1.1Qadimgi Yunoniston tarixiga kirish ……………………………………………………………….…5
1.2 Qadimgi Yunonistonni o'rganishning asosiy bosqichlari ……………………..13
II BOB. Qadimgi Yunonistonning tabiiy sharoiti.
2.1 Qadimgi Yunonistonning taraqqiyot bosqichlari…………………………...…21
2.2. Qadimgi Yunoniston aholisi………………………………………………………………………….27
XULOSA………………………………………………………………….…...33
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………………….35
{1}
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. “Qadimgi Yunoniston” mavzusini o’rganishda biz Qadimgi Yunonistonning paydo bo’lish tarixi,davlatning shakllanishi,geografik joylashuvi,tabiiy sharoiti, aholining davlatdagi o’rnining asosiy bosqichlariga e’tiborimizni qaratamiz. Qadimgi Yunonistonning taraqqiyot bosqichlari. Yunon tarixi Qadimgi dunyo tarixining bir qismi hisoblanadi. Qadimgi yunon tarixi doirasida Bolqon yarim oroli, Egey dengizi havzasi, janubiy Italiya, Sitsiliya oroli va shimoliy Qora dengiz bo‘yi, Kichik Osiyoning g‘arbiy qirg‘og‘idagi qadimgi jamiyatlarning shakllanishi, gullab-yashnashi va tushkunlik davrini o‘rganadi. Yunoniston tarixi uchta katta bosqichga bo‘linadi.
I bosqich - miloddan avvalgi II ming yillik - ilk davlatlar paydo bo‘lishi (Krit – Miken davri tarixi).