Genetikaning rivojlanish tarixi



Yüklə 9,68 Kb.
səhifə1/3
tarix07.01.2024
ölçüsü9,68 Kb.
#208801
  1   2   3
Genitikaning rivojlanish tarixi

GENETIKANING RIVOJLANISH TARIXI

Mundarija

  • 1. Genetika faninig mazmuni va rivojlanish tarixi.
  • 2. Genetikaning shoxobchalari.
  • 3. Genetika fanini o’rganishning asosiy usullari.
  • 4. Tabiiy fanlar tizimida genetikaning o’rni hamda nazariy
  • va amaliy ahamiyati.
  • 5. Xulosa
  • 6. Foydalanilgan adabiyotlar.

Genetika fani yunoncha “genetikos” so’zidan olingan bo’lib, tug’ilish’ kelib chiqish degan ma’noni ifodalaydi. Genetika tirik organizmlarning irsiyati va o’zgaruvchanligi to’g’risidagi fan bo’lib, biologiyaning alohida shohobchasi sanaladi. Irsiyat barcha hayotiy hodisalarning asosini tashkil etib, tirik organizmlarning o’xshash belgi- xossalarini avloddan-avlodga o’tishi va rivojlanishini ma’lum tashqi muhit sharoitida ta’minlab beruvchi xossadir. O’zgaruvchanlik esa tirik organizmlarning ota –ona belgilaridan farq qiluvchi yangi belgilarni namoyon qilish xossasidir.
Irsiyat va o’zgaruvchanlik ikki qarama-qarshi jarayon bo’lishiga qaramay bir vaqtda namoyon bo’ladi. Irsiyat va o’zgaruvchanliksiz yer yuzida hayotning evolutsiyasini tasavvur etish qiyin. Irsiyat o’simlik va hayvonlarning har bir turini o’ziga xos belgi va xossalarni bir qancha avlodda turg’un saqlanib qolishini ta’minlaydi. Irsiyat tufayli turga tegishli organizmlar o’zgaruvchan tashqi muhit sharoitlariga moslashib yashab qoladi.
Genetika fanining rivojlanish bosqichlari.
Irsiyat va o’zgaruvchanlik haqidagi fanning rivojlanishiga Ch. Darvin-
ning turlarning kelib chiqishi haqidagi ta’limoti katta hissa qo’shdi.
Genetikaning fan sifatida vujudga kelishiga somatik va jinsiy hujayralarning xususiyatlarini o’rganishdagi yutuqlar yordam berdi.
Genetikani mustaqil fan sifatida rasmiy tan olinishida 1990-yil gollandiyalik Gugo de Friz, germaniyalik Karl Korrens va avstraliyalik Erix Chermaklarning duragaylash bo’yicha olib borgan ishlari katta ahamiyatga ega bo’ldi. Bu botanik olimlar bir-biridan bexabar holda turli obyektlar ustida tadqiqot o’tkazib, ota-ona irsiy belgilarining nasldan-naslga berilishi va kelgusi avlodlarda ajralishi haqidagi maqolalarini e’lon qildilar. Ammo bu olimlar chex ruhoniysi Gregor Mendel ochgan irsiyat qonunlarini qaytadan kashf etdilar xolos. Chunki, Mendelning irsiyat haqidagi qonunlari 1685-yilda nashr ettirilgan “O’simlik duragaylari ustidagi tajribalar” asarida bayon etilgan. Shuning uchun Gregor Mendel o’rinli ravishda genetikaning asoschisi hisoblanadi.
Genetikaning fan sifatida rivojlanishi uch bosqichdan iborat. Birinchi bosqichida irsiyat va o’zgaruvchanlik haqidagiu fanga 1906-yilda gollandiyalik olim V. Betson genetika deb nom berdi.
Genetikaning keyingi taraqqiyotida gollandiyalik olim Gyugo de Friz taklif etgan mutatsiya nazariyasi , daniyalik genetik olim V.Iogannsen tomonidan genetika faniga gen, genotip, fenotip kabi tushunchalar kiritildi.
Ikkinchi bosqichi irsiyatning moddiy asosini o’rganish bilan bog’liq. Bu vaqtda irsiyat hodisalarini o’rganishda sitologik metod qo’llana boshlandi, shuning uchun sitogenetik yo’nalish tarkib topdi.
1910-yilda amerikalik genetik olim Tomas Morgan tomonidan drozofila meva pashshasida olib borilgan tadqiqotlar xromosoma nazariyasini asoslashda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ldi. Bu nazariyaga ko’ra, genlar xromosomada chiziqli tartibda joylashgan. Hujayradagi genlarning birikish guruhi gomologik xromosomalarning gaploid to’plamiga teng ekanligi, bir guruhda birikkan genlar ikkinchi guruhdan mustaqil ravishda nasldan naslga berilishi aniqlandi.
  • Genetika fani rivojlanishining uchinchi bosqichi genetik tadqiqotlarga kimyo, fizika, matematika va kibernetika fanlari metodlarini tadbiq etish bilan tavsiflanadi. Xususan elektron mikroskopiya rentgenostrukturaviy analiz, sentrifuga, radioaktiv izotoplardan foydalanish orqali mikroorganizmlarda zamburug’lar, bakteriyalar va viruslarning tuzilishi , ayrim organoidlar funksiyasi, oqsil, ferment, vitaminlarning strukturaviy tuzilishi, funksiyasi o’rganila boshlandi.
  • Bu sohada bir qancha olimlar ish olib borishgan. Jumladan: D.U.Bidl, E.Tatum, O.T.Eyveri, Dj. Uotson va F. Kriklar misol bo’ladi.


Yüklə 9,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin