Fosfor - parrandalar organizmida moddalar va energiya almashinuvi jarayonlarining me’yorida kechishida asosiy ahamiyatga ega. Organizmda uning 80 foyizi suyaklarda, 20 foyizi esa to‘qimalar va biologik suyuqliklar tarkibida bo‘ladi. Fosfor donlar, kunjara, kepak va hayvonot olamidan olingan oziqalar tarkibida yetarlicha darajada bo‘ladi. Mikroelementlar - (marganes, rux, mis, temir, kobalt, yod) parrandalar organizmida moddalar va energiya almashinuvida katta ahamiyatga ega bo‘lib, ratsionga ularning tuzlari qo‘shiladi. Mikroelementlarning yetishmasligi oqibatida yosh jo‘jalar yomon o‘sadi, suyaklar qiyshayib qoladi, oqsash kuzatiladi. Ona tovuqlarda par va patlar sinuvchan, dag‘al bo‘lib qoladi, tushib ketadi, tuxumning sifati va miqdori kamayadi.

Makka doni - parrandalar uchun to‘yimli oziqa hisoblanib, tarkibida 4 - 6% yog‘lar, 8 - 10% protein, aminokislotalar, sariq makka donida 10 - 20 mkgG‘kg karotin bo‘ladi. Shuning uchun ratsionning 30 - 40 foizini makka doni tashkil etishi lozim.

Bug‘doy doni - kalloriyasi bo‘yicha makka donidan yuqori va ko‘p miqdorda (12-13,7%) protein saqlaydi. Parrandalarning yoshi va fiziologik holatini hisobga olgan holda omixta yemlarga 15 - 35% gacha qo‘shilishi mumkin.