trener tinglovchilar bilan birga bahs mavzusini yoki muhokama etilishi kerak bо‘lgan muammoni yoki о‘rganilgan bо‘limni belgilab oladi;
trener о‘quv mashg‘ulotida avval har bir tinglovchi yakka tartibda ishlashi, keyin esa kichik guruhlarda ish olib borilishi va nihoyat dars oxirida jamoa bо‘lib ishlanishi haqida tinglovchilarga ma’lumot beradi;
mashg‘ulot davomida har bir tinglovchi о‘z fikrini erkin holda tо‘liq bayon etishi mumkin ekanligini eslatib о‘tiladi.
2 – bosqich:
har bir tinglovchiga FSMU texnologiyasining 4 bosqichi yozilgan qog‘ozlar tarqatiladi.:
F – fikringizni bayon eting.
S – fikringizni bayoniga sabab kо‘rsating.
M – kо‘rsatgan sababingizni isbotlab misol (dalil) keltiring.
U – fikringizni umumlashtiring.
Har bir tinglovchi yakka tartibda tarqatilgan qog‘ozdagi FSMUning 4 bosqichini о‘z fikrlarini yozma bayon etgan holda tо‘ldiradi.
3 – bosqich:
har bir tinglovchi о‘z qog‘ozlarini tо‘ldirib bо‘lgach, trener ularni kichik guruhlarga bо‘linishlarini iltimos qiladi yoki о‘zi turdi guruhlarga bо‘lish usullaridan foydalangan holda tinglovchilarni kichik guruhlarga bо‘lib yuboradi;
trener har bir guruhga FSMU texnologiyasining 4 bosqichi yozilgan katta formatdagi qog‘ozlarni tarqatadi;
trener kichik guruhlarga har birlari yozgan qog‘ozlardagi fikr va dalillarni katta formatda umumlashtirgan holda 4 bosqich bо‘yicha yozishlarini taklif etadi.
4 – bosqich:
kichik guruhlarda avval har bir tinglovchi о‘zi yozgan har bir bosqichdagi fikrlari bilan guruh a’zolarini tanishtirib о‘tadi. Guruh a’zolarining barcha fikrlari о‘rganilgach, kichik guruh a’zolari ularni umumlashtirishga kirishadi;
guruh a’zolari FSMUning 4 bosqichini har biri bо‘yicha umumlashtirib, uni himoya qilishga tayyorgarlik kо‘radilar;
fikrlarni umumlashtirish vaqtida har bir tinglovchi о‘z fikrlarini himoya etishi, isbotlashi mumkin.