D ireksion burchak va rumb burchak orasidagi munosabat tushunchalarini bering?
Direksion burchak bilan rumb orasidagi munosabat
Yo‘nalishning direksion burchagi ma’lum bo‘lganda rumbini, rumbi ma’lum bo‘lganda esa direksion burchagini topish mumkin. Masalan 17 shaklda direksion burchak bilan rumbning bir-biriga munosabati berilgan; yo‘nalishlarning direksion burchaklari ma’lum bo‘lganda bu shakldan foydalanib rumbni quyidagi formulalar yordamida aniqlash mumkin
I chorakda SHSHq r = a
II chorakda JSHq r = 180° - a
III chorakda JG‘ r = a - 180°
IV chorakda SHG‘ r = 360° - a
Yo‘nalishlarning rumbi ma’lum bo‘lsa, direksion burchakni quyidagi formulalarda aniqlash mumkin:
I chorakda SHSHq a = r
II chorakda JSHq a = 180° - r
III chorakda JG‘ a = 180° + r
IV chorakda SHG‘ a = 360° - r
Yo‘nalishning azimuti ma’lum bo‘lganda uning rumbini, rumbi ma’lum bo‘lganda esa azimutini shu formulalar yordamida aniqlash mumkin. Bunda formulalardagi direksion burchak (a) o‘rniga azimut (A) qo‘yiladi, xolos.
Topografik karta va planlarga umumiy tushunchalarni bering?
Karta va plan.
Er yuzidaga geografik ob’ektlarning kontur va chiziqlari ellipsoid yoki shar sirtiga tushiriladi, ya’ni er yuzining gorizontal proeksiyasi hosil qilinadi, bu proeksiya ma’lum matematik qonun asosida tekislikka tushiriladi, bunda dastlab, meridian va parallellar to‘ri, ya’ni kartografik to‘r chiziladi. So‘ngra kartografik to‘r ma’lum darajada kichraytirilgan geografik ob’ektlar bilan to‘ldiriladi. Demak, karta - er yuzining ellipsoid sirtidagi gorizontal proeksiyasining qog‘ozda kichraytirilgan tasviridir.
Plan - er yuzining yassi deb qabul qilingan bo‘lagining tekis satxiy yuzaga tushirilgan gorizontal proeksiyasining qog‘ozdagi kichraytirilgan tasviridir.
Plan bilan karta o‘rtasidagi asosiy farq:
1. Karta - yuzining va uning ayrim katta qismining sferik yuzaga tushirilgan proeksiyasining qog‘ozdagi kichraytirilgan tasviri; plan esa er yuzi kichik qismining tekislikdagi gorizontal proeksiyasining qog‘ozdagi kichraytirilgan tasviridir.
2. Planda joydagi chiziqlarning uzunligi, ob’ektlar konturlarining maydoni va yo‘nalishlar orasidagi burchaklar to‘g‘ri tasvirlanadi, kartada esa ularning tasvirida ma’lum xatolar ro‘y beradi.
3. Planning masshtabi uning hama qismida bir xil bo‘ladi; ya’ni planda masshtab o‘zgarmaydi, kartada esa masshtab kartaning turli qismlaridagina emas, xatto bir nuqtadan chiqadigan turli yo‘nalishlar bo‘yicha ham o‘zgarib boradi;
4. Karta ma’lum kartografik proeksiya yoki zonal sistemasidagi to‘g‘ri burchakli koordinatada tuziladi; plan esa ko‘pichna shartli yoki maxalliy to‘g‘ri burchakli koordinata sistemasida tuziladi.
Dostları ilə paylaş: |