Topografik karta va planlarning klassifikatsiyasi va elementlarini tushuntiring? Kartalar klassifikatsiyasi. Plan va kartalar mazmuni, masshtabi va boshqa xususiyatlariga qarab 3 gruppaga bo‘lish mumkin:
1:5000 va undan yirik bo‘lsa - topografik plan; 1:10000 - 1:500000 - topografik karta; 1:1000000 va undan kichik bo‘lsa - geografikkarta; 1:200000 - 1:500000 gacha bo‘lgan kartalar - obzor topografik kartalar deb ham yuritiladi; Obzor-topografik kartalar asosan topografik kartalar yoki aeros’emka natijalaridan foydalanib tuziladi.
Er yuzidagi ob’ektlardan tashqari turli tabiiy va ijtimoiy hodisalar ham tasvirlangan geografik kartalar maxsus kartalar deb yuritiladi;
Maxsus tabiiy geografikkartalarga - geologik, geofizik, botanik, iqlimiy; maxsus sotsial-iqtisodiy kartalarga esa tarixiy-iqtisodiy, ma’muriy-siyosiy va boshqalar kiradi.
Hozirgi vaqtda plan olish natijasida asosan territoriyani topografik plani yoki yirik masshtabli topografik karta tuziladi.
Topografik kartalar yirik masshtabli bo‘lganligidan ularda territoriya ma’lum kattalikdagi qismlarga bo‘linib, har bir qism alohida-alohida varaqda, qabul qilingan kartografik proeksiyada, masshtab, hamda ramkada tasvirlanadi. Topografik kartaning har bir varag‘idagi territoriyaning o‘lchami ma’lum qoida va nomenklaturaga asosan olinadi.
Topografik kartaning ana shu elementlari - kartografik to‘r, masshtab, nomenklatur - uning matematik elementlari deyiladi.
Er yuzining topografik kartada tasvirlanadigan tafsilotlari esa kartaning geografik elementlari deyiladi. Geografik elementlar territoriyaning rel’efi, gidrografiyasi, o‘simlik va tuproq grunt ko‘rsatkichlari, axoli yashaydigan punktlar, hamda ba’zi bir xo‘jalik, siyosiy-ma’muriy elementlardan iborat.
Topografik kartadan foydalanishni ososnlashtirish maqsadida uning ramkasidan tashqarida turli chizma, sxema va yozuvlar beriladi. Bular topografik kartaning yordamchi elementlaridir.