Parrandachilik biznesi Mavzu: Parrandalarni oziqlantirish texnologiyalari



Yüklə 15,63 Kb.
səhifə1/5
tarix25.03.2023
ölçüsü15,63 Kb.
#89953
  1   2   3   4   5
Parrandachilik biznesi Mavzu Parrandalarni oziqlantirish texnol-fayllar.org


Parrandachilik biznesi Mavzu: Parrandalarni oziqlantirish texnologiyalari reja

Parrandachilik biznesi

Mavzu: Parrandalarni oziqlantirish texnologiyalari

REJA:


  • 1.Tuxum yo‘nalishidagi tovuqlarni oziqlantirish texnologiyalari

  • 2.Broyler jo‘jalarni oziqlantirish texnologiyalari

Jo‘ja va tovuqlarni me’yoriy ratsionlar asosida muvofiqlashtirilgan oziqalar bilan boqish muhim o‘rin tutadi. Chunki, parranda organizmi oziqa moddalarining etishmovchiligiga juda sezgir bo‘lib, ular organizmida biror oziqa yoki vitaminning etishmovchiligida mo‘ljaldagi mahsuldorlikka erishib bo‘lmaydi. Shuning uchun parrandalarni to‘la qiymatli omixta emlar bilan oziqlantirish maqsadga muvofiqdir. Oziqa tarkibi - makkajo‘xori doni, bug‘doy (yorma holatda), soya shroti, kepak, baliq uni, go‘sht-suyak uni, beda uni, o‘simlik yog‘i, osh tuzi, mineral qo‘shimchalar va boshqalardan iborat bo‘lib, mutaxassis maslahati bilan parrandaning mahsuldorligiga moslab muvofiqlashtirilgan ratsion tuzilishi zarur. Bir kunda jo‘jalar 6-3 marta, tovuqlar 3-2 marta oziqlantiriladi, Jo‘jalarga bir kunda 5-10 g, tovuqlarga - 110-140 grammgacha omixta oziqa beriladi.


  • Respublikamizda parvarishlanayotgan Lomann krosslari bir yilda 300-320 tagacha tuxum beradi. Bunday yuqori mahsuldorlikga erishish uchun tovuqlarni yuqori almashinuv energiyaga ega bo‘lgan boyitilgan omuxta yem bilan boqish tavsiya etiladi. Ozuqadagi energiyaning asosiy manbai bo‘lib donli ozuqalar: makka doni, bug‘doy doni, arpa, suli), o‘simlik yog‘lari, soya shroti, kungaboqar shroti, mosh xizmat qiladi. Omuxta yem tarkibiga qo‘shiladigan WX, VR, R fermentlari uning yengil hazm bo‘lishini taminlaydi.

Parrandalar organizmi ehtiyojlarini to‘liq qondirish uchun ratsion tarkibida quyidagi oziqaviy va biologik faol moddalar bo‘lishi zarur:


  • Parrandalar organizmi ehtiyojlarini to‘liq qondirish uchun ratsion tarkibida quyidagi oziqaviy va biologik faol moddalar bo‘lishi zarur:

  • 1.1. Oqsillar, aminokislotalar;

  • 1.2. Yog‘lar (glitseridlar, yog‘ kislotalari);

  • 1.3.Xom kletchatka (lignin, sellyuloza, pentozalar);

  • 1.4. Azotsiz ekstraktiv moddalar (organik kislotalar, qand, glikogen, kraxmal va boshqalar);

  • 1.5. Biologik faol moddalar (vitaminlar, gormonlar, fermentlar).





Yüklə 15,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin