Barcha sohalarda bo’lgani kabi moliya bozorida, shu jumladan, bank sektorida o’tkazilayotgan islohotlar natijasida sezilarli siljishlar va o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu o’zgarishlar mustaqillik yillarida jahon andozalariga mos keladigan bank tizimini bosqishma-bosqish barpo etish bilan hamohang tarzda davom ettirilmoqda.
Har qanday mamlakat iqtisodiyotining tayanadigan asosiy ustunlaridan biri bo’lib moliyaviy jihatdan mustahkam va barqaror faoliyat ko’rsatuvshi bank tizimi hisoblanadi. SHuning uchun mustaqil davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi va kelajakdagi taraqqiyoti avvalo mazkur mamlakatda barpo etilgan va muntazam ravishda takomillashtirilib boriladigan bank tizimining faoliyatiga bog’liqdir.
Banklarning o’ziga xos xususiyati shundaki, ular o’z mablag’lari bilangina emas, balki omonatshilar va kreditorlar, aktsiyadorlar hamda mijozlar ularga ishonib topshirgan mablag’lar bilan, ya’ni keng jamoatshilik bilan ish ko’radi.
Iqtisodiyotni ekinlashtirish sharoitida bank tizimi eng zarur jamoatshilik muassasalari tizimlaridan biri ekan, har qanday bankning muvaffaqiyatsizligi butun jamiyat miqyosida pul taklifi qisqarishi, to’lov tizimi buzilishi hamda hukumat yirik va kutilmagan majburiyatlarining vujudga kelishi kabi salbiy makroiqtisodiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Mamlakatimizda 2018 yilda «SQB» xususiy oshiq aktsiyadorlik tijorat bankining tashkil etilishi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019 yil 9 yanvardagi qaroriga muvofiq «Hi-Tesh Bank» xususiy yopiq aktsiyadorlik tijorat bankiga bank operatsiyalarini amalga oshirish bo’yicha litsenziya berilishi natijasida jami tijorat banklari soni 30 taga etdi. «Hi- Tesh Bank» xususiy yopiq aktsiyadorlik tijorat bankining ustav kapitali 5,25 mlrd.
so’mdan ko’proq miqdorda shakllantirilib, uning 51 foizi jismoniy shaxslarning mablag’lari hisobiga to’g’ri keladi. Ushbu yangi bankning oshilishi mamlakatimiz Prezidentining «Xususiy aktsiyadorlik tijorat banklari tuzishni rag’batlantirish shora tadbirlari to’g’risida»gi Farmoni talablari izchil amalga oshirilayotganining yana bir tasdig’idir3.
Banklar kapitallashuv darajasi va likvidligining oshishi pirovardida ular moliyaviy barqarorligining ta’minlanichiga, shuningdek, keng ko’lamli islohotlarni amalga oshirishda banklarning investitsiya kreditlari orqali ishtirokini faollashtirishga xizmat qiluvshi barqaror resurs bazasining shakllanichiga zamin yaratadi.
Banklar kapitallashuv darajasi va likvidligining oshishi pirovardida ular moliyaviy barqarorligining ta’minlanichiga, shuningdek, keng ko’lamli islohotlarni amalga oshirishda banklarning investitsiya kreditlari orqali ishtirokini faollashtirishga xizmat qiluvshi barqaror resurs bazasining shakllanichiga zamin yaratadi.
Tijorat banklarida asosiy vositalar - bir yildan ko’proq foydali xizmat qilish muddatiga ega bo’lgan; ishlab chiqarish yoki tovarlarni stkazib berish, ma’muriy maqsadlar uchun foydalaniladigan yoki ijaraga beriladigan aktivlar4.
Ko’chmas mulk, uskunalar va jhozlar — bir yildan oshiq foydali xizmat muddatida foydalanishga mo’ljallangan, ishlab chiqarish yoki tovarlarni etkazib berish, ma’muriy maksadlar uchun foydalaniladigan yoki ijaraga beriladigan moddiy aktivlar. Ular asosiy vositalar tarkibiga kiradi. SHuning uchun ularni ko’gtinsha asosiy vositalar dsb atashadi.
Boshlang’ich (haqiqiy) qiymat - to’langan soliqlar, bojxona bojlari va yig’imlarini, shuningdek aktivni undan mo’ljal bo’yicha foydalanish uchun ishshi holatiga keltirish bilan bevosita bog’liq bo’lgan etkazib berish va montaj qilish,
3O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti I.A.Karimovning «Mamlakatimizni modеrnizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir» hamda «Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir» nomli ma'ruzalarini o’rganish bo’yicha O’quv-uslubiy majmua. – Toshkеnt: Iqtisodiyot. - 2009. – 340 bеt.
4A.K. Ibragimov Halqaro moliyaviy hisobot standartlari asosida banklarda buxgaltеriya hisobi o’quv qo’llanma . T.: 2010y.
o’rnatish, ishga tushirish va istalgan boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda, asosiy vositalarni tiklash (qurish va qurib bitkazish) yoki xarid qilish bo’yicha haqiqatda qilingan xarajatlarning haqiqiy summasi. Boshlang’ich qiymat shuningdek, bank aktivni xarid qilish chog’ida yoki ushbu aktivdan asosiy bo’lmagan faoliyat maqsadlarida muayyan davr mobaynida foydalanish natijasida unga nisbatan majburiyatni o’z zimmasiga olgan dastlabki taxmin qilingan aktivni demontaj qilish va yo’qotish yoki aktivni tiklash xarajatlari bahosini o’z ichiga oladi.
Asosiy vositalarning Boshlang’ich qiymati ularning haqqoniy qiymatini qayta baholash sanasida aks ettirish uchun vaqti-vaqti bilan qayta baholanadi.
SHuning uchun ham Boshlang’ich qiymat asosiy vositaning tannarxi xam deb atadadi.
balans qiymati - aktiv buxgalteriya balansida jamlangan amortizatsiyasi hamda qiymatining tushishidan yig’ilgan zararlar chegirilgandan so’ng tan olinadigan summa;
tugatish qiymati - bank mazkur paytda aktivning chiqib ketishidan chiqib ketish bo’yicha kutilayotgan xarajatlar chegirilgandan so’ng oladigan, agar aktiv eskirgan va kutilayotgandek holatda bo’lsa, uning foydali xizmat muddati oxirida olinishi kutilayotgan summa;
haqqoniy (real) qiymat - aktivning joriy bozor qiymati yoki qonun hujjatlariga muvofiq baholash faoliyati bilan shug’ullanish huquqiga ega bo’lgan mustaqil ekspertlar tomonidan belgilanadigan qiymati;
tiklash qiymati - asosiy vositalarning bank buxgalteriya balansida qayta baholashni hisobga olgan holdagi qiymati;
foydali xizmat muddati - bank aktivdan foydalanishni kutayotgan (hisob- kitob) davr yoki bank ushbu aktivdan foydalanishdan olishni mo’ljallayotgan ishlar va xizmatlar miqdori;
amortizatsiya (eskirish) - foydali xizmat muddati mobaynida aktivning amortizatsiyalanadigan qiymatini bank xarajatlariga muntazam taqsimlash va o’tkazish ko’rinishida eskirishning qiymat ifodasi;
amortizatsiyalanadigan qiymat - aktivning tugatish qiymatini shegirgan holda moliyaviy hisobotlarda ko’rsatilgan Boshlang’ich (tiklash) qiymati summasi;
qiymatni tushishidan zarar - aktivning balans qiymati uning to’lanadigan qiymatidan oshadigan summa;
sotishning sof bahosi - umumiy shartlarda xabardor qilingan, bitimni amalga oshirishni xohlovshi, mustaqil taraflar o’rtasida bitimni amalga oshirishda aktivni sotishdan olinadigan summa;
foydalanish qiymati (qimmati) - aktivdan foydalanishni davom ettirishdan va uning foydali xizmat muddati oxirida chiqib ketishidan kutilayotgan taxmin qilinayotgan kelgusidagi pul oqimlarining diskontlangan qiymati;
Asosiy vositalarni hisobga olishning asosiy qoidalar bo’lib ularning balans qiymati va ushbu aktivlarga nisbatan qo’llanilishi lozim bo’lgan amortizatsiya usullarini aniqlash, shuningdek asosiy vositalarning balans qiymatining o’zgarishi, amortizatsiya hisoblash tartibi va ularning chiqib ketishidan moliyaviy natijalarni aniqlash va hisobga olish hisoblanadi.
Asosiy vositalar quyidagilar natijasida bank balansiga kiritiladi:
haq evaziga sotib olish;
qurilish yoki ob’ektlarni rekonstruktsiya qilish yo’li bilan olish;
tekinga yoki subsidiya ko’rinishida olish;
moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi bo’yicha olish;
ortiqsha (hisobga olinmagan) asosiy vositalarni aniqlash.
Asosiy vosita bankning buxgalteriya yozuvlarida uning qiymati aniq (ishonshli) baholangandagina tan olinadi.
Aktivdan kelib tushadigan kelgusidagi iqtisodiy foyda xizmatlarni sotishdan olingan tushum, xarajatlar tejami va bank aktivdan foydalanishi natijasi hisoblangan boshqa foydalarni o’z ichiga oladi.
Tijorat banklarida asosiy vositalarhisobdan chiqarish tartibi va hisobi
Bank tomonidan moliyaviy lizingga berish maqsadlarida sotib olingan asosiy vositalarning hisobi O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining alohida me’yoriy-huquqiy hujjati bilan tartibga solinadi.
Shu o’rinda O’zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy, byudjet, bank-kredit tizimi, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarining barqaror hamda o’zluksiz ishlashini ta’minlash uchun etarli darajada mustahkam zaxiralar yaratilganini va zarur resurslar bazasi mavjud ekanini ta’kidlash joiz.
Modernizatsiyalash sharoitida asosiy vositalarni hisobi va auditini amalga oshirishda nazariy va uslubiy asoslar bo’lib, shu soxaga tegishli va respublikamizda amal qilayotgan me’yoriy xujjatlar hisoblanadi. Shu bilan birga rekonstruktsiya va modernizatsiyalash ishlarining juda keng tarmoqlarga tegishli ekanigini inobatga oladigan bo’lsak, xar bir tarmoq xususiyatlaridan kelib chiqib, tegishli tarmoq korxonalarining faoliyati bilan bog’liq bo’lgan xujjatlar hisoblanadi.
Asosiy vositalarni modernizatsiyalash hisobini yuritishda O’zR Prezidentining 2018 yil 17 martdagi “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jixozlashni ragbatlantirishga oid qushimsha shora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni5 muxim asos bo’lib hisoblanadi.
Mazkur Farmonda xo’jalik sub’etlari tomonidan ishlab chiqarishni muntazam modernizatsiyalash, texnik va texnologik jixatdan qayta jixozlash, uni yuqori sifatli, raqobatbardosh, eksportga yunaltirilgan maxsulot ishlab chiqarishni kupatirish imkonini beradigan ilg’or zamonaviy uskunalar bilan ta’minlash va buning uchun sub’ektlarni ragbatlantirish shora-tadbirlari yoritib berilgan.
Asosiy vositalarni modernizatsiyalash xarajatlarini hisobini yuritishda avvalambor, ularni to’zatish, modernizatsiyalash ishlari xarajatlaridan farklarini kurib utish lozim bo’ladi, deb hisoblaymiz va bu borada iqtisodshi olimlarning fikrlarini urganib chiqamiz.
5 Хalq so’zi, 2007 yil 15 mart, 52-sоn.
«Rekonstruktsiya asosiy vositalarning ishshi potentsialini oshirish uchun zarur bo’lgan ma’lum bir xarajatlarni talab qiladi. Rekonstruktsiya maxsulot ishlab chiqarishni kupaytirish; tannarxni pasaytirish, xizmat muddatini o’zaytirish, maxsulot sifatini yaxshilash uchun amalga oshiriladi. Uskunani ishshi holatini saklab turish xarajatlari rekonstruktsiya emas,
balkim modernizatsiyalash ishlariga taalluklidir»8. Bu ta’rif asosiy vositalarni rekonstruktsiya, modernizatsiyalash masalasiga D.Sultonova, N.Juraev va boshqa iqtisodshi olimlar tomonidan milliy va xalqaro standartlarni qullash yuzasidan tayyorlangan o’quv qullanmada berilgan.
Medvedev M.Yu. «Rekonstruktsiya va modernizatsiyalash xarajatlari asosiy vositaning boshlangish kiymatini oshiradi va buxgalteriya hisobida kapital kuyilma sifatida aks ettiriladi»9 deb ta’rif berishgan.
Kondrakov N.P., Kondrakov I.N. «Moderinizatsiya asosiy vositalarni funktsional me’yoriy kursatkishlarini (quvvati, ishlash sifati va boshqalar) yaxshilashni nazarda tutadi»10, deb hisoblaydi.
Yuqorida keltirib o’tilgan fikr va ta’riflarni urganib chiqib, kuyidagisha mulozani keltirib utish mumkin. Demak, asosiy vositalarni modernizatsiyalash natijasida uning foydali xizmat muddati o’zayadi, boshlangish kiymati oshadi, ishlab chiqarish kuvvati ochib, ishlash sifati yaxshilanadi.
Mustaqillik yillarida buxgalteriya hisobining rivojlanichiga nazar tashlasak, unda uslubiy va tashkiliy jixatdan katta o’zgarishlar ruy berganligini sezish mumkin. Bu davrda markazlashtirilgan rejali iqtisodiyot talablari asosida ishlashga moslashtirilgan buxgalteriya hisobi tizimidan bozor iqtisodiyoti talabiga javob beradigan hisob tizimiga utish jarayoni boshlandi.
7 О.Bоbоjоnоv, K.Jumaniyozоv «Mоliyaviy hisоb», T. “Mоliya», 2002 yil, 126 bеt.
8 D.Sultоnоva, N.Juraеv va bоshqalar «Mоliyaviy хisоb», o’quv qo’llanma, T., 2002, 113 bеt
9 Mеdvеdеv M.Ю. Uchеtnaya pоlitika оrganizastii na 2019 gоd: praktichеskое pоsоbiе. – M.: KNОRUS, 2019. – 248 s..
10 N.K.Muravistkaya «Uchеt оsnоvniх srеstv», Uchеb pоsоbiе, M.:2003, 21 bеt.
Buxgalteriya hisobini bozor munosabatlari talablari asosida islox qilishni amalga oshirish maqsadida 2017 yilda Respublika Vazirlar Maxkamasining «Hisob va statistikani xalqaro standartlari asosida islox qilish dasturi» ishlab chiqildi va matbuotda e’lon qilindi.
O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida» gi Qonunining buxgalteriya hisobini rivojlantirishdagi roli bekiyosdir. Chunki ushbu qonuniy xujjatda birinchi marta respublikamizda buxgalteriya hisobining xukukiy asoslarini yaratish bilan birgalikda korxona raxbarlari va mutaxassisliklariga buxgalteriya hisobining uslubiy va tashkiliy masalalarini eshishda etarli darajada xukuk hamda imtiyozlar berildi. Ushbu xukuk va imtiyozlardan foydalanish tartibi esa, O’zbekiston Respublikasini Moliya vazirligi tomonidan 2019 yil 26 iyulda 17-07/86-son bilan tasdiklangan (1-sonli BXMS) «Hisob siyosati va moliya hisobot» Buxgalteriya hisobining milliy standartida yoritib berilgan. Unda xar bir korxona mustaqil ravishda o’zining buxgalteriya hisobi tizimini, ya’ni hisob siyosatini ishlab chiqishi va e’lon qilishi mumkinligi belgilab kuyilgan.
Buxgalteriya hisobini bunday tarzda yulga kuyilishining moxiyati shu bilan tavsiflanadiki, unda davlat tomonidan urnatilgan buxgalteriya hisobini yuritishning umumiy koidalariga asoslangan holda xar bir korxonada ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatidan ko’zlangan maqsadga erishish uchun buxgalteriya hisobi bajarishi lozim bo’lgan vazifalardan kelib chiqib hisob tizimini mustaqil ravishda shakllantiradi.
Xo’jalik yurituvshi sub’ektlar asosiy vositalarni modernizatsiyalashda buxgalteriya hisobining uslubiy asoslarini tashkil qiluvshi qonuniy va me’yoriy xujjatlarni turtta darajada turlash mumkin. Eng oliy darajadagi qonun, bu O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyasi bo’lib, ushbu qonunda O’zbekiston Respublikasi fukarolari va mamlakat xududida turgun yashayotgan chet el fukarolari tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanish maqsadida xo’jalik yurituvshi sub’ektlarni tashkil qilishlari va tadbirkorlik faoliyatlari bilan shugullanishlari kafolatlangan. Shuningdek, ular erkin faoliyat olib borishlari mumkin, ya’ni eksport va import operatsiyalarini ham amalga oshirish xukukiga egadir.
Barcha mulk shakllarining birdek rivojlanishini ta’minlash O’zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab berilgan. Masalan, qonunlar majmuasi hisoblangan Fukarolik kodeksi, Solik kodeksi, Bojxona kodeksi kabi qonuniy xujjatlar asosiy vositalarni modernizatsiyalash xarajatlarini hisobga olishda aloxida ahamiyatga ega.
Buxgalteriya hisobini va uning tarkibiy qismi hisoblangan asosiy vositalarni modernizatsiyalash xarajatlari hisobining keyingi uchinchi darajasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jixozlashni tartibga solish, rivojlantirish, buxgalteriya hisobi va hisobotini takomillashtirishga karatilgan farmonlari hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobining uslubiy asoslarini rivojlantirishda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining karorlari aloxida ahamiyatga ega. Yuqoridagi turtta darajadagi qonuniy va me’yoriy xujjatlar bilan bir katorda O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining me’yoriy xujjatlari ham buxgalteriya hisobining uslubiy asosi sifatida karaladi. Moliya Vazirligi tomonidan ishlab shiqilgan va Respublika Adliya Vazirligida ruyxatga olingan buxgalteriya hisobining milliy standartlari muxim ahamiyatga ega. Ushbu milliy standartlar buxgalteriya hisobining xalqaro standartlariga ansha yakinlashgan. Bugungi kunga kelib buxgalteriya hisobi milliy standartlarining 25 tasi ishlab chiqarilgan. Shuningdek, Moliya Vazirligi buxgalteriya hisobini tartibga soluvshi boshqa me’yoriy xujjatlari ham xo’jalik yurituvshi sub’ektlarda buxgalteriya hisobini tashkil qilishda aloxida ahamiyatga ega.
Asosiy vositalari asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar, boshqa tarmoqlardagi asosiy ishlab chiqarish vositalar va noishlab chiqarishdagi asosiy vositalar.11 Asosiy vositalari turlari buyisha quyidagisha guruxlanadi: 1.Yer;
2.Yerni obodonlashtirish; 3.Bino va inshootlar; 4.Mashina va uskunalar;
11Jo’raеv N., Хоlbеkоv R., Abduvaхidоv F., Ilхоmоv I. Buхgaltеriya hisоbi, iktisоdiy taхlil va audit. Darslik. -T.: 2017 y
5.Mebel va jihozlar; 6.Kompyuter uskunalari;
Transport vositalari va boshqalar.
Shuningdek, ijaraga olingan asosiy vositalarga sarflangan kapital ko’yilmalar ham asosiy vositalar tarkibida hisobga olinadi. Tijorat banklarda asosiy vositalar hisobga olishda ularning Boshlang’ich qiymati bo’yicha quyidagi schyotlarda aks ettiriladi.