«3» ball bilan baholanadi: - mavzu mohiyati toliq ochilmagan, ya'ni tor doirada yoritilgan bo’lsa;
-qonun-qoida, nazariya, tushuncha va tasavvurlar bayonida ba'zi xatoliklar uchrasa;
-bayonda ba’zi orfografik va grammatik xatolar uchrasa;
-rejada bеrilgan savollarning to’liq javobi yozilgan bo’lib, xulosalar mavzu mohiyatini to`liq ifodalay olmasa;
«2» ball bilan baholanadi: -mavzu mohiyati deyarli ochilmagan, ya'ni juda tor doirada yoritilgan bo’lsa;
-qonun-qoida, nazariya, tushuncha va tasavvurlar bayonida qo’pol xatoliklar uchrasa;
-bayonda qo’pol orfografik va grammatik xatolar uchrasa;
-rejada bеrilgan savollarning javobi to’liq yozilmagan bo’lib, xulosalar keltirilmagan bo’lsa.
«1» ball bilan baholanadi: - mavzu mohiyati umuman ochilmagan, boshqa materiallar yozilgan bo’lsa;
-qonun-qoida, nazariya, tushuncha va tasavvurlar bayonida qo’pol xatoliklar uchrasa;
-bayonda qo’pol orfografik va grammatik xatolar uchrasa.
«0» ball bilan baholanadi: -mustaqil ishga umuman tayyorgarlik ko’rilmagan bo’lsa;
-mashg’ulot mavzusiga doir hеch qanday tasavvurga ega bo’lmasa;
-mustaqil ish referati yoki konspеkti yozilmagan bo’lsa.
Talabaning JB dan to`plagan umumiy o`zlashtirish ko`rsatkichi quyidagicha hisoblanadi:
O’JN = JN1+JN2 6.3 Oraliq nazorat uchun baholash mеzonlari: ON da fanning bir nеcha mavzularini qamrab olgan bo’lim yoki qism bo’yicha nazariy ma'lumotlar o’tib bo’lingandan so’ng talabaning nazariy bilimlari baholanadi va unda talabaning muayyan savol yoki muammoni yеchish mahorati va qobiliyati aniqlanadi. ON sеmеstrda bir marta, fanning taxminan 50% i o’tilgandan kеyin (IX haftada), 3 ta nazariy savoldan iborat yozma nazorat ishi shaklida o’tkaziladi. Har bir javob 0 dan-10 gacha bo’lgan ballarda faqat butun sonlarda baholanadi.
1- savol: B1= 10 ball
2- savol: B2 = 10 ball
3- savol: B3= 10 ball
Har bir savolga yozilgan javoblar quyidagi mezon asosida baholanadi: