Geografiya ta’limi vositalari reja


Ta’lim metodlari va ularning turlari



Yüklə 65,5 Kb.
səhifə4/5
tarix07.04.2023
ölçüsü65,5 Kb.
#94539
1   2   3   4   5
Geografiya ta’limi vositalari reja

Ta’lim metodlari va ularning turlari. O‘qitishdan ko‘zlanadigan maqsad bu davlat ta’lim standartlarida belgilangan bilim va ko‘nikmalarini o‘quvchiga yetkazishdan iborat. Qachonki o‘quvchi tomonidan bilim qabul qilinsa va tushunib yetilsa yoki o‘quvchi malaka oshirish uchun mo‘ljallangan topshiriqlarni amalda namoyish etib bera olsagina o‘qitish muvaffaqiyatli kechdi deb hisoblasa bo‘ladi. Ma’lumki, ta’lim olish (ma’lumot olish) jarayoni – bu ma’naviy va aqliy qobiliyatlarni tizimli rivojlantirib borish, bilim va tushunchalarni shakllantirish va olingan bilimdan foydalana olish qobiliyatini tarkib toptirishdan iborat jarayondir. Bu jarayon ta’lim oluvchining o‘ziorqali yoki boshqa birov- ta’lim beruvchining ko‘magida amalga oshirilishi mumkin. Ta’lim olish jarayoni esa turli xil metodlarga (usullarga) tayangan holda kechadi. Ta’lim metodini (usulini) – ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchining ma’lum maqsadga qaratilgan, birgalikdagi faoliyatini tashkil qilishning muayyan tizimga va tartibga solingan yo‘l-yo‘rig‘i sifatida ta’riflash mumkin. Ta’lim modeliniesa bir yoki bir nechta ta’lim metodlari yordamida amalga oshiriladigan ta’lim jarayoni amalga oshirish tuzilmasi, deb qarashimiz mumkin. Ta’lim metodi –bu ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchining ma’lum maqsadga qaratilgan, birgalikdagi faoliyatini tashkil qilishning muayyan tizimga solingan yo‘l-yo‘rig‘i. Ta’lim metodlarini ta’lim maqsadlariga erishish bo‘yicha o‘quvchi va o‘qituvchining birgalikdagi ish faoliyatini tashkil qilishning belgilari bo‘yicha quyidagicha guruhlarga bo‘lish mumkin.
Bu sahifa navigatsiya:

  • O‘qituvchi markazda bo‘lgan uslub.

O‘qituvchi markazda bo‘lgan uslublar;

O‘quvchi markazda bo‘lgan (interfaol yoki interaktiv) uslublar.

Odatda ushbu uslublardan biri yoki bir nechtasi ayrim o‘qitish modellarida birvarakayiga foydalaniladi. Odatda dars jarayoni ikki yoki undan ortiq asosiy uslublardan tashkil topadi va bu uslublar dars mavzusiga to‘la muvofiq bo‘lib, o‘quvchilarning bilim va tajribasi qay bosqichda ekanligiga qarab qo‘llaniladi.



Yüklə 65,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin