Geografiya va maʼnaviyat tarbiyasi Mastura Primova Norqobilovna



Yüklə 28,67 Kb.
tarix17.05.2023
ölçüsü28,67 Kb.
#115303
Mastura Primova Norqobilovna


Geografiya va maʼnaviyat tarbiyasi
Mastura Primova Norqobilovna
Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumani 10-umumiy oʻrta taʼlim maktabining geografiya fani oʻqituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada ma’naviy-axloqiy tarbiya haqida umumiy tushunchalar, ma’naviyaxloqiy xulq-atvor, ma’naviy-axloqiy tarbiya metodlari haqida ma’lumotlar berilgan. Axloq va axloqiy ong tushunchalari ma’nosi ochib berilgan. geografiya fanining zamonaviy o‘qitish metodikalari, fanning maqsad va vazifalari haqida qisqacha so‘z yuritiladi.
Kalit so’zlar: axloq, ma’naviyat, tarbiya, ma’naviy axloqiy tarbiya, ma’naviyaxloqiy tushunchalar, geografiya, xususiy didaktika, xususiy geografiya, geografik tafakkur, geografik ekskursiyalar.
Axloqiy ongning o‘ziga xos tushunchalari sifatida yaxshilik va yomonlik, burch, vijdon, sha’n, qadr-qimmat kabilarni keltirib o'tish mumkin. Yuqorida aytilganlarni e’tiborga olib, axloqning, jamiyat a’zolarming faoliyatiga yo'nalganligi va uni boshqarilishi ma’nosida, faoliyatli tavsifini ko‘rsatib o‘tish to‘gri bo‘ladi. Axloqiy me’yorlar har bir inson va jamiyat uyg‘unlikda mavjud bo‘la olishiga intilgan kishilik jamiyatining ko‘p asrlik tajribasi natijasidir. Axloq me’yorlari insonning yaxshilik va yomonlikni chegaralash, ezgulik nima ekanini aniqlashga intilishlari natijasida yuzaga kelgan. Axloq me’yor va qadriyatlardan iborat. Axloqning uchinchi elementi esa, shaxs o‘zida tarkib toptirishni xohlagan me’yor va sifatlar tarzida ajratib ko‘rsatish mumkin. Me’yor - bir turdagi xulq-atvor, takrorlanadigan vaziyat, talab, standart, taqlid uchun misol, ijtimoiy fikr, did, qoida, urf-odat shaklidagi namuna. Me’yorlar ajdodlarning katta ijobiy ahamiyatga ega tajribasini o‘zida mujassamlaydi, zero ularda u yoki bu xulq-atvorining ko‘plab avlodlar tajribasida sinalgan maqsadga muvofiqligi aks etadi. Ma’naviyat va axloq o‘z navbatida tarbiya jarayonini samarali tashkil etishni taqozo etadi. Ma’lumki, tarbiya yosh avlodni jamiyatda yashashga maqsadli tayyorlash jarayoni bo‘lib, maxsus tashkil etilgan davlat va jamoat institutlari orqali amalga oshiriladi, jamiyat tomonidan nazorat qilinadi va tuzatishlar kiritib boriladi. Ma’naviyaxloqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida uyushtiriluvchi tadbirlar xulq-odobga doir xattiharakatlar zanjiridan iborat bo‘ladi. Ma’naviy-axloqiy xatti-harakatlar esa o‘quvchi tomonidan axloqiy me’yor va tamoyillar mohiyatini o‘rganish, ularni anglab yetishdan iboratdir. Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning maqsad va vazifalari. Ma’naviyaxloqiy tarbiya - yagona ijtimoiy tarbiya jarayonining tarkibiy qismi. Jamiyat tomonidan insonlar xulqining boshqarilishiga zarurat ikki o'zaro bog‘liq vazifani shart qilib qo‘yadi: birinchidan, jamiyat ongida me’yorlar, tamoyillar. ideallar, adolat, ezgulik va yovuzlik kabi tushunchalar ko‘rmishida aks etadigan va asoslanadigan axloqiy talablami ishlab chiqish; ikkinchidan, inson o‘z xattiharakatlarini yo‘naltirishi va nazorat qila olishi, shuningdek ijtimoiy xulqni boshqarishda ishtirok eta olishi, ya’ni boshqa kishilarga talab qo‘ya bilishi va ulaming xatti-harakatlarini baholay olishi uchun bu talablarni hamda ular bilan bog‘liq tasavvurlarni har bir inson ongiga singdirish. Aynan shu ikkinchi vazifa insonda shaxsning tegishli e’tiqod, ma’naviy moyilliklar, histuyg‘ular, odatlar, barqaror axloqiy sifatlami shakllantirishdan iborat bo‘lgan axloqiy tarbiya orqali hal qilinadi. U yoki bu jamiyatda ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayonining mazmuni uning maqsadlari bilan belgilanadi. Bu maqsadlar ijtimoiy munosabatlar tavsifi bilan belgilanadi. O'quvchilarda ma’naviy-axloqiy tarbiyani shakllantirish ulaming ma’naviy dunyosini, ongini, axloqiy hislarini, shaxsiy sifatlari va xulqini tarbiyalash hamda rivojlantirishni taqozo etadi. O‘quvchilami axloqiy tarbiyalashning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: 1) o‘quvchilarda axloqiy his-tuyg‘ular va xatti-harakatlami tarbiyalash; 2) xulq madaniyati va ijobiy histuyg‘ulami tarbiyalash; 3) axloqiy xulq-atvor.ko‘mkmalarini shakllantirish. Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning asosiy tamoyillariga quyidagilar kiradi: ma’naviyaxloqiy tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganligi; ta’lim-tarbiya ishiga o'quvchi shaxsini hurmat qilgan holda yondashish; ma’naviy-axloqiy tarbiyani hayot va amaliyot bilan bog'lab olib borish; o'quvchilaming faolligi; jamoada tarbiyalash; tarbiyaviy ishning tizimliligi va izchilligi; tarbiyaviy ishning ta’sirchanligi; oila, ta’lim muassasasi, davlat va nodavlat tashkilotlar hamda kattalar tarbiyaviy ta’sirining birligi; o‘quvchidagi ijobiy sifatlarga suyanish; o'quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirishni ko‘zda tutish. Tarbiyaning zamonaviy tamoyillari - tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o‘rtasida subyekt-subyekt munosabatlarinmg o‘rnatilishi, dialog nuqtai nazariga muvofiq tarzda shunday xulosaga kelindiki, ma’naviy-axloqiy tarbiyaning muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun psixik jarayonlarga (inotivasiya, anglash, interiorizasiya va boshqalar) tashqi ta’sirlar ichki, individual-shaxsiyga organik va mustahkam aylanadigan pedagogik shart-sharoitlami yaratish zarur. Ma’naviy-axloqiy tarbiya metodlari. Ma’naviyaxloqiy tarbiyada turli metod va usullardan foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Ma’naviyaxloqiy tarbiya metodlari deganda, o'quvchilarning axloqiy tasavvur va bilimlami egallab olishga, ularda madaniy xulq va ijobiy munosabatlami, shaxsning axloqiy histuyg‘ulari va sifatlarini tarbiyalashga qaratilgan faoliyat usullari yig'indisidir. Ma’naviyaxloqiy tarbiya metodlarini shartli ravishda quyidagicha tasnif etish mumkin: Ma’naviy-axloqiy ongni shakllantirish metodlari: hikoya, tushuntirish, etik suhbat, izohlash, nasihat, o‘git, ko‘rsatma, namuna va boshqalar. Ma’naviy-axloqiy xulq-atvomi shakllantirish metodlari: mashq, o‘rgatish, pedagogik talab, tarbiyalovchi vaziyat, topshiriq va hakozolar. Ma’naviy-axloqiy motivasiyani hosil qilishga doir metodlar: rag‘batlantirish, musobaqa, tanbeh berish kabilar. Geografiya ta’limi metodikasi umumiy didaktika va tarbiya nazariyasi bilan chambarchas bogʻlangan. Didaktika fani ta’lim berish va tarbiya jarayonini umumiy qonuniyatlarini, ta’lim mazmunini tatqiq qiladigan nazariy fandir. Didaktika fani aniq o‘quv fanlarini o‘qitish metodikasi bilan shugʻullanmaydi. Ayni vaqtda har bir o‘quv fani o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ularning ayrimlarini maqsadi nazariy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish (geografiya, biologiya, kimyo), ayrimlari faqat ko‘nikmalarni (chet tillar), boshqalari esa borliqqa estetik munosabatda bo‘lishni shakillantiradi (tasviriy san’at). Shuning uchun alohida fanlarni o‘qitish metodikasi bilan xususiy didaktika fanlari shugʻullanadi. Mazkur fanlar qatoriga «Geografiya o‘qitish metodikasi» fani ham kiradi. Geografiya o‘qitish metodikasining nazariy va amaliy jihatlari mavjud. Geografiya o‘qitish metodikasi fani quyidagi nazariy va amaliy metodologik muammolarni tadqiq qiladi: a) geografiya o‘qitish metodikasining predmeti, tatqiqot usullari, rivojlanish tarixi; b) geografiya o‘qitish metodikasining maqsad va vazifalarini umuman va alohida predmetlar bo‘yicha aniqlash; v) ta’lim va tarbiyaning birligi; Nazariy tatqiqotlarning natijalari amaliy tatqiqotlar uchun asos bo‘lib hisoblanadi. Mazkur tatqiqotlarda geografiya ta’limining amaliy muammolari hal qilinadi. Geografiya o‘qitish metodikasining amaliy jixatlari o‘qituvchini o‘qitish faoliyatini, o‘quvchini o‘qish faoliyatini aks ettiradigan metodlarni ishlab chiqishdan iborat. Geografiya o‘qitish metodikasi ikkita katta qismdan iborat. Umumiy va xususiy geografiya o‘qitish metodikasi. Umumiy geografiya o‘qitish metodikasi, bu geografiyaning didaktikasi hisoblanadi. U geografiya o‘qitish jarayonini o‘ziga xos xususiyatini o‘rganadi. Geografiya o‘qitishning umumiy metodikasi nazariy va metodik masalalarni ishlab chiqadi, ya’ni predmetni o‘zini tatqiqot usullarini o‘rganadi, bunda asosiy e’tiborni o‘quvtarbiyaviy maqsadlarni ishlab chiqishga qaratiladi. Aniqlangan o‘quv-tarbiyaviy maqsadlar asosida geografiya ta’limini mazmuni ishlab chiqiladi. Umumiy metodika ikki qismga bo‘linadi: -tabiiy geografiyani o‘qitish metodikasi; -iqtisodiy
va ijtimoiy geografiyani o‘qitish metodikasi. Xususiy geografiya o‘qitish metodikasi tabiiy hamda iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kurslarini alohida predmetlari bo‘yicha o‘quv tarbiyaviy jarayonlarni o‘ziga xos xususiyatlarini ishlab chiqadi. Xususiy o‘qitish metodikasi alohida geografiya fanlarini mazmuni uchun umumiy metodikaning nazariy ishlanmalarini aniqlashtiradi, har bir sinf geografiya kursini mazmuni va tuzilishi, geografik tushunchalarni shakllantirish, o‘quv ishlari usullarini, o‘quvchilarning mustaqil ishlarini tahlil qilish muammolarini ishlab chiqadi. Geografiya o‘qitish metodikasining umumiy vazifalariga quyidagilar kiradi: -maktab geografiyasining ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantirish imkoniyatlarini ochib berish; - maktab geografiyasining mazmunini zamon talablariga mos ravishda yanada takomillashtirish; -maktab geografiyasi mazmuni va tuzilishida zamonaviy fan yutuqlarini aks ettirish; -o‘qitish materiallarini qo‘llashni optimal sharoitlarini asoslash; -o‘qitish vositalarini ishlab chiqish; -geografiya darslarini tuzilishi, o‘lchamlari va turlarini yanada takomillashtirish; -geografiya o‘qitishni yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va amalda qo‘llash; -geografik ekskursiyalar, tatqiqotlar o‘tkazish texnologiyasini yanada takomillashtirish; - o‘quvchilarda amaliy geografik ko‘nikmalarni shakllantirish texnologiyasini takomillashtirish;
Geografiya o‘qitish metodikasi o‘qituvchilarni, o‘quvchilarni o‘qitish nazariyasi va tarbiyasi bilan qurollantiradi. Geografiya fanini maqsad va vazifalari turli davrlarda o‘zgarib va qaytadan shakllanib turgan. O‘qitishni maqsadini aniqlash qadimdan didaktika va o‘qitish metodikasining eng muhim muammolaridan hisoblanib kelmoqda. Ushbu muammoni qanday yechish bilan maktab
geografiyasining tuzilishi, mazmunini va o‘qitish metodlarini turlari bogʻliq. Oxirgi davrlarda, asosan XX-asr davomida o‘qitish maqsadini ishlab chiqish muammosiga katta e’tibor berildi. Hozirgi davrda ham geografiya ta’limining mazmunini o‘zgarishi munosabati bilan mazkur muammoga yanada ko‘proq e’tibor berilmoqda. Geografiya o‘qituvchisi har bir sinf geografiya kursini maqsadlarini bilishi lozim. Geografiya ta’limining maqsadlarini uch guruhga bo‘lish mumkin: ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi. Ta’limiy maqsadlar quyidagilardan iborat: - o‘quvchiga tabiiy geografiya, iqtisodiy va ijtimoiy geografiya hamda amaliy geografiya asoslari bo‘yicha mustahkam bilimlar berish. Tabiatdan foydalanishni va uni muhofaza qilishni ilmiy,texnik,iqtisodiy asoslarini ochib berish; -umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarini iqtisodiy, ekologik, politexnik, geosiyosiy bilimlarni egallashlariga imkon yaratish: - tabiiy geografiya va iqtisodiy va ijtimoiy geografiya, amaliy geografiya va boshqa maxsus geografik fanlarni yirik xalq xo‘jaligi muammolarini yechishdagi o‘rni va ahamiyatini ochib berish. Masalan, Orol muammosini yechimini, Sibir daryolari oqimini bir qismini O‘rta Osiyoga oqizishni, O‘zbekistonning buyuk davlat bo‘lishini geografik asoslarini ishlab chiqish; - o‘quvchilarni geografik borliq va hodisalarni o‘rganish usullari bilan qurollantirish.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

  1. Abdugʻaniyev O. Geografiya darslarida texnika vositalaridan foydalanish. Toshkent “O‘qituvchi” 1995

  2. Vaxobov X., Abdunazarov O‘., Zaynutdinov A. Geografiya ta’limida darsliklar yaratish muammosi. O‘zbekiston geografiya jamiyati axboroti. T. 2000

  3. B.X.XODJAYEV Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik. - Т.: «Sanostandart» nashriyoti, 2017-yil, 154-157

Yüklə 28,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin