Geodeziya fani to‘g‘risida umumiy tushunchalarni bering? Geodeziya - Erning shakli va kattaligini o‘rganishda, er yuzidagi nuqtalarning bir-biriga nisbatan o‘rnini aniqlashda, er yuzining karta, plan va profillarini tuzishda, hamda injenerlik inshootlarini barpo etishda bajariladigan o‘lchashlar nazariyasi va praktikasi haqidagi fandir.
"Geodeziya" - grekcha so‘z bo‘lib, "geo" - er, "deziya" - bo‘lish demakdir.
Geodeziyaning asosiy vazifasi:
Erning shakli va kattaligini, hamda gravitatsion maydonini aniqlash.
Geodeziyaning ilmiy vazifasi:
1. Er yuzasining gorizontal va vertikal harakati, qit’alar siljishi, okean, dengiz suv satxining bir-biridan farqi, "Er qutbini" o‘zgarishini aniqlash.
2. Quyosh sistemasidagi planetalarning karta va planlarini tuzish.
3. Quyosh sistemasidagi planetalarni shakli va kattaligini aniqlash.
4. Er va quyosh sistemasini boshqa sistemalarda nuqtalarni yagona koordinatalarini aniqlash.
5. Tabiiy resurslarni o‘zlashtirishda geodezik ishlarni bajarish.
Mamlakat mudofaa qobiliyatini oshirishda geodezik ishlarni bajarish.
Geodezik ishlarda - asosan geodezik o‘lchashlar ishlatiladi. Bunda xilma xil geodezik asboblar ishlatiladi.
Umuman, o‘lchash ishlarini tashkil qilish, o‘lchashlarda ishlatiladigan asboblarni o‘rganish va ular bilan ishlash geodeziyaning vazifasiga kiradi.
Geodeziyani boshqa fanlar bilan bog‘liqligi. Erning sun’iy yo‘ldoshlari-ni geodezik maqsadlarda kuzatishda, geodezik tayanch shaxobchalarni barpo etishda, er yuzidagi nuqtalarning geografik koordinatalarini aniqlashda astronomiya faniga tayanadi. Erning shaklini o‘rganishda va kattaligini aniqlashda geodeziya gravimetriya, geologiya, geofizika va boshqa fanlar ma’lumotidan foydalaniladi. Territoriyalarni topografik kartalarda to‘g‘ri tasvirlash uchun geografiya, geomorfologiya fanlaridan foydalaniladi. Geodezik o‘lchash ishlarida va ularni grafik jixatdan rasmiylashtirishda matematikaga tayanadi.