda yuzaga chiqmaydigan belgi
Dominant belgilar doimo katta harflar bilan yoziladi.
Masalan:AA-dominant gomozigota,chunki bu organizmda 2 ta bir xil gen bor
Aa-dominant geterezigota,bu organizmda har-hil genlar,ya’ni biri dominant va biri retsessiv genlar bor.
Retsessiv belgilar doimo kichik harflarda yoziladi.
Masalan:aa-ressessiv gomoziogota.
Gameta-bu jinsiy hujayra ,ya’ni ota va onaning jinsiy hujayralari

Yüklə 207,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin