Умаров Умид Дильшод ўғли


Tijorat bank amaliyotlarida asosiy vositalarni amortizatsiyasini hisoblash va takomillashtirish



Yüklə 147,06 Kb.
səhifə4/7
tarix21.06.2023
ölçüsü147,06 Kb.
#133821
1   2   3   4   5   6   7
Kurs ishii (1)

3.Tijorat bank amaliyotlarida asosiy vositalarni amortizatsiyasini hisoblash va takomillashtirish.


ATB “SQB”ning moliyaviy holati to’g’risidagi yig’ma hisoboti 2020 yil31 dekabr holatiga ko’ra asosiy vositalar sof qiymati bo’yicha 13 714 691 ming so’m, 2019 yilda esa 1 121012 ming so’mni tashkil qilgan.


Boshqa aktivlar 2020 yil 1 149 215 ming so’mni, 2019 yil 328 394 ming so’mni bo’lgan. Mazkur bankning faoliyatini rivojlantirish maqsadida tegishli miqdorda asosi vostalarini sotib olgan14.
ATB “SQB”da asosiy vositalar, bino (inshootlar)ni qurilishi (rekonstruktsiyasi) bilan bog’liq bo’lgan loyiha-qidiruv ishlari, qurilish materiallari, mehnat, xarajatlar hamda asosiy vositalar sotib olish bilan bog’liq bo’lgan boshqa kapitallashtiriladigan xarajatlar qiymatini to’liq yoki qisman oldindan to’lash quyidagi buxgalteriya yozuvlari bilan rasmiylashtiriladi15:

Dt 19909 -

"Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to’langan
mablag’lar";

Kt

Bankning vakillik hisobvarag’i yoki mijoz (mol etkazib beruvshi)ning talab qilib olingunsha saqlanadigan depozit hisobvarag’i, agarda unga
ushbu bank tomonidan xizmat ko’rsatilsa;

ATB “SQB”da asosiy vositalar sotib olingan bino (inshoot) balansda quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi bilan aks ettiriladi:

Dt 16509 -

"Bankning imoratlari - Binolar va boshqa qurilgan
imoratlar";

Kt 19909 -

"Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to’langan
mablag’lar";

14 Bank aхbоrоtnоmasi № 14(829), 2019 yil 4aprеl.
15 O’z R. Banklarida asоsiy vоsitalarning buхgaltеriya hisоbi to’g’risidagi yo’riqnоma (yangi tahriri) 15.11.2019y.
ATB “SQB”da asosiy vositalar sotib olingan boshqa asosiy vositalar qiymatini balansda aks ettirilishi:

Dt 165** -

Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag’i;

Kt 19909 -

"Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to’langan
mablag’lar";

ATB “SQB”da asosiy vositalarni omborga kirim qilish quyidagi o’tkazma bilan rasmiylashtiriladi:

Dt 16561 -

"Ombordagi asosiy vositalar";

Kt 19909 -

"Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to’langan
mablag’lar";

ATB “SQB”da asosiy vositalar sotib olingan, rekonstruktsiya qilinishi talab qilinadigan binolar rekonstruktsiya tugallangunga qadar 16505-"Tugallanmagan qurilish" hisobvarag’ida alohida shaxsiy hisobvaraq bo’yicha hisobga olinadi. Bunda bino (inshootlar)ni qurilishi (rekonstruktsiyasi) bilan bog’liq bo’lgan loyiha-qidiruv ishlari, qurilish materiallari, mehnat, xarajatlar qiymati qabul qilish dalolatnomalariga asosan quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi bilan hisobvaraqlarda aks ettiriladi:

Dt 16505 -

"Tugallanmagan qurilish";

Kt 19909 -

"Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to’langan
mablag’lar";

Agar keyingi xarajatlar xorijiy hamkor bilan tuzilgan kontraktlarga muvofiq chet el valyutasida amalga oshirilsa, xarajatlar hisobi 16505- "Tugallanmagan qurilish" hisobvarag’ida operatsiya sodir etilgan sanadagi O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo’yicha so’m ekvivalentida amalga oshiriladi.
ATB “SQB”ning yil oxirida 16505-"Tugallanmagan qurilish" hisobvarag’idagi qoldiq tugallanmagan qurilish hajmiga muvofiq kelishi lozim hamda keyingi yilga o’tkaziladi;
ATB “SQB”da binolar (inshootlar) foydalanishga tayyor holga kelganda ularning qiymati tegishli qabul qilish dalolatnomalari asosida
16509-"Bankning imoratlari - Binolar va boshqa qurilgan imoratlar" hisobvarag’iga kirim qilinadi. Agar qurilish yoki rekonstruktsiya xarajatlari smetasida Mebel va jihozlar sotib olinishi nazarda tutilgan bo’lsa, qabul qilish dalolatnomalarida ularning qiymati umumiy qiymatdan ajratib ko’rsatiladi va to’liq ro’yxati ilova qilinadi. Bunda quyidagi buxgalteriya yozuvlari rasmiylashtiriladi:

      1. binolar qiymati summasiga:




Dt 16509 -

"Bankning imoratlari - Binolar va boshqa qurilgan
imoratlar";

Kt 16505 -

"Tugallanmagan qurilish";

      1. Mebel, moslama va jihozlar qiymati summasiga:




Dt 16535 -

"Mebel, moslama va jihozlar";

Kt 16505 -

"Tugallanmagan qurilish".

Agar ATB “SQB” moddiy aktivlarni kirim qilgandan so’ng to’lovni amalga oshirsa, kirim hujjatlari asosida quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari amalga oshiriladi:

  • moddiy aktivlar kelib tushganda ularni balansda aks ettirish:

  • asosiy vositalar kelib tushishi bilan darhol foydalanishga topshirilgan taqdirda:

Dt 165**-

Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag’i, yoki

16505 -

"Tugallanmagan qurilish" (agar rekonstruktsiya qilinishi talab etiladigan binolar, tugallanmagan qurilishlar yoki qurilish uchun materiallar xarid
qilinsa) (2);

Kt 29802 -

"Tovar-moddiy qimmatliklar va ko’rsatilgan
xizmatlar uchun to’lanadigan mablag’lar";

- asosiy vositalarni omborga kirim qilish:



Dt 16561 -

"Ombordagi asosiy vositalar";

Kt 29802 -

"Tovar-moddiy qimmatliklar va ko’rsatilgan
xizmatlar uchun to’lanadigan mablag’lar";

-aktivlar qiymati to’langanda:

Dt 29802 -

"Tovar-moddiy qimmatliklar va ko’rsatilgan
xizmatlar uchun to’lanadigan mablag’lar";

Kt

Bankning vakillik hisobvarag’i yoki mijozning
hisobvarag’i;

- asosiy vositalarni ombordan foydalanishga topshirish:





Dt 165**-

Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag’i;

Kt 16561 -

"Ombordagi asosiy vositalar".

Asosiy vositalar tekinga olinganda quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi rasmiylashtiriladi. Tekinga olingan asosiy vositalarning haqqoniy qiymatiga:

Dt 165**-

Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag’i, yoki

16561 -

"Ombordagi asosiy vositalar" (agar omborga kirim
qilinsa);

Kt 45994 -

"Boshqa foizsiz daromadlar".

Bunda paydo bo’ladigan bir yo’la xarajatlar joriy xarajatlarga hisobdan chiqariladi.
ATB “SQB” asosiy vositalar subsidiya ko’rinishida olinganda quyidagi o’tkazma bajariladi:

Dt 165**-

Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag’i;

Kt 22896 -

"Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar".

22896-hisobvaraqdagi muddati uzaytirilgan daromad keyinshalik ATB “SQB”da grantlarning buxgalteriya hisobi to’g’risidagi nizomga (O’zR AV tomonidan 21.01.2014 yilda 1300-son bilan ro’yxatga olingan) muvofiq hisobga olinadi.
ATB “SQB” (amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq byudjetga soliqlar to’lashdan ozod qilingan) soliq solishdan bo’shatilgan mablag’lar hisobiga bank infratuzilmasini rivojlantirish doirasida asosiy vositalarni xarid qilib, ularning qiymatini 30903-"Umumiy zaxira fondi" balans hisobvarag’ining mazkur "Bank infratuzilmasini rivojlantirishga sarflangan mablag’lar" shaxsiy hisobvarag’iga kiritgan bo’lsalar, quyidagi teskari o’tkazma amalga oshiriladi:



Dt 165**-

Dt 30903 - "Umumiy zaxira fondi"
"Bank infratuzilmasini rivojlantirishga sarflangan mablag’lar" sh/h;

Kt 30903 -

"Umumiy zaxira fondi";
"Bank infratuzilmasini rivojlantirishga sarflangan mablag’lar" sh/h.

Agar garov ATB “SQB” ta’minota ostida kredit olgan qarzdor o’z majburiyatlarini bajarmasa, bank garovga nisbatan o’z huquqini qo’llashi va uni sotishi yoki o’z mulkiga (egaligiga) olishi mumkin. Undirilgan garovga qo’yilgan mol-mulk dastlab sotish uchun mo’ljallangan undirilgan mol- mulk va boshqa ko’chmas mulkni hisobga olish to’g’risidagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq aks ettiriladi.
ATB “SQB” undirilgan mol-mulkni o’z asosiy vositalari sifatida ishlatishga qaror qilganda quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari aks ettiriladi:

Dt 165**-

Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag’i;

Dt 16799 -

"Bankning boshqa xususiy mulklari bo’yicha ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-
aktiv)";

Kt 16701 -

"Kredit va lizing bo’yicha garov hisobidan undirilgan
mulk".

ATB “SQB”ning asosiy vositalari sifatida foydalanishga topshirilgan undirilgan mol-mulk bo’yicha eskirishga muvofiq hisoblab yoziladi.
ATB “SQB” keyingi xarajatlarni hisobga olish Kundalik xizmat ko’rsatish xarajatlari muntazam amalga oshiriladi va avtivlarni ishga yaroqli holatda saqlab turishga yo’naltirilgan. Bunday xarajatlar asosiy vositalar

ob’ektining balans qiymatiga kiritilmaydi, balki joriy xarajatlar sifatida aks ettiriladi. Kundalik xizmat ko’rsatish xarajatlari birinchi navbatda, bu: ishshi kuchi xarajatlari va sarflanadigan materiallar, ular shuningdek kichik qismlarga qilingan xarajatlarni ham o’z ichiga olishi mumkin.


Ba’zi asosiy vositalar ob’ektlarining qismlari muayyan vaqt oralig’idan keyin muttasil almashtirishni talab qilishi mumkin. Shuningdek, asosiy vositalarning ba’zi ob’ektlari tez-tez qaytariladigan almashtirishlar, masalan, binoning ichki devorlarini almashtirish zaruratini kamaytirish maqsadlarida yoki birgina almashtirish uchun xarid qilinishi mumkin. Bunday asosiy vositalar ob’ekti qismlarini almashtirish xarajatlari, agar ular asosiy vositalar ta’rifiga muvofiq bo’lsa, ular yuzaga kelgan vaqtda ushbu ob’ektning balans qiymatiga kiritiladi. Almashtirib bo’lingan qismlarning balans qiymati ushbu almashtirilgan qismlar bo’yicha eskirish alohida hisoblab yozilgan yoki hisoblab yozilmaganligidan qat’iy nazar hisobdan chiqariladi.
Agar bankning eski almashtirilgan qismning balans qiymatini aniqlashning amalda imkoni bo’lmasa, unda balans qiymati sifatida yangi almashtirilgan qismning uni xarid qilingan yoki qurilgan vaqtdagi qiymatidan foydalanish mumkin.
Asosiy vositalar ob’ektidan foydalanishni davom ettirish sharti bo’lib ushbu ob’ekt qismlari almashtirilganligidan qat’i nazar nosozliklar mavjud bo’lishi yuzasidan muntazam tekshiruvlar o’tkazish hisoblanashi mumkin. Har bir tekshiruvni amalga oshirishda uni o’tkazish xarajatlari, agar tan olish mezonlariga rioya etilsa, almashtirish qiymati sifatida ushbu asosiy vositalar ob’ektining balans qiymati tarkibida tan olinadi. Oldingi tekshirish xarajatlarining qolgan balans qiymati hisobdan chiqariladi. Bu ushbu ob’ektni xarid qilish yoki qurish operatsiyasi chog’ida oldingi tekshiruv qiymati identifikatsiyalanganligidan qat’iy nazar amalga oshiriladi. Zarurat tug’ilganda, ob’ektni xarid qilish yoki qurish paytida joriy tekshiruv komponentining qiymat ko’rsatkishi sifatida kelgusi shunga o’xshash tekshiruvning taxmin qilingan qiymatidan foydalanish mumkin.
Aktivlardan foydalanish samaradorligini oshiradigan yoki ularning foydali
xizmat muddatini uzaytiradigan asosiy vositalarga tegishli bo’lgan xarajatlar kapital xarajatlar sifatida hisobga olinadi va ularning balans qiymatini ko’paytiradi.
Kapital xarajatlarga takomillashtirish, almashtirish, kapital ta’mirlash bo’yicha xarajatlar kiradi.
Kapital ta’mirlash - aktivning xususiyati va sifatini sezilarli darajada yaxshilaydigan, samaradorligi va foydali xizmat muddatini oshiradigan ta’mirlash bo’lib, muntazam asosda amalga oshiriladi. Xarajatlarni kapitallashtirishda ularning summasi aktivning qiymatiga o’tkaziladi hamda, agarda zarur bo’lsa, zamonaviylashtirilgan aktivning foydali xizmat muddati qayta ko’rib chiqamiz.
Agar asosiy vositaga (uskunaga) yangi qismlar va detallarni qo’shish, yoki mavjud binoga qo’shimcha inshootlar qurish aktivning ajralmas qismi hisoblansa, xarajatlar aktivning balans qiymatiga kiritiladi. Agar qo’shish ajralgan va mustaqil holda amal qilsa yoki har xil xizmat muddatiga ega bo’lsa, u alohida inventar birlik sifatida hisobga olinadi.

ATB “SQB” tomonidan asosiy vositalarni qayta baholash asosiy vositalar ob’ektlarining Boshlang’ich qiymatini haqqoniy qiymat darajasiga moslash maqsadida ularni vaqti-vaqti bilan aniqlashtirish uchun amalga oshiriladi. Agar haqqoniy qiymat etarli darajadagi ishonsh bilan baholanishi mumkin bo’lsa, banklar bir sinf doirasidagi barcha asosiy vositalarni keyingi jamlangan amortizatsiyasi va qiymatining tushishidan yig’ilgan zararlar chegirilgan holda qayta baholash vaqtida ushbu ob’ektlarning haqqoniy qiymatini aks ettiruvchi qayta baholangan qiymat bo’yicha aks ettiradilar.


Asosiy vositalar alohida ob’ekti qiymatini qayta baholash o’tkazilganda asosiy vositalarning ushbu aktiv tegishli bo’lgan butun sinfi ham qayta baholanishi lozim. Asosiy vositalarning sinfi (guruhi) - bankda foydalanish turi va yo’li bo’yicha bir xil bo’lgan aktivlarning birlashuvi. Asosiy vositalarning bir sinfi tarkibidaga ob’ektlar bir vaqtning o’zida qayta baholanadi.
ATB “SQB” mulkida, uning xo’jalik yuritishida yoki tezkor boshqaruvida bo’lgan barcha asosiy vositalar, shuningdek moliyaviy ijara bo’yicha uchinchi tomonda ijarada (lizingda) bo’lgan mol-mulk, joriy ijara bo’yicha uchinchi tomonga ijaraga berilgan mol-mulk, ishlab turgan va foydalanilmaydigan mol-mulk, konservatsiyada bo’lgan, hisobdan chiqarishga tayyorlangan, lekin belgilangan tartibda tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilmagan mol-mulk, shuningdek tugallanmagan qurilish ob’ektlari va o’rnatish uchun mo’ljallangan uskunalar qayta baholanishi lozim.
Er uchastkalari va tabiatdan foydalanish ob’ektlarining qiymati qayta baholanmaydi.
Qayta baholash ATB “SQB”tomonidan mustaqil ravishda yoki qonun hujjatlariga muvofiq baholash faoliyati bilan shug’ullanish huquqiga ega bo’lgan mutaxassislar - ekspertlarni jalb etgan holda amalga oshiriladi. Asosiy vositalar ob’ektlarining haqqoniy qiymati odatda ularning bozor qiymati hisoblanadi. Agar haqqoniy qiymatni tasdiqlovchi, bozor ma’lumotlariga asoslangan axborotlar mavud bo’lmasa, ATB “SQB”daromadga yoki almashtirishning amortizatsiyalanadigan qiymatiga asoslangan usulni qo’llab haqqoniy qiymatni taxminan baholashi mumkin.
Asosiy vositalar qiymatining tushishi avtivlar qiymatining tushishini hisobga olish bo’yicha MHXS talablariga muvofiq ko’rib chiqamiz.
ATB “SQB” bugungi kunda qayta baholash uchun quyidagi usullar qo’llaniladi16:

  1. Indeks usuli.

  2. Bevosita qayta baholash usuli.

Indeks usuli. Indeks usuli bilan qayta baholashda qayta baholash sanasidagi asosiy vositalarning balans qiymati va ushbu aktivlarning jamlangan eskirishi muayyan indeksdan foydalangan holda qayta baholanadi. So’ngra aktivlarning qayta baholangan qiymati ularning balans qiymati va jamlangan eskirishi bilan taqqoslanadi va farqqa tegishli buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi:


16 F.T. Abduvaхidоv Tijоrat banklarda buхgaltеriya hisоbi o’quv qo’llanma –TDIU- 2019 y

  1. ATB “SQB” agar aktivning qayta baholangan qiymati uning balans qiymatidan oshsa, bu ko’payish 30908-"Boshlang’ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi" hisobvarag’ida quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan aks ettiriladi:

Dt 165** -

Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag’i;

Kt 30908 -



"Boshlang’ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi";

qayta baholashdan oldin va undan keyingi jamlangan eskirish summalari o’rtasidagi farqqa:

Dt 30908 -

"Boshlang’ich qiymatiga nisbatan baholash
qiymatining oshgan summasi";

Kt 165** -

Jamlangan eskirish - Asosiy vositalarning tegishli
hisobvarag’i;

qayta baholash natijasida asosiy vosita qiymatining ko’payish summasi xarajat sifatida tan olingan ushbu aktiv qiymatining oldingi arzonlashish summasini qoplashi darajasidagina daromad sifatida tan olinishi lozim.
ATB “SQB” qayta baholash natijasida asosiy vositalarning haqqoniy qiymatining kamayishi xarajat sifatida tan olinadi. Ushbu summa bevosita 30908-"Boshlang’ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi" hisobvarag’ining tegishli moddasidan, biroq xuddi o’sha asosiy vositaga nisbatan oldingi qo’shimcha baholash miqdori doirasida chegirib tashlanishi lozim. Bunda quyidagi buxgalteriya yozuvlari bajariladi:

    1. qayta baholashdan oldin va undan keyingi jamlangan eskirish summalari o’rtasidagi farqqa:

      Dt 165** -

      Jamlangan eskirish - Asosiy vositalarning tegishli
      hisobvarag’i;

      Kt 30908 -

      "Boshlang’ich qiymatiga nisbatan baholash
      qiymatining oshgan summasi";

    2. qayta baholash natijasida aniqlangan aktiv haqqoniy qiymatining

kamayishi summasiga:



Dt 30908 -

"Boshlang’ich qiymatiga nisbatan baholash
qiymatining oshgan summasi"

Kt 165** -

Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag’i;

v) 30908-hisobvaraqda aks ettirilgan oldingi qayta baholash summasi etarli bo’lmagan taqdirda, arzonlashgan summa va oldingi qayta baholash summasi o’rtasidagi farq xarajat sifatida tan olinadi va 55995-"Boshqa foizsiz xarajatlar" hisobvarag’ida aks ettiriladi. Bunda quyidagi o’tkazma qayd etiladi:

Dt 55995 -

"Boshqa foizsiz xarajatlar";

Kt 165** -



Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag’i.



ATB “SQB” qayta baholashning indeks usulida asosiy vositalarning har bir guruhi bo’yicha ularning xarid qilingan davrlariga bog’liq holda har xil indeks qo’llaniladi.
ATB “SQB” bevosita qayta baholash usulida. Asosiy vositalarning to’liq tiklanish qiymati alohida ob’ektlar qiymatini baholanayotgan aynan o’xshash bo’lgan yangi ob’ektlarning qayta baholash sanasida shakllangan, hujjatlar asosida tasdiqlangan bozor narxlari bo’yicha bevosita qayta hisoblash yo’li bilan aniqlanadi.
Bevosita qayta baholash usuli qo’llanilganda ob’ektlarning to’liq tiklanish qiymatini hujjatlar asosida tasdiqlash uchun bankning xohishiga ko’ra quyidagilardan foydalanilishi mumkin:

  1. tayyorlovchi tashkilotlar va ularning rasmiy dilerlari, tovar-xom ashyo birjalari, ko’chmas mulk birjalaridan yozma shaklda olingan xuddi shunday aktivga doir narxlar to’g’risidagi ma’lumotlar;

  2. qayta baholashni o’tkazish sanasiga va asosiy fondlarni xarid qilish sanasiga MB kurslarining nisbati sifatida belgilanadigan hisob-kitob koeffitsientini qo’llagan holda xarid qilish sanasiga EAVda asosiy fondlarning qiymati to’g’risidagi (tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lganida) ma’lumotlar;

  3. tegishli davlat organlarida mavjud bo’lgan narxlar darajasi to’g’risidagi

ma’lumotlar;

  1. qayta baholashni o’tkazish davrida ommaviy axborot vositalari va maxsus adabiyotlarda e’lon qilingan narxlar darajasi to’g’risidagi ma’lumotlar;

  2. asosiy fondlar qiymati to’g’risida baholovchining hisoboti.

ATB “SQB” asosiy vositalarni bevosita qayta baholash usuli bilan qayta baholashda tegishli asosiy vositalarning buxgalteriya hisobida hisobga olingan jamlangan eskirishi summasi qayta baholashdan keyingi tiklanish qiymatini qayta baholashdan oldingi qiymatiga nisbati tariqasida hisoblab chiqariladigan qayta hisoblash koeffitsienti bo’yicha indeksatsiyalanishi lozim.
Qayta baholashdan so’ng aktivlarning haqqoniy qiymati ularning Boshlang’ich (tiklanish) qiymati va jamlangan eskirishi bilan taqqoslanadi va farq summasiga mazkur Nizomning 32-bandiga muvofiq buxgalteriya o’tkazmalari amalga oshiriladi.
ATB “SQB” 30908-"Boshlang’ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi" hisobvarag’ida aks ettirilgan qayta baholashning ijobiy natijasi har oyda 31203-"Taqsimlanmagan foyda (aktiv- passiv)" hisobvarag’iga hisobdan chiqariladi. Bunda qo’yida buxgalteriya o’tkazmasi amalga oshiriladi:

Dt 30908 -

"Boshlang’ich qiymatiga nisbatan baholash
qiymatining oshgan summasi";

Kt 31203 -

"Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)".

Tegishli aktivni hisobdan chiqarishda 30908-hisobvaraqdagi qayta baholash natijasi to’lig’icha 31203-hisobvaraqqa o’tkaziladi.
Foydali xizmat muddati asosiy vosita holatini dastlab hisoblangan normativlardan yuqori darajada yaxshilaydigan keyingi xarajatlar natijasida uzaytirilishi mumkin (kapital ta’mirlash, takomillashtirish va shu kabilarda). Va aksinsha texnologik o’zgarishlar yoki xizmatlar bozoridagi o’zgarishlar uning foydali xizmat muddatini kamayishiga olib kelishi mumkin. Ushbu hollarda foydali xizmat muddati va, tegishlicha, amortizatsiya me’yori hisob siyosati va buxgalteriya baholaridagi o’zgarishlar bo’yicha MHXS talablariga muvofiq joriy va kelgusi davrlar uchun tuzatiladi17.
Aktivning tugatish qiymati ahamiyatli bo’lganda, u xarid sanasida yoki aktivlarning har qanday avvalgi baholanish sanasida belgilanadi. Tugatish qiymati aktivning foydali xizmat muddati oxirida tugatish bo’yicha kutilayotgan xarajatlar summasiga kamaytirilishi lozim.
Quyidagi omillar amortizatsiya (eskirish) summasini aniqlashda o’z ta’sirini ko’rsatadi:

  • Boshlang’ich qiymat;

  • tugatish qiymati;

  • taxmin qilinayotgan foydali xizmat muddati;

  • amortizatsiya (eskirish)ni hisoblash usuli.

ATB “SQB” amortizatsiya hisoblashda quyidagi usullarni qo’llash yo’li bilan hisoblanadi:


17 Kursоv V.N. Buхgaltеrskiy uchеt v kоmеrchеskоm bankе. -Mоskva.: 2018, str. 209
-teng maromli (to’g’ri shiziqli) hisoblash usuli;
-bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda eskirishni hisoblash usuli;

  • jadallashtirilgan usullar:

*yillar summasi usuli (kumulyativ usul);
*kamayib boruvshi qoldiq usuli.
ATB “SQB” foydalanilaligan amortizatsiya usuli bank aktivdan olinadigan iqtisodiy foydani iste’mol qiladigan sxemani aks ettirishi lozim. Turli xildagi aktivlarga amortizatsiya hisoblashning turli usullarini qo’llash mumkin. Bunda asosiy vositalarning bir turiga faqat bitta usulni qo’llash foydalanadi.
Eskirish hisoblashning tanlangan usuli ATB “SQB”ning hisob siyosatida belgilanishi va bir hisobot davridan boshqachasiga izchillik bilan qo’llanishi va yil davomida o’zgartirilimasligi kerak. Amortizatsiya usulini tanlashda foydalanilayotgan ob’ektning vazifasi va mazkur usulni ushbu ob’ektga nisbatan qo’llashning maqsadga muvofiqligidan kelib chiqish kerak.
Teng maromli (to’g’ri shiziqli) hisoblash usuli o’zgarmas eskirish (amortizatsiya) summasini teng maromda, asosiy vositalarning foydali xizmat muddati mobaynida ularning qiymatidan kelib chiqqan holda teng ulushlarda hisoblashga asoslanadi. Bunda quyidagi formulalarni ishlatish maqsadga muvofiq18:

bu erda:

Yüklə 147,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin