Geografiya va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi


Tuproqlari, o`simliklari va hayvonotlar dunyosi



Yüklə 1,98 Mb.
səhifə6/7
tarix19.06.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#132351
1   2   3   4   5   6   7
Abdalimov O‘roqboy

2.2 Tuproqlari, o`simliklari va hayvonotlar dunyosi
Quyi Zarafshon paleozoy burmali negizining bukilgan qismida joylashib, uning ustini mezozoy va kaynozoy cho`kindi jinslar g`ilofi qoplab olgan. Binobarin, okrugda eng qadimiy jins bu paleozoy yotqiziqlari bo`lib, ular 1200-1300 m chuqurlikda joylashib, ustini so`nggi davr jinslari qoplab olgan. Paleozoy yotqiziqlari oxaktoshlardan, slanetslardan iborat bo`lib, uning ustini yura, bo`r davrining mergellari, gillari va qumtoshlari qoplagan. Yura va bo`r davr jinslarining qalinligi 500-1000 metrga etib, ustini paleogen va neogen davr jinslari qoplagan. Yura va bo`r davri jinslari faqat okrugning sharqidagi balandliklarning ba`zi joylarida ochilib qolgan, xolos. Quyi Zarafshonda eng ko`p tarqalgan yotkiziq bu kaynazoy davrining jinslaridir. Lekin paleogen yotqiziqlari okrugda neogenga nisbatan kam bo`lib, asosan, Gazli atrofida, Jarqoq, Saritosh va Qiziltepa balandliklarida ochilib qolgan bo`lib, oxaktosh, dolomit, qumtosh va gillardan iborat. Neogen davr jinslari sarg`ish, sur, jigar rang qumlardan, qumtoshlardan, gillardan iborat (bo`lib, Buxoro vohasining janubiy qismida, Dengizko`l atrofida va Qorako`l vohasida uchraydi. Quyi Zarafshon okrugida eng ko`p tarqalgan yotqiziqlar to`rtlamchi davrga xos bo`lib, ular genetik jihatidan allyuvial, prolyuvial, del`ta-prolyuvial, allyuvial-prolyuvial, ko`l yotqizig`i, eol va madaniy-irrigatsiya yotqiziqlaridir. 8
Okrug atrofidagi balandliklarda va Buxoro-Qorako`l del`tasining chetlarida allyuvial va prolyuvial yo`l bilan vujudga kelgan shag`al, qum, qumoq jinslar mavjud. Del`ta-prolyuvial yotqiziqlar esa Ko`kcha va Azkamar balandliklari atrofida uchrab, qumoq, shag`al va lyossimon jinslardan tashkil topgan. Quyi Zarafshon okrugida eng ko`p tarqalgan jinslar allyuvial-del`ta yotqiziqlari xisoblanib, Zarafshon daryosi olib kelgan shag`al, qum, qumoq kabilardan iborat. Okrugdagi Dengizko`l va boshqa kichik ko`llar atrofida ko`l yotqiziqlari to`q sur rangli gil va qumoq jinslar uchraydi. Buxoro va Qorako`l atrofida eol yo`l bilan vujudga kelgan qumliklar joylashgan. Quyi Zarafshon okrugining qadimdan sug`orilib, dehqonchilik qilib kelinayotgan qismida madaniy qatlam vujudga kelgan. Quyi Zarafshon okrugining rel`efi bir xil emas. U Xazar yo`lagida torayib, so`ng Abumuslim tepaligida Zarafshon vodiysi kengayib, Shoptoli qishlog`ida janubi-g`arbga qarab kengayib Buxoro del`tasini hosil qiladi. Buxoro del`tasining shimoldan va g`arbdan Qizilqum o`rab olsa, sharqida Qiziltepa (362 m), Azkamar (372 m), Quyimozor (216 m), Qaynag`och (322 m) balandliklari, Qushtepa va Qumsulton tepaliklari, janubi-sharqdan esa Qorako`l balandligi o`rab turadi. Buxoro del`tasining uzunligi 102 km, o`rtacha kengligi 50- 55 km, eng keng eri 70 km ga boradi. Bu qismda Zarafshon vodiysining balandligi g`arbida 200 m, sharqida esa 250 m atrofida o`zgaradi. Buxoro del`tasi janubi-g`arbga bir oz nishab bo`lgan tekislik hisoblanib, sug`orish shoxobchalari orqali bir qancha qismlarga bo`lingan. Sug`orish shoxobchalari yonida esa nisbiy balandliklari 2-8 m ga etuvchi marzalar vujudga kelgan.
O‘zbekiston tabiati va tabiiy boyliklarini m uhofaza qilish — inson uchun zarur boigan qazilma boyliklardan oqilona foydalanish, suv va havoni toza saqlash, tuproqni eroziyadan saqlash, o’simlik va hayvonot dunyosini tabiiy holicha asrab qolib, qayta tiklashni hamda xushmanzara joylarni (sharshara, shovva, ajoyib manzaralar, buloq va boshqalar) tabiiy holicha saqlash kabilami o ‘z ichiga oladi. Lekin hozir tabiatga inson xo‘jalik faoliyatining ta’siri natijasida respublikamizning ba’zi o’lkalarida (Orol bo‘yida, Surxon vodiysida, Quyi Zarafshon, Quyi Amudaryoda) ekologik holat yomonlashib bormoqda. O'zbekiston havosining ifloslanishida energetika, neft-gaz sanoati, transport, kimyo sanoati, metallurgiya sanoati, maishiy -kommunal xo‘jalikning hissasi katta. O'sha korxonalar chiqarayotgan zararli birikm alarni 100% desak, ular quyidagicha taqsimlangan
O‘simliklari ham tabiiy unsurlarga bog‘liq holda bir xil tarqalgan emas. Okrugni o‘rab olgan qumli cho‘llarda, asosan, juzg‘un, quyonsuyak, cherkaz, iloq o‘ssa, Buxoro vohasining sharqida, Qorako‘l vohasining janubi sharqidagi kichik marza qumliklarida juzg‘un, quyonsuyak, selen, oq saksovul, shuvoq, iloq kabilar mavjud. Qorako‘l vohasi janubida joylashgan harakatdagi qumliklarda quyonsuyak, oq saksovul, cherkez, juzg‘un, erkaksimon iloq o‘sadi. Okrugning giðsli cho‘llarida partek, shuvoq, tatr (yer tezak), boyalish mavjud.
5-RASM
Quyi Zarafshon okrugida eng ko‘p tarqalgan o‘simlik turi shuvoq hisoblanadi. Shuvoq, asosan, sur-qo‘ng‘ir tuproq tarqalgan yerlarda uchraydi. Buxoro va Qorako‘l vohalarining qadimiy sug‘oriladigan taqirli tuproqlar tarqalgan qismida shuvoq, tatr, boyalish kabi o‘simliklar o‘ssa, biroz sho‘rlashgan qismida tatr, yantoq, qora saksovul, bir yillik sho‘ra uchraydi. Zarafshon daryosining qadimiy qayirlarida, deltasida, ko‘llar atrofida to‘qay o‘simlik turlari bo‘lib, ular turang‘il, jiyda, tol, lox, qamish, chingil, yantoq, yulg‘un kabilardir. Okrugda antropogen omillar ta’sirida to‘qayzorlar maydoni kamayib ketmoqda. Shu sababli ayrim joylarda qo‘riqlanadigan to‘qayzorlar tashkil etish zarur.
Quyi Zarafshon okrugi hayvonlari cho‘lga xos bo‘lgan vakillar bilan tavsiflanib, jazirama, quruq, seroftob yozga moslashgan. Okrugda kalamush, yumronqoziq, qo‘shoyoq, kaltakesak, echkemar va ilonlar uchraydi. Shuningdek, cho‘l qismida tulki, bo‘ri, jayron, tiðratikan, jayra, bo‘rsiq, to‘qaylarda chiyabo‘ri, to‘ng‘iz, to‘qay mushugi, qirg‘ovul kabilar yashaydi. To‘dako‘l, Quyimozor kabi suv havzalari hamda ko‘llarda o‘rdak, g‘oz va baliqlar yashaydi. Okrugning cho‘l qismida hasharotlardan qoraqurt va falanga uchraydi. Quyi Zarafshonda kamayib ketayotgan ayrim hayvonlarni muhofaza qilib, ko‘paytirish uchun „Jayron ekomarkazi“ parvarishxonasi tashkil etilgan. Bu yerda xalqaro „Qizil kitob“ga kirgan jayronlar muhofaza etiladi. O‘rta Zarafshon okrugining tabiiy o‘simliklari insonlarning xo‘jalik faoliyati tufayli ancha o‘zgargan. Shu sababli sug‘oriladigan yerlarda, asosan, madaniy o‘simliklar o‘sadi. Okrugning quyi qayirlarida qamish, ro‘vak, yulg‘un, tol, yantoq, ajriq, chakanda, chuchukmiya kabi to‘qay o‘simliklari uchraydi. O‘rta Zarafshon okrugining qadimiy qayirlari va tog‘oldi tekisliklarida bahorda rang, qo‘ng‘irbosh, lolaqizg‘aldoq, chuchmoma kabilar o‘sadi. Ular yozda sarg‘ayib, quriy boshlaydi. Lekin qoqiquloq, shuvoq, chalov, mingbosh kabi o‘simliklarning o‘sishi davom etaveradi. Okrugni o‘rab olgan tog‘larning quyi (adir) qismida (400-1000 m balandliklarda) bahorda efemer va efemeroid o‘simliklari, shuningdek, shuvoq, yovvoyi bug‘doy, yovvoyi arpa, cho‘l yalpizi, chalov, mingbosh, yetmak o‘sadi. Tog‘larning 1000 m baland qismida oqso‘xta, gulxayri, shuvoq, tog‘yalpiz, chalov, lola, astragal, daraxtlardan archa va har xil butalar mavjud.
XULOSA
Quyi Zarafshon okrugi turli – tuman taniiy boyliklar va har xil o’simlik va hayvonot dunyosiga ega, shu sababli ham o’rganilish uchun hozirgi kundagi olimlar va tabiatshunoslarning e’tiborini o’ziga tortib kelmoqda. Quyi Zarafshon okrugining voha qismida sug`orilib, dehqonchilik qilinadigan katta qismida tabiiy o`simliklar yuq qilinib, ekin dalalariga aylantirilgan. Quyi Zarafshon hayvonlari cho`lga xos bo`lgan vakillar bilan tavsiflanib, uzoq davom etgan jazirama, quruq, seroftob yozga moslashgan. Okrugda kalamushlar, sichqonlar, kushoyoklar, ilonlar, kaltakesaklar, echkemarlar har qadamda uchraydi. Shuningdek tulki, bo`ri, bo`rsiq, jayron, jayra, tipratikon; to`qaylarda chiyabo`ri, to`ng`iz, to`qay mushugi, qirg`ovul kabilar yashaydi. To`dako`l, Quyimozor suv havzalarida va ko`llarda esa baliqlar, qushlar (o`rdak, g`oz) yashaydi. Okrugning o`zlashtirilmagan qismida hasharotlardan qoraqurt, falang kabilar ham uchraydi. Quyi Zarafshon okrugi tabiiy resurslarga boy hudud hisoblanib gaz, tuz, har xil qurilish xom ashyolari konlari mavjud. Ayniqsa, okrug qulay iqlimiy resurslarga ega bo`lib, vegetatsiya davridagi harorati +10° dan yuqori bo`lgan. kunlaridagi haroratning yig`indisi 4600-5150° ga, sovuqsiz kunlar o`rtacha 212- 214 kunga etadi. Bunday iqlimiy sharoitda oddiy, hatto ingichka tolali paxta, shirin-shakar mevalar etkazish mumkin.
Bu okrug Zarafshon daryosining quyi qismidagi Buxoro va Qorako`l del`talarini o`z ichiga olib, sharqda O`rta Zarafshon okrugidan kengligi 2-4 km keladigan Xazar yo`lagi orqali ajralib turadi. Quyi Zarafshon okrugini shimoldan va g`arbdan Qizilqum okrugi, janubi-g`arbdan Sanduqli qumligi, janubdan Eshakchi qumligi, sharqdan Qiziltepa, Azkamar, Quyimozor, Qaynog`och, Qushtepa va Qumsulton balandliklari o`rab turadi. Quyi Zarafshon paleozoy burmali negizining bukilgan qismida joylashib, uning ustini mezozoy va kaynozoy cho`kindi jinslar g`ilofi qoplab olgan. Binobarin, okrugda eng qadimiy jins bu paleozoy yotqiziqlari bo`lib, ular 1200-1300 m chuqurlikda joylashib, ustini so`nggi davr jinslari qoplab olgan. Paleozoy yotqiziqlari oxaktoshlardan, slanetslardan iborat bo`lib, uning ustini yura, bo`r davrining mergellari, gillari va qumtoshlari qoplagan. Yura va bo`r davr jinslarining qalinligi 500-1000 metrga etib, ustini paleogen va neogen davr jinslari qoplagan. Yura va bo`r davri jinslari faqat okrugning sharqidagi balandliklarning ba`zi joylarida ochilib qolgan, xolos.
Yuqoridagilardan xulosa qilgan holda aytadigan bo’lsak Quyi Zarafshon okrugi geografik o’rganilish jihatidan ancha muhim hudud hisoblanadi. Uning hayvonot o’simliklar va ichki suvlarini o’rganish uchun olimlarimiz bir qancha ilmiy izlanishlar olib borishypdi.

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin