O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI SIRTQI FAKULTET “______________” KAFEDRASI “____________” fanidan KURS ISHI Mavzu: Banklarda asosiy vositalarini hisobdan chiqarilishi hisobi
RO‘YXATGA OLINDI “____” _______2023 y.
№_________ Imzo _________
Kurs ishi himoyaga tavsiya qilingan sana “____” _______2023 y. Ilmiy rahbar __________ Imzo _______________
Tijorat Banklar Misolida asosiy vositalarni amortizatsiyasini hisoblash va takomillashtirish.
Xulosa Foydalanilganadabiyotlarro’yxati KIRISH O’zbekiston jadal o’sishga erishdi keyingi besh yilda O’zbekistonda o’sish sur’atlari o’rtasha 8,5 foizni tashkil etdi va bu Markaziy Osiyodagi o’rtacha o’sish ko’rsatkichidan yuqoridir. Qator yillar davomida kuzatilgan byudjet profitsiti, rasmiy zaxiralar darajasining yuqoriligi, davlat qarzining kamligi, barqaror bank tizimi va xalqaro moliya bozorlaridan qarz olishga ehtiyotkorlik bilan yondashish mamlakatni global inqirozning bevosita oqibatlaridan himoya qildi.
Agar 2019 yilda mamlakatimizning 15 ta tijorat banki “barqaror” reytingini olgan bo’lsa, hozirgi kunda ularning soni 23 taga etdi, bu banklarning aktivlari yurtimiz bank tizimi umumiy aktivlarining 98 foizini tashkil etmoqda.
Ma’lumki, aholining bank tizimiga ishonchi ortib borayotgani banklar faoliyati samaradorligining muhim ko’rsatkishi hisoblanadi.
Shu ma’noda, 2020 yilda depozitlarga 18 trillion so’mdan ortiq, o’tgan yilga nisbatan 36,3 foiz ko’p mablag’ jalb qilingani, jumladan, aholi depozitlari 38,8 foizga oshgani, ayniqsa, e’tiborlidir.
Banklarning kredit portfeli tarkibi sifat jihatidan tubdan o’zgarmoqda. Agar 2019 yilda kredit portfelining 54 foizi tashqi qarzlar hisobidan shakllantirilgan bo’lsa, 2019 yilda uning 85,3 foizi ichki manbalar — yuridik va jismoniy shaxslar depozitlari hisobidan shakllantirildi. Bu esa, o’z navbatida, iqtisodiyotimiz tarmoqlariga investitsiya kiritish va shuning hisobidan taraqqiyotimizni ta’minlashda ichki imkoniyatlarimiz tobora ortib borayotganining dalilidir.
Tijorat banklarining investitsiyaviy faolligi ortmoqda. Tijorat banklari qo’yilmalarining 75 foizdan ortig’ini ush yildan ziyod bo’lgan uzoq muddatli investitsiya kreditlari tashkil etmoqda. Umuman, so’nggi o’n yilda banklarimiz tomonidan iqtisodiyotning real sektorini kreditlash 7 barobar oshganini alohida qayd etish lozim, deb o’ylayman1 deb takidlagan.
O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Sh. Mirziyoyevning 2019 yilning asosiy yakunlari va 2020 yilda O’zbеkistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasi. “Xalq so’zi”2020 yil 20 yanvar, №14 (5434).
Mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning ko’rsatib o’tganidek, «Bugungi kunda banklarimizning umumiy aktivlari hajmi aholi va yuridik shaxslarning hisob raqamlaridagi mablag’lardan ikki baravardan ko’pdir. Bu esa Ushbu mablag’larni ishonshli himoya qilish hamda ularga o’z vaqtida va to’la hajmda xizmat ko’rsatishni kafolatlaydi.
SHuni ta’kidalashni istardimki, tijorat bank tizimini rivojlantirish va mustahkamlash masalasi doimio e’tiborimiz markazida bo’lib kelmoqda va u o’zining ijobiy natijalarini bermoqda. Biroq bu boradagi ishlarni yanada chuqurlashtirish va kengaytirish kerak. Nega deganda, aynan banklar ta’bir joiz bo’lsa, butun iqtisodiyotimizni oziqlantirib turadigan qon tomirlari hisoblanadi, mamlakatimizning moliyaviy-iqtisodiy barqarorligi ko’p jihatdan ularning samarali faoliyatiga bog’liq».
Yuqorida keltirib o’tilgan fikrlar «Tijorat banklarida asosiy vositalar va ularning buxgalteriya hisobi» mavzusini haqiqatda dolzarb ekanligidan dalolat beradi va Kurs ishi ishi mavzusi sifatida tanlanishini asoslab beradi.
Tijorat banklarining o’ziga xos xususiyatlarini inobatga olib, asosiy vositalar hisobini to’g’ri tashkil etishda ularning nazariy, uslubiy asoslarini o’rganish, tadqiq etish orqali iqtisodiyotni globallashuv sharoitlaridan kelib chiqib, xalqaro andozalarga moslashtirish bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
Kurs ishi ishi kirish, uchta reja, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.