Geografik nomlarning paydo bo’lishi, mazmuni va tasniflash masalalri
Reja:
Atoqli geografik nomlarning kelib chiqishi, umumlashgav tartibga solingan toponimlar tasodif nomlar
O’xshatib qo’yilgan nomlar ko’chma nomlar atoqli otdan hosil bo’lgan nomlar.
Geografik nomlarning paydo bo’lishi va xususiyatlariga ko’ra turlari.
Geografik nomlarning tasniflash masalalari.
Geografik nomlarning toponimlar atoqli otlar turkumiga kiradi. Turdosh otlardan yasalgan nomlar ma’lum bir so’z birikmasini tashkil etishi mumkin. Nomlar umumiy tushunchalarning mujassamlashuvi individuallashivi natijasida paydo bo’ladi. Qizilqiya, Qoratog’, Chuqurko’l aslida so’z va so’z birikmalari to biror joyning atoqli otiga aylanishiga qadar turdosh ot bo’laveradi. Abektning joylashuvi biror bir belgisini miqdorini sifatini rangini va boshqa xususiyatlari aynan shu ob’ektga mujassamlashgandan.. Keyin abektning atoqli otiga toponimga aylanadi. Unumlashgan avvolo umumlashgan ob’ektning umumiy jihatini boshqa ob’ektlardan farq qiladigan turini bildiradi. Cho’l - quruq iqlimlik qoplami siyrak oqar suvi bo’lmagan quruqlik maydoni cho’l hududining sho’rxoklar ko’p uchraydigan bo’lagi individuallashgan cho’lning va sho’rxok doirasi sho’rhokcho’l atoqli otga aylanadi. Qumloq maydonli qismi qumli cho’l va rangi kattaligi kabi sifat jihatlari qo’shilib, kattaqum cho’li Qizilqum cho’li deb atoqli otga aylanadi. Geografik nomlar dastavval til taraqqiyotining boshlang’ich davrlarida oddiy turdosh otlardan iborat bo’lgan odamlar geografik ob’ektlarni oddiygina suv daryo tog’, to’qay va hokazo deb yuritganlar. Bora-bora rangi bo’yicha Qorasuv Qizilsuv, Sarisuvga aylangan. Muayyan alomatlar shu ob’ektlar uchun mujassamlashib, tanhoz asli Tanqiz Jinnidaryo Uradaryo Tantaksoy atoqli otlar paydo bo’lgan. Qadimiy turkiy tilda katta daryo “O’kiz” “Edil” “Jayhun” der ekanlar bu so’zlar keyinchalik daryolarda atoqli ot bo’lgan O’kuz, Jayhun Amudaryo Idil Volga Kavkaz xalqlarida daryoni Don deganlarni Don-Amur Gang daryolarining nomi ham shu tariqa paydo bo’lgan. Misisipi, Kattasuv, Yenisiy – Ona daryo, shu yo’sunda ma’lum va mashhur mikrotoponimga aylangan. Ko’chma nomlar toponimikada talaygina tog’ yoki tepalik nomi shu yerdan boshlangan. Soyga, qishloq nomi toqqa, tog’ning nomi shaharga beriladi. Tom, Om’, Biya, Angara daryolarining nomi shaharlarga o’tgan. Respublikamizda Zarafshon daryosi nomi oltin qazuvchilar shahri Zarafshonga Ohangaron daryosi nomi Ohangoron shahriga berilgan. O’rta Osiyoda odatda daryolar qaysi aholi manzili yonidan o’tsa daryo nomi o’sha shahar nomi bilan ataladi. G’uzordaryo Yakkabog’daryo, Amudaryo Yevropa va Rossiyadan daryolar nomi shaharga ko’chadi. Venetsiya shahar nomi janubiy Amerikaning Venesuella davlati nomiga ko’chgan. Amerika qitasida Yevropa shaharlarining nomlari ko’p ekanligini ko’rish mumkin. Shaharlarimiz mikrotoponimiyasida barcha shahar va tumanlarning nomlarini uchratish mumkin ki bu nomlar shu shahar va tumonlarga bo’lgan hurmat belisi desa bo’ladi.
Edil Don, Amur, Ganga Oxota Yayla, Chinik Qopchig’oy nomlari ham aynan shunday so’z nomlardir.
Al’p qismiga kel’t tilida tog’ balandlik degan oddiy so’z edi. Zamon o’tishi bilar Yevropadagi eng baland tog’ nomida mujassamlashib, atoqli otga aylandi. Shu bilan birga Al’p nomidan Alpinizm, Al’p o’tloqlari Al’p burmalanishi kabi iboralar to’qildi. Ikki ob’ektni bir-biridan farqlash uchun Katta suv, Kichiksuv, Oqsuv, Qorasuv, suvlisoy, Quruqsoy, Chuchukquduq, Sho’rquduq kabi qishloq nomlari paydo bo’lgan. Atoqli otlar ilmiy atamalarga aylangan hollar ham mavjud. Balxan yarim orolidagi Karst plotosi nomida karst ilmiy atamasi O’rta Yer dengizining Vulkana oroli nomidan Vulqon so’zi turkiyada ilon izi bo’lib, oqadigan Menderes daryosi nomidan Meandr Islandiyadagi Gezer Qaynarbulog’i nomi otilib turadigan issiq buloqlarga berildi.
Nomlarda ko’chish qonuniyati planitamizning hamma regionlarida davon nomi shu yerdan boshlanadigan soyga o’tadi. Qishloq nomi toqqa, tog’ nomi shaharga shar nomi viloyatga berildi. O’rta Osiyoda aholi manzili nomi ko’pincha uning yonidan oqib o’tadigan daryoga Amudaryo, G’uzardaryo, Yakkabog’ daryo boshqa regionlardan daryolar bo’yida paydo bo’lgan shaharga shu daryo nomi beriladida shaharni bildiruvchi qo’shimcha bilan shahar nomi hosil qilinadi. Or’-Orsek Yenesiy - yenesesik , Uj-Ujgorod shahar nomi daryoga ko'’hish mumkin. dUshanbe shahri Dushanba daryosi mamlakat nomlarining ko’pchiligida - Iston – iya, qo’shimchalari yozilishi qonun bo’lib qolgan deyish mumkin. Tojikiston Vengriya geografik nomlarda umumlashtirish ham odat bo’lib qolgan. Osiyo dastlab kichik bir yerning hozirgi Falastin Livan Suriyaning nomi edi. Zomanlar o’tishi bilan kata qitaning umumlashgan nomi bo’lib qoldi. Tiyanshan nomini biron o’zbek qirg’iz. Qozoq, uyg’ur bilmas edi. Bu tog’ning ayrim bo’laklari qurama chotqol terskay Xoliq tog’ va hakozo nomlar bilan yuritilgan faqat markaziy qismi eng baland tepasi tangritog’ va Xotangri nomi bilan mashhhur bo’lgan. Xitoylar turkiycha Tangritog’ni Xitoychaga tarjima qilib, Tanshanov nomini yaratdilar. (Tyan – tangri, osmon shan – tog’) bu tarjima nom butun daryo xarita va adabiyotlarida o’rnashib qoldi. Tyan – tangri osmon, shan – tog’, chunki turkiy xalqlar ham xitoylar ham tangri osmonda yashaydi deb hisoblashadi. Tyanshan nomi xalqaro adabiyot va xaritalarda butun bir tog’li ma’lumot uchun mujasamlashib qoldi. Tasodif nomlar ham geografik xaritalarda ko’pchilik ispanlar janubiy Amerikani egallashlari davomida, tog’ etagida yashovchi mahalliy aholidan “yuqorida nima bor deb so’rashibdi . yerli mahalliy aholi ispanlar savoliga ” “Chili” yani yuqori sovuq bor deb javob bergan ekan. Shu shu bu tog’li mamlakat nomi chili nomi bilan atay boshlangan.
Geografiya kashfiyotlar tarixida eng katta kashfiyot qo’shaloq materik Amerikaning X.Kolumb tomonidan ochilishi bo’lib, Amerika nomi ham bir jihatdan tasodif tufayli paydo bo`ldi. Gollandiya olimi M.Val’dzemyuller Sen-de shahrida Amerigo Vespuchchining o’zini klashfiyotchi qilib, Flirensiya shahrining mashhur fuqarosi P’ero Sderenga yozgan ikki xatini Florensiyolik banker Medrichi va yoshlikda birga o’sgan Val’dzenyuller kosmografiyaga kirish kitobiga yangi ochilgan quruqliklarni uning nomi bilan atashni taklif etadi. Haqiqatdan bu materikning kashfiyotchisi X.Kolumb bo’lib, Amerika Vespuchi Kolumbning ikkinchi sayohatida oddiy qatnashchi bo’lib ishtirok etgan, tarixda bironta davlatning ekispeditsiyasiga Vespuchi boshliq bo’lib qatnashgan emas. Boshqalarning kashfiyotini o’ziniki qilib, o’zlashtirish uchun “sayohatga boshliq bo’lganman “ - deb ikkita xat yozib qoldirgan., M.Valzimullier kartograf Merkatr proektsiyasini qo’llab yangi materiklar xaritasini tuzadiki , tasodif tufayli qo’shaloq materiklarga “Amerika ” nomi mujassamlashib qoldi. Nomlanish tarixida eng katta xato va Kolumbga nisbatan o’ta ketgan adolatsizlik geografik voqiylik bo’lganidan etiboran Amerika nomi paydo bo’ldi.
Al’p qadimiy kel’t tilida - tog’ , balandlik degan oddiy so’z bo’lgan. Zamon o’tishi bilan Yevropadagi eng baland tog’ning nomiga aylangan. Ayni vaqtda Al’pinizm, Al’p o’tlog’i Al’p burmalanishi kabi iboralar geografiyada paydo bo’ldi. Xingan Xibin nomlari aslida Yassitog’ilk tizma ma’nosidagi nomlardir. Toponimlarda umumlashtirish ham ananaga aylangan. Ilgari Toshkentning faqat bir darvozasi, so’ngra darvoza atrofidagi bir guzagina Samarqand darvoza deyilgan. Hozir esa Chorsudan to Zaxariqacha bo’lgan katta hudud umumlashma - Samarqand darvoza ko’chasi deyiladi. Yana bir misol Xitoyning janubidagi eng katta daryoning nomi Chntzi bo’lib, uning quyi qismi okeanga quyilish joyigacha Yantsizi deyiladi. Yevropalik va umuman geografik kitoblarda butun daryo Yantizi deb umumlashma nomi bilan ataladi.
Ayrim nomlar aniq bir sanada hosil qilinadi. 1520 yilda Tinch okeani nomi Magellan sayohati natijasida paydo bo’ldi. Avstraliya nomi 803 yilda rasmiylashdi. Afrikada Tanganika Zanjibar davlatlari 1964 yilda tanlov asosida ikki davlat nomlarining birinchi bo’g’inidan kesib olinib Tanzaniya hosil bo’ldi. Hozircha izohi aniqlanmagan nomlar ham uchraydi. Bunday nomlar nooydin nomlar izohi bir muncha aniq qaysi tilda nima sababdan atalganligi aniq nomalr haqida XX asrning eng yaxshi geografiya darsligi mualliflaridan biri Moskvalik geograf professor B.P. Maksokovskiy toponimika fani uchun kartadagi nomlar bo’lajak o’qituvchilar uchun o’zi haqida so’zlab turadigan darajasida toponimikani o’qitish kerak. Nomlar haqidagi fanning o’qitilishiga ahamiyat berish diqqatni jalb etadi. Joy nomlari nihoyatda turli tuman, ularni tasniflash ham turlicha tamoiyillar asosida bo’lihsi mumkin. Nomlarni semantik - til qoidalari nuqtai nazardan turlarga ajratish holari ko’proq uchraydi. Nomlarni shakllanish bosqichlari bo’yicha ham tahlil etish o’rinli bo’ladi. Geografik adabiyotlarda xususan geografik atoqli geograf olim H.Hasanov ko’rgazmalariga amal qilib, Nomlarning paydo bo’lishi shartli ravishda quyidagicha b tartibda tasniflash mumkin.
1. Joyning holati xosiyati yer yuzasi va umuman tabiatiga bog’liq nomlar. Yer yuzasida shimoliy, janubiy sharqiy va g’arbiy ma’nolarini anglaatadigan ob’ektlar nomi talaygina. O’rta Yer dengizi shimoliy orollar rel’efiga bog’liq. Monblan, Kesek tog’i gidronimlar Xuanxe Rio-Negro Jinnidaryo Bodhez nurash natijasida hosil bo’lgan geomorfologik shakllar- Odamtosh Arratosh Uradaryo.
2. O’simlik va hayvonlarga bog’liq nomlar To’ldi Qo’rg’on, Qarag’anda Yo’lbars to’qay Bo’kantov, Shvarsvald Qoplonqir
3. Foydali qazilmalarga bog’liq nomlar Toshko’mir, Jezqazg’an, Tasqazg’an, Temirtov, Neftdag, Kumushkon, Oltintopgan, Tillakon, o’z navbatida mineralarga yoki tog’ jinslarga joy nomlari bilan atalgan. Labradorit, Amazonit
4. Kasb-hunardan olingan nomlar - shaharlar mikrotoponimiyada ko’pchilikni tashkil etadi. GalaOsiyo (ko’ptegirmon0 Sarasiyo (Tegirmon boshi) So’zangaron, Ohangaron, Dehqanobod, Charvador
5. Xalq qabila va ulug’larga bog’liq nomlar – Baxrin, Barlos, Jaloir, Mang’it, Qarluq, Qo’ng’irot, Qipchoq, Qovchin, Nukus va boshqa aholi punktlari
6. Shaxslarning nomi bilan bog’liq nomlar Antroponimlar – Patronimlar Navoiy viloyati va shahri, Beruniy Sharof Rashidov tumanlari, Sankt-Petrburg shahri Boliviya, Kolumbiya davlatlari. Vashington shahri Dreyx bo’g’ozi, Viktoriya sharsharasi va oroli, Lingvitson sharsharasi, Barens dengizi, Tasman oroli.
7. Afsanoviy va diniy nomlar – Oqmachit (Qizilo’rda shahrining nomi) Mozori sharf Mashhad shaharlari, Shohimardon qishlog’i. El’-Nino Fenomeni – Tinch okeaning janubiy Amerika qirg’og’ida issiq oqimning har 7-10 yilda paydo bo’lishi Rajestvo bayrami ar afasida kashf etilgani uchun Zangi ota tumani,
8. G’aroyib-ajoyib va erish tuyiladigan nomlar - Namangandagi “Labay tog’i” mahalasi , Aqshdagi Ajal vodiysi, Erondagi dashti Noumid cho’li, Qora dengizning sharqiy sohilidagi Gelenchik (Kelinchaklar) shahri Al’p tog’ining Yungfrau – kelinchak cho’qisi Rossiyadagi Tyani (Mast0 Shaytanka daryolari bunday nomlarga misol bo’ladi. Qashqadaryo havzasining tog’lik qismida O’lmas daryochasi Chit yaylovi, Kesik tog’i Belisiniq ellikboshi qirlari, Tersoqar soyi kabi nomlar uchraydi.
9. Yangi zamon nomlari – ramziy geografik nomalr - Mirzacho’lni o’zlashtirish munosabati bilan Do’stlik Zarbdor, Mirzabod, Sayhunobod, Guliston kabi tumanlari paydo bo’ldi. Afrikaning janubida yaxshi umid burni, Rossiya dagi Vladikavkaz, Viladivostok, Krasnador (Qizillar in’omi) shaharlarning nomlari ham ramziy toponimlardir.
Shunday qilib, toponimlarni bunday tasniflash shartlidir. Ammo geografik ta’limning talablariga bu fanning qiziqarli ammobop ilm ekanligi ishoradir. Chunki, nomlarda tabiiy sharoit, iqtisodiy-ijtimoiy voqealik, xalqning tili odamlarning orzu umidlari muhrlanib qolgan. Geografik nomlarning kelib chiqishi va mazmuni jihatidan turlarga – tasniflashdan tashqari qaysi tildan paydo bo’lganligi o’zgarganligi yoki o’zgarmaganligi bo’yicha ham tasniflanadi.
Geografik nomlarni xaritalarda tasniflashda ularning kelib chiqishida tiplash yani turlarga bo’lish talab etiladi. Zero toponimlar atoqli otlar bo’lganidan ularning qanday paydo bo’lganligi to’g’ri yozilishda katta ahamiyatga ega. Shu boisdan geografik nomlarni quyidagi beshta guruhga bo’lish mumkin.
1. Tub joy aholi tilidagi ma’nosi aniq nomalr - Qiziltepa tumani, Chistopil shahri g’arbiy Sibir pasttekisligi Mingbuloq botig’i,
2. Aniq bir tili bilan bog’liq, ma’lum o’zgarishga uchragan geografik nomlar Yakkabog’ shahri va tumaning nomi aslida – tojik tilidan olingan bo’lib, ko’pchilik tadqiqotchilar tomonidan “Yolg’iz bog’”, “Tanho bog’” deb talqin etiladi. Kitob Sharhsabz botig’ining bo’ rog’lar burkangan , eng bog’dor qismi bo’lgani, tarixan juda kohna yurt bo’lganligi uchun ham “Birdan – bir bog’” ma’nosi Yakkabog’ nomiga yopishmaydi. Mazkur nom mevalari bilan ajralib turuvchi “Sara bog’” mazmunidan olingan deb hisoblaymiz. Zero, keyingi 800 yillik tarixda ham, hozirgi davrda ham, Yakkabog’ Movoraunnahrning eng serbog’, obod joylaridan biri. Sifatida mashhur bo’lgan. Bizning kunlardi (Xxi asr boshida) O’zbekistonning Kitob Samarqand qishloq tumani, Urgut, Bulung’ur, Baxmal, Yangi yo’l, Namangan singari tumanlar, qatorida eng uzum va meva yetishtiruvchi tuman hisoblaanadi. Demak mazmunan birgina bog’ emas, sarabog’ alohidalik manosidagi toponim hisoblanadi.
3. Avvalgi xalqlardan meros qolgan nomlar . Hisor toponimi-tog’ tizmasi vodiyning nomi sifatida tojik va o’zbeklarning ajdodi – sug’dlardan qolgan nom. “Qo’ng’irot, Qasr manosiga ega. Hisor tizma tog’lari nomida joy tabiiy geografik hususiyati aks etgan. Deyihs mumkin. Qadimgi Sug’diyona davlatining katta qismi bo’lgan Qashqadaryo havzasida “Hisor” toponimining boshqa ko’rinishlari ham bor. Hisor tizma tog’lari Qashqadaryo, Surxandaryo va Hisor vodiylari oralig’ida huddi qo’rg’on singari yusalib turibdi, Naqshab, Nasaf - Qarshi, toponimlari haqida ham shu fikrni keltirish mumkinki, bu so’zlar hozirgi tojik va o’zbek tillarida aynan shu manoda jonli tillarda qo’llanilmaydi.
4.Boshqa xalq tilidan qolgan hozirgi xalq toponimiga o’tgan nomlar , Jinov qishlog’ining nomi fors tilida Yangiariq, Mirishkor usta dehqon, Denov – Yangi qishloq, Burdalin - Mehmonxona mazmunida qadimgi forsiylardan qolgan nom. San-Fransisko shahrining nomi- ispanlardan qolgan Xiristian dinidagi forsc farishta Fransisko nomi, San-Avliyo. Hozirgi AQShda ingliz tilida gaplashuvchi Amerikaliklar ispanlardan qolgan - Los-Anjilis, Kalorado, Jizzax, Qal’acha Istexkom, sug’d tilidan o’tgan, Kogon mo’g’il tilidagi Hokon so’zi, Oloy tizmasi nomi - Sankrit tilida makon, qadimgi turkiy tilda – Qo’shin, jamoa, xaloyiq mazmuni; Murg’ob daryosi, Mari shahri, Marg’ilon shahari - toponimlar o’zagi, qadimgi baqtriy7a tilida Marg-o’tloq mazmunida bizgacha yetib kelgan.
5. Gibrit nomlar – bir-necha til, bir necha qism, qismlari ma’nosi bir xil bo’lgan aralash-quralash so’zlardan tashkil topgan nomlar. Venesuella, kichik Venetsiya (erkalatma ) demakdir. Avstriya toponimi-sharqiy rayon, Ko’hitang tog’- tojikcha ko’hi tog’ , tang – tor, tangi, o’zbekcha tog’. Indoneziya- Yava Sumatra, Sulavesi, Bali, Kalimantan va bir qancha orollarning umumlashma nomi 1884 yilda “Indo-hindi, neziya - orollar” “Hind orollari deb rasmiylashtirilgan nom.”
Xitoyda uchta shahar - Uchan, Xonkau, Xo’yan, - kengayib, qo’shilib, yangi bir shaharga aylandi. – o’sha nomlarning bo’g’imlarida Uxan shahri paydo bo’ldi. Pokiston-toponimi, - hind musurmonlari milliy ozodlik harakat rahbari-Cho’dri Rahmat Ali- inglizlar mustamlakasidan ozod bo’lish yo’lida yangi islom davlati barpo etish rejasini taklif etib, panjob - Afg’oniya (Hindiston yarim orolining shimolidagi Paton qabilalari yashagan Peshavor viloyati), Kashmir , Sind va Balojiston yerlarini birlashtirishni o’ylagan hamda viloyatlar nomining besh harflari va iston suffeksidan Tojikiston nomini to’qigan. Ayni vaqtda Rahmat Ali bu nomning “Pok” “Toza, halol, oydin” nom ma’nolari borligini nazarda tutgan. Keyinchalik Islom dini g’oyasini ko’tarib chiqqan rahbarlar bu nomga to’la diniy tus berib, “Asl islom mamlakati degan mazmunni singdirib, Pokiston nomi, dunyo xaritasida paydo bo’ldi. Demak Pokiston-Gibrit nom.
1962 yilda Yaponiyaning yonma-yon joylashgan beshta shahri-Modzi, Konura, Makamatsu, Yavata, Tabata. Birlashtirilib, yirik shaharga aylantirildi. Yangi shahar nomi uchun tanlov elon qilindi. 137 mln kishi 19 ming nom taklif qilgan. Oxir oqibatda Ketakyusyuse - (simoliy Kyusyu shahri ) degan Gibrit to’qima nom berilgan. Nomlarni morfologik jihatidan
Oddiy nomlar - bir so’zdan tashkil topgan nomlar-langar qishlog’i, Maskva shahri, Amazonka daryosi;
Murakkab nomlar – ikki yoki bir necha so’zdan tuzilgan nomlar - Kattaqo’rg’on shahri, Banditurkiston tog’i.
Dostları ilə paylaş: |