Kungaboqar shroti yosh parrandalar ratsioniga 5 - 7%, katta yoshdagi tovuqlar ratsioniga 15 - 17% gacha qo‘shilishi mumkin.Tarkibida 30-31% protein saqlaydi.
Soya shroti tarkibida 42-46% gacha protein bo‘lib, boshqa shrotlarga nisbatan to‘yimligining yuqoriligi va tarkibida lizin, arginin aminokislotalarining ko‘pligi bilan ajralib turadi.
Baliq uni tarkibida 52 foizgacha protein va shuningdek, lizin, metionin, A, B2, B3, B12 vitaminlari, xolin, kalsiy, fosfor, yod kabi moddalar bo‘lib, uzoq muddat saqlanganda oksidlanishi natijasida buzilishi va oziqaviy qimmati pasayishi mumkin. Baliq unidan parrandalar ratsioniga 3 - 7% gacha qo‘shish tavsiya etiladi.

Yog‘i olingan quritilgan sut - tarkibida 2 - 3% oqsil, 0,5 -1,5% yog‘lar, 7 - 8% kul moddasi bo‘ladi. Ratsionga 2 - 3% gacha qo‘shiladi.
Vitaminli o‘t uni - tovuqlar ratsioniga qo‘shilishi shart bo‘lgan komponentlardan biri hisoblanadi. Soyada quritilgan o‘t unlari tarkibidagi karotindan parrandalarning ichaklarida retinol sintezlanadi. O‘t unlaridan yosh jo‘jalarning ratsioniga 3 - 5%, katta yoshdagi tovuqlar uchun 5 - 10% hisobida qo‘shilishi shartdir.
Broyler jo‘jalarni oziqlantirish
Broyler jo‘jalar boshqa parrandalarga qaraganda o‘sish sur’atining tezligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun ularni hayotining birinchi kunidanoq tuliq ratsionli boyitilgan omuxta yem bilan boqish muxim axamiyatga ega. Jo‘jalar uzlarining yoshiga karab, tarkibida me’yorga asosan oziq, moddalar, vitaminlar, makroelementlar, mikroelementlar, aminokislotalar, fermentlar va boshqa biologik faol qo‘shimchalar bilan boyitilgan granulalangan yuqori sifatli omuxta yem bilan oziqlantiriladi. Broyler jo‘jalarini oziqlantirish 3 davrga bo‘linadi: