Geodeziya, kartografiya, geografiya



Yüklə 29,69 Mb.
səhifə27/121
tarix09.10.2023
ölçüsü29,69 Mb.
#153376
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   121
Geodeziya, kartografiya, geografiya

Gеоekоlоgiya, asоsiy хususiyatlari:

  1. Geoekologiya - tabiiy va antropogen o‘zgargan geotizimlaniing tarkibi, strukturasi, maxsus faoliyatining qonuniyatlari va evolyusiyasini o‘rgamivchi fan. U Yeming ekologik muammolari haqidagi barcha bilimlarni jamlaydi hamda Yerda tabiiy muhit va hayotni saqlashni asosiy maqsad qilib oladigan, biologik, geologik va boshqa fanlaming yutuqlaridan foydalanadigan geografik fan sifatida nanioyon bo‘ladi.

  2. Geoekologiya - geografik qobiq va insoniyatning integratsiyalashuvi haqidagi fanlar tizimi, yoki mazkur integratsiya jarayonidagi o‘zaro bogiiq tizim sifatida “yashash qobig‘i” ni tadqiq etuvchi fanlararo ilmiy yo‘nalishdir. Bunda “yashash qobig'i” deganda geografik qobiqning nisbatan yupqa, ya’ni asosiy geosferalar (atmosfera, gidrosfera, litosfera) tutashadigan hamda inson yashaydigan va faoliyat ko‘rsatadigan qobiq tushuniladi. Bu holatda “yashash qobig'i” tushunchasi geografik qobiqning bir qismi boiib V.I.Vernadskiy ta’riflagan “hayot pardasi”, yoki F.N.Milkov aytgan “landshaft qobig‘i” ga mos tushadi.

  3. Geoekologiya - ekologiyaning qonunlarini Yer haqidagi barcha fanlaming qonuniyatlari bilan sintezlashtiruvchi, fanlar orasida shakllangan fan sifatida qarash mumkin. Bu fan atrof muhitning qulay-noqulayligi, geotizimlaming inson yashashi va faoliyat ko‘rsatishi uchun qanchalik qulay yoki noqulayligi, nima uchun Shundayligini o‘rganadi.

  4. Geoekologiya - geotizimlaming shakllanishi, uning antropogen o‘zgarishi, sivilizatsiyaning yashashi va barqaror rivojlanishi, shuningdek atrof muhitning prognozi bilan shug'ullanuvchi fandir. U juda ko‘plab, ayniqsa geologik-geografik fanlaming ma’lumotlarini tabiiy va tabiiy-antropogen geotizimlaming strukturasi, maxsus faoliyati qonunlarini yanada chuqurroq tushunish maqsadida tahlil qiladi va sintezlashtiradi.

Demak, bugungi geoekologiya - tabiat-jamiyat munosabatlari va geoekologik hodisa-jarayonlarning o‘zaro bog‘liqlik, bir-birini taqozo etishini hamda insonlaming yashash muhitini optimallashtirish va geoekologik vaziyatni yaxshilashni geotizimlarda o‘rganuvchi fandir.
A.G.Isachenko (2003) bo‘yicha, ob’ekti - geotizim, predmeti - geotizimlarni ekologik nuqtai nazardan va insoniyatning ekologik muammolarini yechish maqsadida tadqiq etish, o‘rganishdir.
I.E.Timashevning (2000) fikricha, ob’ekti - geotizim, predmeti tabiat va jamiyat orasidagi bo‘Iishi mumkin barcha hodisa va jarayonlami, ayniqsa salbiy tusdagilarini - insonlami o‘rab turgan tabiiy va tabiiy antropogen geotizimlaming holatiga va rivojlanishiga ta’sir etadiganlarini o‘rganish, tavsiflash va oldini olish.
A.V.Chigarkin (2003) bo‘yicha, ob’ekti —geotizim, predmeti - geotizimlaming ekologik xususiyatlarini tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va sog'lom atrof muhitni saqlash maqsadida o‘rganish.
A.A.Rafiqovning (2000) fikricha, ob’ekti - geotizim, predmeti - geotizim (landshaft) lardagi ekologik qonuniyatlar va jarayonlami inson ekologiyasi nuqtai nazaridan o'rganish.
Geoekologiyaning o‘rganish ob’ekti ekotizimlar (K.Shreyber, R.Forman va M.Gordon) va geoekotizimlar (V.A.Bokov, A.G.Emelyanov, VA.Kobilyanskiy) deguvchilar ham bor, lekin predmetiga ta’rif berishganda yuqoridagi singari asosan tabiiy muhitga salbiy antropogen ta’simi o‘rganish, uni oldini olish va tabiiy muhitni optimallashtirishga qaratilgan (Sharipov, 2007).
Bizningcha, geoekologiyaning ob’ekti - turli ko'lamdagi geotizimlar, tadqiqot predmeti esa - geotizimlaming tabiiy holatini saqlash, muhofaza qilish, geoekologik muammolarning oldini olish va bartaraf etish, tabiiy muhitni optimallashtirish, Shuningdek geotizimlaming komponentlaridan resurs (biologik, mineral, rekreatsion va b.) sifatida oqilona foydalanish masalalaridir.
Geoekologiyaning tadqiqotlaming maqsadi - geotizimlarda insonning tabiiy muhit bilan bo‘lgan munosabatida yuz beradigan barcha hodisa va jarayonlami tadqiq etish, geotizimlarda boMadigan o‘zgarishlami aniqlash, baholash, prognozlash, boshqarish va tabiiy muhitni optimallashtirishdan iborat.
Geoekologik tadqiqotlaming asosiy vazifasi - geotizimlarda kechayotgan tabiiy jarayonlar bilan manfaatlari ko‘pincha zid bo‘lgan aholi va ishlab chiqarish orasida oqilona va maqbul murosa topish orqali atrof tabiiy muhitni optimallashtirish. Shundan kelib chiqadigan, kichikroq vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
- tabiiy muhitda bo‘layotgan tabiiy va antropogen jarayonlami o‘rganish;
- geotizimlarga ta’siming asosiy manbalarini va ularning geoekologik vaziyatini aniqlash;
- atrof muhitga va geotizimlarga antropogen ta’sir manbalarini, ularning turlari va miqyosini, makon va zamondagi taqsimlanishini o‘rganish;
- turli tabiiy komponentlaming va tabiiy muhitning ifloslanish darajasini va o‘zgarishini tadqiq etish, ular dinamikasining doimiy nazoratini olib borish;
- geotizimlarga turli darajadagi antropogen yukni va bu yukka ularning barqarorligini o‘rganish, ushbu geotizimlarni tartibga solish va boshqarish, turli ko‘rinishdagi texnologik jarayonlarga biotaning ta’sirlanishini oLrganish;
- geotizimlaming inson sog‘ligi va xo‘jalik faoliyati uchun qulay yoki noqulaylik darajasini aniqlash;
- antropogen ta’sirlami baholash, prognozlash va inodellashtirish;
- geotizimlardan oqilona va eng yaxshi natija beradigan foydalanish turi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish va h.k.

Yüklə 29,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin