Geografiya ta’limida o’yinlardan foydalanish reja: kirish


Quyidagi hollarda yuqori baho qo‘yiladi



Yüklə 142 Kb.
səhifə4/10
tarix05.06.2023
ölçüsü142 Kb.
#125131
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
GEOGRAFIYA TA’LIMIDA O’YINLARDAN FOYDALANISH

Quyidagi hollarda yuqori baho qo‘yiladi:

  • o‘yin qatnashchisi faol qatnashadi;

  • barcha berilgan vazifalarga to‘liq va aniq javob bersa:

  • darsda do‘stlariga yordam ko‘rsatsa;

  • geografik atama va tushunchalarni to‘g‘ri ishlatsa;

  • geografik ob’ektlarni to‘g‘ri aytib, to‘g‘ri ko‘rsatsa, javoblarda chiroyli ibora ishlatilsa;

  • qiyin hollarda mustaqil javob topsa, qarorga kela olsa;

  • o‘zining va do‘stlari natijalari, ijodini ob’ektiv baholasa;

  • javoblarida faqat geografik darsliqlan ma’lumotlar beribgina qolmay, qo‘shimcha manbalardan: maxsus geografik adabiyotlar, gazetalardan, TV va radio xabarlaridan misol keltirilsa;




  • o‘yin qoidalariga binoan javob natijalarini to‘g‘ri va aniq ifodalasa.

Iqtisodiy geografiya ta’limida o‘yinlardan foydalanish

Geografik o‘yinlar o‘quvchilarni geografik bilimlarga, qiziquvchi, xaritani bilishga undovchi, bilim doiralarni kengaytiruvchi, ularda hozirjavoblik xususiyatlarini tarbiyalovchi, o‘quv materialini qiziqarli shakllarini o‘zlashtirishga yordam beruvchi qulay va samarali vositalardan hisoblanadi.


Geografik o‘yinlardan foydalanganda quyidagi metodik talablarga rioya qilish kerak:


O‘yinlardan dars, darsdan tashqari ishlarda foydalanish mumkin. Buning uchun o‘quvchilarni qiziqtiradigan va ularning yosh xususiyatlariga mos keladigan o‘yinlar tanlab olinadi. O‘yinlarni o‘qituvchi rahbarligida olib boriladi.


Dars jarayonida o‘yinlarga 5 - 10 daqiqa yoki chorak oxiri, yirik mavzularni takrorlashda butun bir darsni ajratish mumkin. O‘yin dars materiali mazmuni bilan uzviy bog‘langan, unga asoslangan va o‘quvchilar bilim saviyasiga mos kelishi kerak.

O‘yinlar mazmuni va shakliga ko‘ra har xildir. Shuning uchun har bir o‘yin aniq maqsadni ko‘zda tutadi. O‘yinlar dars materialini qaytarish, mustahkamlash, xaritani o‘rganish, o‘quvchilar bilim doirasini kengaytirish, ularning bilim va malakalarini baholashda o‘tkaziladi.


Har bir o‘yin o‘tkazishda avval, unga puxta tayyorgarlik ko‘riladi. Zarur jihozlar: savollar, jadvallar, xaritalar, yozuvsiz xaritalar oldindan tayyorlab qo‘yiladi. O‘quvchilarga o‘yin qoidalari tushuntiriladi. O‘yin


paytida o‘quvchilar o‘zaro musobaqalashadilar va o‘z bilimlarini, topqirligini va hozir javobligini namoyish qiladilar. O‘yinda faol qatnashgan va uning shartini to‘g‘ri bajargan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi. Darsda baholanadi, darsdan tashqari ishlarda esa taqdirlanadi.


Quyida dars va darsdan tashqari ishlarda, kecha va guruh mashg‘ulotlarida foydalanadigan o‘yinlarning ayrimlarini ko‘rib chiqamiz.





Yüklə 142 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin