Geodeziya fani to‘g‘risida umumiy tushunchalarni bering?


Geodeziyani tarmoqlarga bo‘linishi



Yüklə 44,67 Kb.
səhifə2/7
tarix14.04.2023
ölçüsü44,67 Kb.
#98101
1   2   3   4   5   6   7
Injenerlik geodeziyasi javob (1)

Geodeziyani tarmoqlarga bo‘linishi.
Geodeziya quyidagi tarmoqlarga bo‘linadi:
1) Oliy geodeziya - Erni shakli va kattaligi, gravitatsion maydonini, er yuzasidagi nuqtalarni yagona koordinata sistemasida aniqlash bilan shug‘ullanadigan fan. Erni shakli va kattaligini aniqlash, geodezik tayanch shaxobchalarini barpo qilish oliy geodeziya vazifasidir.
2)Kosmik geodeziya - erni shaklini aniqlash, materiklardan dunyo okeanidagi orollarga nuqta koordinatalarini uzatish, er yuzasida o‘tkazilgan asosiy geodezik ishlarni yagona sistemasiga birlashtirish, materiklardagi geodezik tayanch shaxobchalarini tekshirish bilan shug‘ullanadigan fandir.
3) Selenogeodeziya - oyni shakl va kattaligini, oy yuzasini kartada tuzishni o‘rganadi.
4) Planegeodeziya - quyosh sistemasidagi planetalarni shakl va kattaligini xamda ularni yuzasining kartasini tuzish bilan shug‘ullanadigan fandir.
5) Radiogeodeziya - radiolakatsiya metodi; er yuzasidagi nuqtalarni koordinatalarini aniqlash, radiogeodezik asboblar yordamida masofalarni o‘lchashni o‘rgatadi (svetodalnomer, radiodalnomer).
6) Topografiya - geodeziyani topografik plan olish nazariyasi va praktikasi bilan shug‘ullanadigan tarmog‘idir. Topografik karta va planlar tuzishda aviatsiya va fotografiyani keng ishlatilishi tufayli fotografiya va aerofototopografiya soxalari vujudga keldi.
7) Fototopografiya - joyni erda turib olingan suratlariga asoslanib topografik karta va planlar tuzish ishi bilan shug‘ullanadigan tarmog‘idir. Aerofototopografiya esa joyni samolyotda o‘rnatilgan maxsus asboblar yordamida olingan suratlariga asoslanib karta va plan tuzish ishi bilan shug‘ullanadi.
8) Kartografiya - er yuzasini geografik kartalarini tuzish, o‘rganish, foydalanish metodlarini o‘rganadigan fan.
9) Amaliy geodeziya - xalq xo‘jaligini turli tarmoqlarida geodezik ishlarni bajarish bilan shug‘ullanadi. Amaliy geodeziya o‘z navbatida injenerlik geodeziya va qurilish geodeziya tarmoqlariga bo‘linadi.
10)Injenerlik geodeziyasi - turli injenerlik qidiruv ishlarida, injenerlik inshootlarini loyixalash va qurishda, ulardan foydalanishda geodezik ishlarni tashkil qilish va bajarish bilan shug‘ullanadi.
11) Marksheyderiya - geodeziyani shaxta, tonnel, metro va boshqa er osti inshootlarini qurishda er bag‘rida o‘lchash ishlarini bajarish bilan shug‘ullanadigan soxasidir.
Geodezik ishlar sanoat va grajdan qurilishida ham katta ahamiyatga ega. Har qanday bino, uy va yo‘l qurilishining samaradorligi, qurilish narxi, ulardan foydalanish iqtisodiy ko‘rsatkichlariga asosan geodezik ishlarning qanchalik aniq bajarilganligiga va geodezik ma’lumotlardan qanchalik to‘g‘ri foydalanilganligiga bog‘liq.
YAngi shaxar va qishloqlarni barpo etish, aholi yashaydigan punktlarni planlashtirish, ularni obodonlashtirish va qayta qurish loyixalarini tuzish kabi muxim masalalarni geodezik ishlarsiz amalga oshirib bo‘lmasligi turgan gap.



Yüklə 44,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin