Geodeziya, kartografiya, geografiya


Ekоlоgik kartalar tuzishda fоydalaniladigan ma’lumоtlar



Yüklə 29,69 Mb.
səhifə28/121
tarix09.10.2023
ölçüsü29,69 Mb.
#153376
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   121
Geodeziya, kartografiya, geografiya

Ekоlоgik kartalar tuzishda fоydalaniladigan ma’lumоtlar tadqiqotning maqsad va vazifalaridan kelib chiqadi. Ma’lumotlar kartografik, aerokosmik, statistik, qo’shimcha: og’zaki, so’rovnoma, davlat tashkilotlari, o’quv maskanlari, alohida ilmiy tadqiqot ishlari va h.k.lardan olinadi.
Ma’lumоtlarni klassifikatsiya qilish printsiplarida e’tibor manba yig’uvchi tashkilotning alohida xususiyatlari-spesifikasi, olinadigan ma’lumotlarning xarakteriga alohida e’tibor qaratiladi. Ekologik ma’lumotlarni yig’uvchi tashkilotlarni davlat (rasmiy va ilmiy muassasalar), ishlab chiqarish (savdo korxonalari), jamoat tashkilotlariga (notijorat) ajratish mumkin.
Davlat tashkilotlari asosan boshqarish va nazorat qilish xususiyatiga ega ma’lumotlarni yig’adi. Shu sababli har bir davlat tashkiloti o’z vazifasini bajarish uchun ma’lumot to’playdi va o’ziga xos tarzda rasmilashtiradi. Bu esa ushbu ma’lumotlarni to’g’ridan-to’g’ri qo’llashni qiyinlashtiradi.
Davlat tashkilotlariga Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi, Gidrometeorologiya bosh markazi, Davlat sanitariya va epidemiologiya qo’mitasi, Qishloq xo’jalik vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat statistika qo’mitasi va boshqalarni misol qilish mumkin. Yuqoridagi har bir tashkilot yig’adigan ma’lumot o’ziga xos bo’lib, ularni keng omma uchun ruxsat qilinishi yoki boshqa murakkablik jihatlari ham mavjud.
Ilmiy tadqiqot universitetlari Geografiya va seysmologiya universiteti, Gidrometeorologiya Ilmiy tadqiqot institute, O’simlik moddalari kimyosi instituti va Paxtachilik ilmiy tekshirish instituti va h.k.lar.
Savdo tashkilotlari davlat tashkilotlari va ilmiy tekshirish institutlari tarkibida shakllangan va mustaqil atrof-muhitga oid ma’lumotlarni yig’uvchi tashkilotlar. Asosiy vazifasi, tashkilotga pul tushumlarini yaxshilash va maqsadli ilmiy izlanishlar olib boradi.
Nosavdo tashkilotlar jamoat tashkilotlari va mustaqil ma’lumot to’plovchi tashkilotlar. Masalan, O’zbekiston Geografiya jamiyati. Bunday tashkilotlar mustaqil ommabop ekologik ma’lumotlarni yig’adi va davriy ravishda chop qilib boradi.
Yuqoridagilarga qo’shimcha ravishda ekologik ma’lumotlar va kartalar mavjud kartоgrafik ma’lumоtlar (umumgеоgrafik va mavzuli kartalar)dan ham foydalaniladi. Bunday holatda ma’lumotlar xususiyatidan kelib chiqqan holda va masshtabiga bo’liq holda yangi kartalarga muvofiqlashtiriladi.
Aerоkоsmik ma’lumоtlar bugungi kunda eng songgi va yangi, uzluksiz ma’lumotlar yetkazuvchi manba sifatida ekologik kartalashtirish ishlarida keng qo’llanilmoqda. Shu bilan birga yuqoridagi ma’lumоt va manbalarning afzalligi va kamchiliklari ham mavjud. Masalan, aerokosmik ma’lumotlarni aniqlik darajasining kamligi, xatoliklari, atmosferadagi bulutlilik va aerozollar miqdori hamda boshqalar mavjud.
Ekologik ahamiyatga ega ma’lumotlarni kartalashtirishda foydalanish uchun ularni muayyan ko’rinishga keltirish lozim. Bu esa ularni bahоlash, qayta ishlash va ulardan fоydalanish хususiyatlarini oshirishni talab qiladi. Keyingi mavzularda ma’lumotlarni sinflashtirish, qayta ioshlash haqida alohida mavzular muhokama qilinadi.

Yüklə 29,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin