SENTINEL- Yevropa Fazo Agentligi tomonidan Yer yuzasini nazorat qilish va kuzatish maqsadida Kopernicus dasturi (Dunyoning eng katta Yer yuzasini kuzatish dasturi)ning bir qismi sifatida o’rmonlarni monitoring qilish, tabiiy ofatlarni boshqarish va yer yuzasidagi o’zgarishlarni kuzatish maqsadida uchirilgan sun’iy yo’ldoshi. O’z ichiga Sentinel 2A va Sentinel 2 Blarni oladi. Sentinelning quyidagi afzallik va xususiyatlari mavjud:
- 13 bandli ko’rinadigan, infraqizilga yaqin va qisqa to’lqinli infraqizil nurlarni o’z ichiga oluvchi kop’ spektorli ma’lumotlar bazasi.
- Yer yzasini tizimli ravishda 560 janub va 840 shimoliy kengliklar oralig’idagi ma’lumotlar, qirg’oqdagi suvlar, butun O’rta yer dengizi hududlarini sur’atlar.
- 5 kun ichida bir ko’rish burchagiga qaytish. Yuqori kengliklarda sur’atlar usma-ust tushadi, ayrim hududlar 5 kun ichida ikki va undan ham ko]p marotaba sur’atlar olinadi, lekin turli burchak ostida.
- 10, 20 va 60 metr aniqlikdagi fazzoviy aniqlik.
- 290 kmli ko’rish hududi.
- Bepul va mustaqil ma’lumotlardan foydalanish imkoniyati.
Bu ikki sun’iy yo’ldosh teskari orbita bo’ylab uchadi. Sentinel 2A 23.06.2015 yil va Sentinel 2B 7.03.2017 yilda uchirilgan. Ulaning ma’lumotlaridan quyidagi maqsadlarda foydalanish mumkin.
Atrof-muhitni muhofaza qilish uchun yer yuzasi holatini monitoring qilish.
Oziq-ovqat havfsizligi, ekinlar hosilini monitoring qilish va boshqarish kabi qishloq xo’jalik tadqiqotlari.