Genetikaning tibbiyot bilan aloqasi nihoyatda dolzarb sanaladi. Odamlarda olib borilgan genetik tadqiqotlar tufayli 5000 ga yaqin irsiy kasalliklar aniqlandi
Genetikaning tibbiyot bilan aloqasi nihoyatda dolzarb sanaladi. Odamlarda olib borilgan genetik tadqiqotlar tufayli 5000 ga yaqin irsiy kasalliklar aniqlandi. Genetikaning ekologiya fani bilan bog’liqligi nihoyatda xilma-xil. Avvalo atrof muhitning ifloslanishi o’simliklar, hayvonlar, odamlar irsiyatiga zararli ta’sir etishi va shunday ta’sirlar natijasida paydo bo’ladigan irsiy kasalliklarning oldini olish uchun ekologik tadbirlar belgilanmoqda.
Xulosa Genetikaning asosiy vazifalariga genning o’zgarishi, gen kelib chiqishi,genlarning ta’sir mehanizmlari, ularning nazoratidagi jarayonlar butun organizmda murakkab belgi va xususiyatlarning boshqarilishini o’rganish kiradi. Hozirgi zamon genetikasining vazifasi nazariy muammolar bilan birga muhim amaliy vazifalarni hal etishdir. Genetika hayvonlar, o’simliklar, mikroorganizmlarning irsiyatini tushuntirish va ularni inson manfaatlariga mos ravishda o’zgartirish metodlari va yo’llariniu ishlab chiqishga mas’uldir.