Geodeziya fani to‘g‘risida umumiy tushunchalarni bering?


Geodeziyada qo‘llanadigan koordinata tizimlari to‘g‘risida tushunchalarni bering?



Yüklə 44,67 Kb.
səhifə3/7
tarix14.04.2023
ölçüsü44,67 Kb.
#98101
1   2   3   4   5   6   7
Injenerlik geodeziyasi javob (1)

Geodeziyada qo‘llanadigan koordinata tizimlari to‘g‘risida tushunchalarni bering?
Geografik koordinata sistemasida er yuzidagi nuqtaning o‘rni uning geografik kengligi va uzoqligi bilan aniqlanadi.
Er yuzidagi nuqtaning geografik koordinatalari aniqlash usuliga qarab astronomik va geodezik koordinatalarga bo‘linadi.
Geodezik koordinatalar: Geodezik koordinata sistemasida biron nuqtaning o‘rnini aniqlashda asosiy koordinata yuzasi qilib referens-ellipsoid yuzasi, asosiy koordinata chiziqlari sifatida esa geodezik meridian va parallellar qabul qilinadi. Er yuzidagi biron nuqtaning o‘rnini aniqlashda shu nuqtadan o‘tkazilgan meridian va parallelning kesishgan nuqtasidan foydalaniladi. Biron nuqtadan o‘tkazilgan meridian shu nuqtaning geodezik uzunligi, paralllel esa kenglikni bildiradi.
Er ellipsoidining kichik o‘qi orqali bo‘ylamasiga o‘tkazilgan kesma - meridian tekislik, bu tekislikning ellipsoid yuzasi bilan kesishishidan hosil bo‘lgan chiziq esa geodezik meridian deyiladi. Er ellipsoidining biror nuqtasidan uning o‘qiga ^ o‘tkazilgan kesma parallel tekislik, bu tekislikning ellipsoid yuzasi bilan kesishishdan hosil bo‘lgan chiziq parallel deb ataladi.
Er ellipsoidi markazidan o‘tkazilgan parallel kesma ekvator tekisligi.
M nuqtaning geodezik kengligiV va ekvatordan qutblari tomon 0° dan 90° gacha hisoblanadi, nuqta ekvatordan shimolda bo‘lsa, uning geodezik kengligi shimoliy kenglik (+) , janubda bo‘lsa janubiy kenglik (-) deb ataladi. Geodezik uzunlik L bilan belgilangan, geodezik meridian bilan bosh meridian orasidagi burchak geodezik uzunlik bosh meridiandan boshlab g‘arbga (+) va sharqqa (-) tomon 0° dan 180° gacha o‘lchanadi.
Astronomik koordinatalar. Er yuzidagi nuqtalarning astronomik koordinatalarini aniqlashda asosiy yuza qilib geoid, koordinata chiziqlari qilib esa astronomik meridian va parallellar qabul qilinadi. Berilgan nuqtaning astronomik meridiani deganda, erning aylanish o‘qiga parallel qilib o‘tkazilgan tekislikning mazkur nuqtadan tushirilgan shovun chizig‘i yo‘nalishida er yuzasi bilan kesishishdan hosil bo‘lgan chiziq tushuniladi.
Er yuzidagi biror nuqtaning astronomik meridiani bilan boshlangich deb qabul qilingan Grinvich meridiani tekisliklari orasida hosil bo‘lgan burchak shu nuqtaning astronomik uzunligi deyilib l bilan belgilanadi. Er yuzidagi biror nuqtadan tushirilgan shovun chizig‘i bilan ekvator tekisligi orasida hosil bo‘lgan burchak shu nuqtaning astronomik kengligi bo‘lib j bilan belgilanadi.
Geodezik va astronomik koordinatalar sistemalari bitta umumiy nom bilan geografik koordinata deb yuritiladi. Bunda nuqta koordinatasi astronomik usulda aniqlangan deb faraz qilinadi. Geografik koordinatani afzalligi er yuzidagi barcha nuqtalarning o‘rni yagona sistemada aniqlanishidadir.

Yüklə 44,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin