Rolli o‘yin – qatnashchilarning tajribasini kengaytirish metodi bo‘lib, ularni kutilmagan vaziyatga duch qilish orqali shu vaziyatda qatnashchilardan kimningdir rolini ijro etish taklif etiladi, shu orqali vaziyatning mos intixosinitopadigan metod ishlab chiqishga erishiladi. Rollar o‘yini nazariyasi mashhur amerikalik tadqiqotchi Dj.Moreno aytganidek, rol so‘zi lotincha rotula (kichik g‘ildirak yoki g‘o‘la) so‘zidan olingan bo‘lib, keyinchalik pesaning aktyor uchun qog‘ozga yozgan va dumaloq naycha qilib o‘ralgan varaqdagi so‘zlari edi.
Faqatgina XIV-XVII- asrga kelib bu so‘z aktyorlar o‘yini ma’nosini anglata boshladi. Rolli o‘yinlar tushunchasi XX asrda yuzaga keldi. Rolli o‘yinlar vaqtinchalik qatnashchining boshqa kishining rolini o‘ynashni, yoki o‘zini boshqa vaqt oralig‘ida ko‘rsatishini ko‘zda tutadi. Kishi rolni qabul qilganidan keyin shu roldagi personaj kabi xis qilishga, harakat qilishga va o‘zini ko‘rsatishga harakat qiladi. Boshqa qatnashchilar biron bir maqsad bilan rol o‘ynayotganlarini ko‘zatadilar. Ishning bunday shakli turli maqsadlarda qo‘llaniladi
Geografik o‘yinlarning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat.
- geografik o‘yinlar bilan dars o‘tilganda o‘quvchilarda rivojlantiruvchi faoliyat vujudga keladi. Bunday jarayonda ishtirok etayotgan o‘quvchilar rollarini va vazifalarini erkin tanlashdi. Masalan, ekspeditsiya o‘yinlarida kema darg‘asi, boshqaruvchi, kuzatuvchi, kartograf, dengizchilar va boshqa rollar;
- geografik o‘yinlar bilan shug‘ullanish jarayonida ijodiy muhitni va munozaralari topshiriqlarni vujudga kelishi. O‘quvchilar geografik o‘yin davomida aniq bir rollar va vazifalarni bajarish jarayonida ijodiy ishlar bilan mashg’ul bo‘lishadi, ma’lum bir muammolarni hamkorlikda yechishadi.
Geografik o‘yinlar darsning mavzusi va o‘tkaziladigan muddatini o‘qituvchi oldindan belgilaydi. O‘yinga tayyorgarlikda o‘qituvchi geografik o‘yinlarning tarkibiy tuzilishini aniqlab oladi. Geografik o‘yinlarning tarkibiy tuzilishiga quyidagilar kiradi:
- o‘yin maqsadi va loyihasini ishlab chiqish;
- o‘yinda ishtirok etadigan personajlarni aniqlash;
- o‘yinda ko‘zda tutilgan personajlarning vazifalarini ishlab chiqish;
- ma’lum bir personajlar bajaradigan vazifalarni bajarish metodini ishlab chiqish yoki tanlash;
- geografik o‘yinda ishtirok etadigan personajlar o‘rtasidagi munosabatlarni ishlab chiqish.
Geografik o‘yinlar individual, guruhli va ommaviy turlarga bo‘linadi. Ularning barchasi ma’lum bir o‘quv sharoitlarida qo‘llaniladi. Geografik o‘yinlar syujetli –rolli, ijodiy, ishbilarmonlik, konferensiya va boshqa turlarga bo‘linadi.
Syujetli – rolli o‘yinlar tabiiy va iqtisodiy - ijtimoiy borliq va hodisalarni o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganishga yo‘nalltirilgan bo‘ladi.
Ijodiy o‘yinlar o‘quvchilarni avval olgan bilimlariga asoslanib ma’lum bir muammoli geografik masalani didaktik o‘yinlar orqali yechishga mo‘ljallangan bo‘ladi.
Ishbilarmonlik yoki tadbirkorlik o‘yini iqtisodiy va ijtimoiy geografiya darslarida ko‘proq qo‘llaniladi.
Geografiya fanida qo‘laniladigan didaktik o‘yinlarni quyidagi guruhlarga bo‘lishimiz mumkin: tabiiy geografik; iqtisodiy-ijtimoiy geografik.
Dostları ilə paylaş: |