Geografiya darslarida tabiiy geografik о‘quv sayyohatlarni tashkil etish metodikasi


Sayyohatni o‘tkazish uchun qo‘llaniladigan metodlar



Yüklə 72,41 Kb.
səhifə5/9
tarix27.02.2023
ölçüsü72,41 Kb.
#85847
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Geografiya darslarida tabiiy geografik î‘quv sayyohatlarni tashk

Sayyohatni o‘tkazish uchun qo‘llaniladigan metodlar.
Har bir fanning o‘ziga xos o‘rganish metodlari bo‘lganligi kabi, sayyohatni o‘tkazish jarayonida ham turli metodlardan foydalaniladi. Jumladan, stasionar, kuzatish, geografik nuqta yozish, marshrutlar uyushtirish orqali hududni o‘rganish metodi, taqqoslash, kartografik, aerokosmik ma’lumotlardan foydalanish, statistik ma’lumotlarni tahlil qilish kabi metodlar o‘quv dala amaliyoti o‘tishning asosini tashkil etadi. Ushbu metodlarning qisqacha tavsifi quydagilardan iborat.
Stasionar metodi. Ushbu metodning asosini o‘quvchilar sayyohat rahbari sifatida ishtirok etuvchi o‘qituvchilari yordamida sayyohat o‘tkazilishi mo‘ljallanayotgan hududning tabiiy geografik xususiyatlari bo‘yicha muqaddam yozilgan ilmiy, o‘quv uslubiy adabiyotlar, internet ma’lumotlari asosida ma’lumot to‘plab, hududni statsionar holatda ilmiy o‘rganadilar.
Kuzatish metodi. O‘quvchilar guruh rahbari boshchiligida sayyohat o‘tilayotgan hududning geologik tuzilishi, geomorfologiyasi, iqlim xususiyatlari, ichki suvlari, tuproq qoplami, o‘simlik va hayvonat dunyosini bevosita kuzatishlar orqali idrok qiladilar.
Geologik kuzatishlar – Ular ixtisoslashgan ob’ektlarda (daryo vodiylari, soylarning tipi qirg’oqlari bo‘ylab, yoki antropogen komplekslarda yangi qazilgan ariqlar va chuqurlar) olib boriladi.
Geografik nuqta yozish metodi. Guruh rahbari ixtiyoriy ravishda hududning biron bir komponentini o‘rganish va o‘quvchilarga uning xususiyatlarini tushintirib berish uchun eng qiziqarli geografik nuqtani tanlaydi va uni tavsiflab beradi.
Marshrutlar uyushtirish metodi. sayyohatni o‘tash jarayonida sodda va murakkab turdagi marshrutlar uyushtirish va yo‘l-yo‘lakay kuzatish, geografik nuqta yozish metodlarini qo‘llash samarali natijalar beradi. Chunki o‘quvchilar kuzatish mumkin bo‘lgan barcha xarakterli tabiat komponentlari, tabiiy geografik jarayonlar aynan sayyohat atrofida emas, balki undan birmuncha yiroqda joylashgan bo‘lishi mumkin. Shunday holatlarda turli marshrutlar uyushtirish metodi qo‘l keladi va qimmatli ma’lumotlar to‘planadi.

Yüklə 72,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin