SRTM – fazo kemasi radar topografik missiyasi. Qisqartmani umumlashgan ma’nosi quyidagicha tushunish mumkin: Yer yuzasining balandlik o’lchamlarini fazo kemalari orqali to’lqinlar yuborish yordamida olish missiyasi. Ushbu su’niy yo’ldosh AQSh Milliy Fazo Tadqiqotlari Agentligi, Milliy Geofizik-intelegenciya Agentligi, Milliy Sur’atlashtirish va Kartalashtirish Agentligi, Germaniya va Italiya fazo agentliklari bilan hamkorlikda uchirilgan. Xalqaro ilmiy maqsadlarda yer yuzasining uch o’lchamli ma’lumotlari dunyo bo’ylab 560 janubiy va 600 shimoliy kengliklargacha olish imkonini beradi. STRM maxsuslashtirilgan radar tizimini o’z ichiga olib 11 kun davomida STS 99 missiyasi bo’yicha 2000 yil fevral oyida uchirilgan. Topografik ma’lumotlarni olish uchun STRM 2 radarli antenna bilan jixozlangan. Balandlik modellari bir gradus kinglik va uzoqlikni o’z ichiga olib janubiy g’arbiy nuqtasining geografik koordinatalari bilan nomlanadi. Masalan n45e006" 45°N6°E dan 46°N7°E gacha boladi. Aniq tarkibiy qismlari qayta ishlanmagan holda bir arc secund – yani 30 m aniqlikda bo’ladi, ammo bu o’lchamda AQSh hududlari olingan. Bu ma’lumotlar dunyoning boshqa barcha hududlari uchun 3 arc secund o’lchamda tasvirga olingan va har bir sur’at 16 bit o’lchamda. SRTM ma’lumotlari ellipsoid WGS84 geografik koordinatalar sistemasi bo’yicha hisoblangan va EGM96 geoid balandlik o’lchamlari bilan to’ldirilgan.
https://en.wikipedia.org/wiki/EGM96 https://en.wikipedia.org/wiki/World_Geodetic_System#WGS84
ASTER – Zamonaviy Fazo Issiqlik Emissiyasi va aks radiometr. Ya’ni, issiqlik emissiyasi va aks/qaytgan nurlarni tahlil qilish orqali balandlik o’lchamlarini oluvchi zamonaviy fazo kemasi. U yer yuzida masofadan ma’lumotlar olish uchun uchirilgan Yapon fazo kemalaining birisi bo’lib, NASA tomonidan 1999 yilda yer orbitasiga uchirilgan. ASTER yer yuzasining holatini 14 yuqori aniqlikdagi elektromagnit spectorli bandlar orqali tasvirga oladi. Sur’atlarning aniqlik darajasi 15-90 metrgacha o’zgaradi. ASTER ma’lumotlari yaer yuzasining detallashtirlgan harorati, aks va emissiya hamda balandlik o’lchamlari kartalarini tuzish uchun juda qulay.
ASTERning birinchi va ikkinchi versiyalari mavjud. Ya’ni, ASTER I 2009 yil 29 iyunda keng foydalanish uchun tatbiq qilingan va NASA hamda Yapon Iqtisodiyot, Savdo va Sanoat Ministerligi hamkorligida uchirilgan. Yer yuzasining 99% hududining balandlik ma’lumotlari olgan yagona sun’iy yo’ldosh bo’lib dunyo bo’ylab 90 metr va AQSh hududini 30 metr aniqlikdagi balandlik o’lchamlari mavjud.
ASTERning ikkinchi versiyasi 2011 yil oktyabr oyida uchirilgan va yaxshilangan ma’lumotlarni taqdim qiladi. Yani, balandlik o’lchamlari aniq: interpolyatsiya qilingan ma’lumotlar kam, suv havzalarining ancha reallashtirilgan ma’lumotlarini oladi. Shunga qaramay ASTERning noreal balandlik o’lchamlari mavjud. Bu esa, balanlik o’lchamlarini aniqlim darajasini baholashni talab qiladi.