102 m u s t a q i l o ‘QISH u c h u n i n s o n v a t a b i a t Hozirgi vaqtda Yer yuzida 7 m lrd 800 m ln atrofida odam yashaydi
(2020-y). Lekin ular butun Yer yuzida bir xilda taqsimlanmagan. Dunyo
aholisining yarm idan k o ‘pi Osiyo q it’asida joylashgan. Jonajon Vata-
nim iz O ‘zbekistonda esa 34 m ln dan ortiq odam yashaydi (2020-y).
A holining soni o ‘zgarib turadi. Aholi sonining k o ‘payishi har yili
qancha bola tu g ‘ilib, qancha odam o ‘lishiga b o g ‘liq. Yer yuzida odam
paydo b o ‘lganiga 2 m ln yil b o ‘lgan deb taxm in qilishadi. Lekin ilgari
odamlar soni ju d a sekin k o ‘paygan. Ilgarilari odamlar turli kasalliklar,
urushlar, tabiiy ofatlar natijasida k o ‘plab qirilib turgan. Lekin X IX va
XX asrlarda tibbiyot fanining rivojlanishi bilan Yer yuzida aholi soni
ju d a tez k o ‘paydi.
Aholi Yer yuzida bir tekisda joylashm agan. Odamlar tabiiy sharoiti
inson yashashi, x o ‘ja lik yuritishi uchun qulay iqlim li tekisliklarda,
dengiz b o ‘ylarida, vodiylarda o ‘rnashib qolgan. Hozirgi vaqtda Xitoy,
Hindiston, Amerika Q o‘shma Shtatlari, Indoneziya va Braziliya aholisi
eng k o ‘p mamlakatlardir.
Inson o ‘zig a k e ra k li ham m a n arsan i tab iatd a n oladi. Ish latib
b o ‘lgan, keraksiz chiqindilarni esa tabiatga chiqarib tashlaydi. Qadim
zam onda Yer yuzida odamlar kam, insonning tabiatga ta ’siri kuchsiz
b o ‘lgan vaqtda uning tabiatga yetkazadigan zarari deyarli sezilm as
edi. Ilm-fan, texnika rivojlangani sari insonning tabiatga ta ’siri ju d a
kuchayib ketdi. Yer yuzida o ‘rm onlar kam aydi, c h o ‘llar k o ‘paydi,
havoga k o ‘p m iqdorda tutun, turli zararli m oddalar chiqariladigan,
suvga ham chiqindilar tashlanadigan b o ‘ldi. Yer p o ‘sti kavlanib, turli
foydali qazilm alar olinmoqda.
In so n n in g t a ’siri a tm o sferad a 1 8 -2 0 km b ala n d lik k a ch a , Yer
yuzidagi, tuproq, o ‘simlik va hayvonlarga, Yer p o ‘stida 3 -4 km chu-
qurlikkacha, ayniqsa, kuchli b o ‘ladi. Biosferaning odam yashaydigan va
tabiatga ju d a katta ta ’sir k o ‘rsatadigan shu qismi
noosfera deb ataladi.
N oos - yunoncha aql degani. N oosfera aqllilar qobig‘i, y a ’ni odam
yashaydigan qobiq degani.
edurtm_uz
Inson tabiatdan olib, foydalanadigan, odamlarning yashashi uchun
zarur b o ‘lgan barcha narsalar