b) texnik vositalari: kompyuter, televideoproyektor, monitor.
Asosiy tushunchalar va atamalar: Kompas, ufq, ufq tomonlari, azimut, metr, ruletka,yasama o‘lchov g‘ildirak, qadamlab o‘lchash.
Darsning blok-sxemasi:
T/r
Darsning bosqichlari
Vaqt
1
Tashkiliy qism
3 daqiqa
2
O‘tilgan mavzuni takrorlash
10 daqiqa
3
Yangi mavzu bayoni
15 daqiqa
4
Yangi mavzuni mustahkamlash
12 daqiqa
5
Darsni yakunlash:
1.O‘quvchilarni baholash
2. Uyga vazifa berish va darsni yakunlash
5 daqiqa
DARSNING BORISHI: Tashkiliy qism(salomlashish, davomatni aniqlash, sinf tozaligini va o‘quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish).
O‘qituvchi darsga kirib kelib, o‘quvchilar bilan salomlashadi va quyidagi she’rni aytadi:
Qadimda Eratosfen,
Atagan fan, o‘sha – men.
Yunoncha so‘z “geo” – “Yer” –
“Grafo” – “yozaman” der.
O‘zbekchaga o‘girsak,
“Yerning tasviri” demak.
Buni barcha o‘quvchi,
Albat bilmog‘i kerak.
S hundan so‘ng o‘qituvchi davomatni aniqlaydi, sinf tozaligini va o‘quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshiradi. Bugungi dars quyidagi kartochkalar asosida baholab borilishini e’lon qiladi: