Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti



Yüklə 170,5 Kb.
səhifə1/8
tarix13.12.2022
ölçüsü170,5 Kb.
#74465
  1   2   3   4   5   6   7   8
O’zbekistonning iqtisodiy rayonlashtirish va kompleks rivojlantirish muammolari



O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUGʻBEK NOMIDAGI OʻZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
GEOGRAFIYA VA TABIIY RESURSLAR FAKULTETI
3-bosqich (sirtqi ) geografiya yo’nalishi talabasi
Xolmurodov Bobomurodning
O’ZBEKISTON GEOGRAFIYASI” fanidan
KURS ISHI
Mavzu: O’zbekistonning iqtisodiy rayonlashtirish va kompleks rivojlantirish muammolari


Qabul qildi: ______________________________
Toshkent -2022
Reja:
Kirish…………………………………………………………………………… 3


1. BOB. O`zbekistonning ma`muriy-hududiy bo`linishi va iqtisodiy rayonlarini shakllanishi………………………………………………………………………… 5
1.1. Iqtisodiy rayonlashtirishga asos bo`luvchi tamoyillari……………………….. 5
1.2. O`zbekistonning hozirgi iqtisodiy rayonlari setkasi va iqtisodiy rayonlari...... 8
1.3. Iqtisodiy rayonlashtirishga asos buluvchi tamoyillar………………………….. 13
2.BOB. O`zbekistonning iqtisodiy rayonlarning xalq xo`jaligi majmualarini yanada takomillashtirish vazifalari………………………………………………………….18
2.1. О‘zbekiston Markaziy Osiyoning о‘rta va shimoliy qismi haqida…………...18
2.2. О‘zbekistonning bu boradagi roli yaqin istiqbolli…………………………….22
2.3. Mamlakatning ma`muriy-hududiy tuzilishi va iqtisodiy rayonlari o`rtasida muayyan aloqadorlik……………………………………………………………...27
Xulosa………………………………………………………………………………29
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………………..30


Kirish
O`zbekistonning hozirgi hududi ma`muriy jihatdan Turkiston general-gubernatorligi, Buxoro amirligi va Xiva xonligiga qarar edi. Ularning har biri ichki ma`muriy hududiy bo`linishiga ega bo`lgan. Masalan, Xiva xonligi 20 ta beklik va boshqa ma`muriy birliklarga, Buxoro amirligi 28 ta beklik, Turkiston general gubernatorligi esa viloyat, volost va qishloq jamoalariga bo`lingan edi.
Ma`muriy hududiy bo`linish o`sha vaqtda juda ko`p mayda birliklardan iborat bo`lib, ularni ajratishda xo`jalik xususiyatlari va aholining milliy tarkibi hisobgga olinmagan edi.
Oktabr to`ntarishidan keyin O`rta Osiyoda milliy-ma`muriy birliklarni tuzish ishlari olib borildi. O`lka sovetlarining 1918 yil 30 aprelda bo`lib o`tgan 5 s`ezdi “Rossiya federatsiyasining Turkiston sovet respublikasi haqidagi nizomini tasdiqladi. Unda Turkistonning davlat tuzilishi va chegaralari belgilangan edi.
Turkiston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi 6 ta viloyatga: Sirdaryo, Samarqand, Farg`ona, Zakaspiy, Yettisuv, Amudaryo viloyatlariga bo`lingan edi. Viloyatlar o`z navbatida 30 ta uyezdga va 473 ta volostga ajratilgan edi.
1920 yil aprelida butun Xorazm sovetlarining qurultoyi bo`lib o`tdi. Bunda Xorazm Xalq Sovet Respublikasi tuzilganligi e`lon qilinib, uning hududi 28 ta rayonga ajratildi. 1928 yilga kelib esa 3 ta viloyatga: Qozoq-Qoraqalpoq, Yangi O`rganch, Toshovuz viloyatlariga Xiva rayoniga bo`lindi. Viloyatlar o`z navbatida sho`ro (volostlar) ga ajratildi. 1920 yil oktabrda xalq vakillarining Butun Buxoro qurultoyi bo`lib utdi. Unda Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tuzilganligi e`lon qilinib, uning hududi 15 ta viloyat, 58 ta tuman va 197 ta kentga bo`lindi.
1925 yil 29 yanvarda Respublikada yangi ma`muriy – iqtisodiy rayonlashtirish amalga oshirilib, Respublika 7 ta viloyatga: Samarqand, Toshkent, Farg`ona, Zarafshon, Surxondaryo, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlariga ajratildi. Samarqand shahri Respublika poytaxti qilib tasdiqlandi.
1926 yilda Respublikada yangi ma`muriy - iqtisodiy rayonlashtirish amalga oshirilib 10 ta okrug tashkil qilindi.
Keyinchalik mavjud ma`muriy-hududiy bo`linishda ayrim o`zgarishlar bo`lib turdi. 1930 yilda Respublika poytaxti Samarqanddan Toshkentga ko`chirildi. 1936-yilda Qoraqalpog`iston Muxtor Respublikasi O`zbekiston tarkibiga kiritildi. 1937 yilda O`zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingach, Respublikaning ma`muriy-hududiy bo`linishi ma`muriy birliklarni yiriklashtirish va viloyatlar tuzish yo`lidan bordi. 1938 yilda Respublika tarkibida 5 ta viloyat: Buxoro, Samarqand, Toshkent, Farg`ona, Xorazm viloyatlari tashkil qilindi. 1941 yilda Andijon, Namangan va Surxondaryo viloyatlari, 1943 yilda Qashqadaryo viloyati, 1963 yilda Sirdaryo viloyati, 1973 yilda Jizzax viloyati va 1980 yilda Navoiy viloyati tashkil etildi.
Shunday qilib hozirgi kunda O`zbekiston Respublikasi hududi ma`muriy jihatdan Qoraqalpog`iston Respublikasi, 12 ta viloyat, 181 ta tumanga bo`lingan.
Respublikani ma`muriy-hududi birliklarga ajratish bilan birga uni iqtisodiy rayonlarga ajratish ham muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir.
Odatda Respublikaning kichik iqtisodiy rayonlari chegarasi asosan viloyatlar chegaralariga mos keladi. Chunki ishlab chiqaruvchi kuchlar majmui, ya`ni xo`jalik tarmoqlari korxonalarni bir-biriga bog`liq holda rejalashtirish, joylashtirish va rivojlantirish yirik ma`muriy bo`linishi (Respublika, viloyatlar) doirasida amalga oshirildi.

Yüklə 170,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin