Геологик ҳодисалар



Yüklə 93,98 Kb.
səhifə1/2
tarix27.12.2023
ölçüsü93,98 Kb.
#199887
  1   2
ENDOGEN O\'SISH NAZARIYASI VA KAPITAL JAMLANISHGA TA\'SIRI


ENDOGEN O'SISH NAZARIYASI VA KAPITAL JAMLANISHGA TA'SIRI
Reja:
1. Geologik hodisalar haqida.
2. Endogen geologik hodisalari.
3. Ekzogen geologik hodisalari.

Tabiatda uchraydigan tog‘ jinslarining kimyoviy va fizik kuchlar tahsirida paydo bо‘lish jarayoniga geologik hodisalar deyiladi. Yerning ichki va sirtqi qatlamlarida о‘zaro munosabatdagi ichki va tashqi kuchlar tahsirida uzluksiz geologik hodisalar sodir bо‘lib turadi. Geologik hodisalar ikki xil bо‘lib, ular endogen va ekzogen hodisalarga bо‘linadi. Endogen hodisalar yerning ichki dinamik kuchlari – katta bosim va yadroning yuqori temperaturasi tahsirida kelib chiqadi. Ular tashqi muhitga kamdan-kam bog‘liq bо‘ladi. Ekzogen hodisalar yerning sirtqi qismida bо‘lib, kо‘pincha tashqi dinamik kuchlari kam bosim va past temperatura tahsirida vujudga keladi.
Endogen hodisalari yerning relg‘yefini (qiyofasini: materik, tog‘lar, okean, chuqurliklarni), tektonik dislokatsiyalangan tog‘ jinslarining yotish shaklini, magmatik va vulkanik otilib chiqqan tog‘ jinsla-rining joylashishini, yer sirtining xarakatlanishini, shu jumladan yer qimirlash hodisalari natijasidagi о‘zgarishlarni va litosferaning oldingi xolatining buzilishini vujudga keltiradi.
Ekzogen hodisalar quyosh energiyasining kuchli oqimi tahsirida yer sirtida har xil tashqi dinamik о‘zgarishlarning rо‘y berishi oqibatida sodir bо‘ladi. Yahni bu о‘zgarishlar suv va havo massalarining uzluksiz bir joydan ikkinchi joyga oqib о‘tishi, jismlarning kimyoviy va fizik xolatining о‘zgarishi natijasida nurashi, yemirilishi va ularning bir joydan ikkinchi joyga kо‘chirilib yotqizilishi kabi о‘zgarishlar ekzogen hodisalarga kiradi. Ekzogen hodisalari tashqi omillarning hal qiluvchi roliga qarab klassifikatsiyalanadi: yer sirtidagi oqar suvlar-ning, muzliklarning, dengiz tо‘lqinlari va oqimi hamda yer osti suvlarining faoliyati natijasida rо‘y beradigan geologik hodisalar, tirik organizm va insoniyat faoliyati bilan bog‘liq bо‘lgan о‘zgarishlarga bо‘linadi.
Yerning ichki energiyasi bilan bog‘liq bо‘lgan
endogen geologik hodisalar
Yer qahri о‘zaro munosabatdagi yerning ichki (endogen) va tashqi (ekzogen) kuchlari tahsirida doimo о‘zining tarkibini, tuzilishini va shaklini о‘zgartirib turadi. Yerning chuqur qatlamlari va yadro-sining kuchli bosimi va yuqori harorati tahsirida paydo bо‘ladigan yerning ichki kuchlari, yer lito-sferasining boshlang‘ich xolatdagi joylashgan qatlam-larini buzadi va ularning joylanishlarini о‘zgarti-radi. Shu munosabat bilan yangi xolatda joylashgan tog‘ jinslari qatlamlarini, yer yoriqlarini, tog‘ jinslari yotqiziqlarini, qatlamlarning surilish-larini va yer relg‘yefi (qiyofasi)ning о‘zgarishlarini vujudga keltiradi.
Yerning ichki kuchlarining faoliyati vulkanlar va yer qimirlash hodisalarini vujudga keltiradi. Yerning ichki kuchlari kо‘pincha yerning sirtida notekislikni, yahni vulkanlar natijasida otilib chiqqan bir vaqtlar yerning katta chuqurligida joylashgan eritma xolatidagi magmatik (grekcha magma - xamir demakdir) jinslardan iborat yer yuzidagi tog‘larni va chuqur-liklarni vujudga keltiradi. Ular yer sirtining ayrim joylarini juda sekinlik bilan kо‘tarilishiga yoki chо‘kishiga sababchi bо‘ladi – bunga asriy о‘zgarish deb aytiladi. Yerning kо‘tarilishi yoki chо‘kishi natijasida quruqliklar surilib dengizlarga yoki aksincha dengizlar quruqlikka aylanadilar. Agar dengizlar surilib quruqlikni bossa, bunga transgressiya hodisasi va dengizlar surilib qurib, quruqlikka aylansalar, regressiya hodisalari deyiladi.
Masalan Shimoliy okeanning janubiy qirg‘og‘i asta-sekin pasaymoqda va yuz yil davomida ayrim joylari 40 santimetrdan 80 santimetrgacha pasaygan. Xuddi shuningdek Krim va Kavkaz tog‘larida ham ayrim joylarida kо‘tarilish va pasayish xollari kuzatil-moqda. Bunday hodisalarga epeyrogenik xarakat deyi-ladi.
Yer qahrining vertikal о‘zgarishlaridan tashqari litosferaning sirtqi qismida asta-sekin gorizontal siljish xollari ham mavjud. Bu о‘zgarishlarni geo-logiya fanining bо‘limi bо‘lgan tektonika qismi yer qahrining siljishini, uning tuzilishi, shakli va tog‘ jinslarining yotish sharoitlarini о‘zgarishini о‘rga-tadi.
Tektonik hodisalar
Endogen hodisalari natijasida yer qahrida tog‘ jinslari qatlamlarining yotish sharoitlarining buzi-lishi, sinishi, uzilishi, siljishi va joylanish shakllarining о‘zgarishi kabi hodisalarnngi rо‘y berish jarayoniga geotektonik hodisalar deyiladi.
Tektonik о‘zgarishlar natijasida yer yuzida tog‘lar paydo bо‘ladi. Tog‘ deb balandligi dengiz sathidan 200 metrdan ziyod bо‘lgan tepalikka aytiladi. U yoki bu qadar chо‘zilgan shakldagi tepaliklar xrebtlar va katta uzunlikdagisi esa tog‘ zanjiri deyiladi. Tog‘lar yer qahrida paydo bо‘ladigan ichki vertikal va yonbosh bosimlar xarakati natijasida paydo bо‘ladi. Bunga tektonik xarakat deyiladi. Tektonik xarakat natija-sida tog‘ jinslari qatlamlarining oldingi yotish xolatlari buzilib, yangi shaklda taxlangan, tо‘kilgan, siljigan xolatlarda va boshqa tektonik shaklda yota-dilar, unga tog‘ jinslarining dislokatsiyasi deyiladi. Shu yо‘sinda paydo bо‘lgan tog‘larga tektonik tog‘lari deyiladi.
Tektonik tog‘ jinslari dislokatsiyasi – yotish sharoitlari bо‘yicha 2 guruhga bо‘linadi: 1. Burmali – plikativ dislokatsiya (qatlam-qatlam bо‘lib taxlangan xolatda joylashgan tog‘ jinslari). Bular uzilmagan bir butun joylashgan tog‘ jinslarini tashkil etadi. 2. Tashlandiq uzilmali – dizyuntiv dislokatsiyalar (ayrim-ayrim joylashgan uzik xolatdagi tog‘ jins-lari). Qatlam-qatlam bо‘lib joylashgan tog‘ jinslari oddiy monoklinal shaklda, yahni qiya yotqizilgan xolatida kо‘proq uchraydi. Ular antiklinal va sinklinal kо‘rinishida joylashadilar. Yahni tog‘ jinslarining qatlamlarini kuzatib borsak, uning yuqoriga kо‘tarilganini, sekin-asta egilib gumbaz hosil qilganini va yonbag‘irlari qiyalashib pastga tushganini kо‘ramiz, uning ustida yotgan barcha qatlamlar ham xuddi shu tarzda egilib-bukilganini kо‘ramiz. Bunga burmali dislokatsiya deyiladi.





5-shakl.
A – antiklinal, S – sinklinal.
1 – egar, 2 – mulg‘da, 3 – qanotlar, 4 – supes, 5 – loysimon slanets, 6 – graviy.


Shaklda kо‘rsatilganidek burmaning yuqoriga qarab egilgan tarafi egar yoki antiklinal deb ataladi, pastga tomon egilgan qismi mulg‘da yoki sinklinal deyiladi. Qatlamlarning ikkita bukilish oralig‘idagi qismi burmaning qanotlari deyiladi. Bosim kuchining kо‘p-ozligiga qarab burmaning shakllari har xil: yalpoq, yumaloq, qayrilgan, keskin bukilgan bо‘ladi.
Burmali dislokatsiyalarga misol qilib Ural, Kavkaz, Oltoy va Sharqiy Osiyo tog‘larini kо‘rsatish mumkin.
Uzilma dizyuntiv dislokatsiyalar tog‘ jinslarining bukilishi mahlum darajagacha bо‘lib, vertikal yoki qiya bosim kuchi kо‘payib chegaradan о‘tib ketganda burma u yoki bu joydan uzilib ketib bir qismi ikkinchisining ustiga surilib qoladi. Bu xolat uzilgan burma dislokatsiyasi deyiladi.



6-shakl. Uzilma dislokatsiyalar.
1 – loysimon slanets;
2 – graviy;
3 – glina (gil).


Seysmik hodisalar
Yer qimirlashining kelib chiqishi va sodir bо‘lishi bilan bog‘liq bо‘lgan hodisalarga seysmik hodisalar deyiladi. Bu hodisalarga geologik omillar va egiluv-chan tо‘lqinlar tahsiri natijasida yerni birdaniga qо‘zg‘alishi kiradi. Bu hodisalarni seysmologlar о‘rganadi. Yer qо‘zg‘alishining asosiy sabablaridan biri yer yadrosidagi gazli erigan magmaga yer yoriqlari orqali ustki va о‘rta qatlamlardan suv yoki yor yuzidagi yangi paydo bо‘layotgan ayrim tog‘ jinslarining tushib yig‘ilishi natijasida kuchli kimyoviy reaksiyalar tahsirida portlash sodir bо‘lib, yer qо‘zg‘aladi va bahzan vulkan bо‘lib otilib chiqadi. Ayrim xollarda yer qо‘zg‘alishi yer ostidan qazib olingan qazilma boyliklar о‘rnida bо‘sh joylar qolib, uning buzilishidan yoki yer osti suvlari bilan tо‘lishidan, va bо‘shliq joylardagi tog‘ jinslarining chо‘kishidan ham yer qimirlash sodir bо‘ladi.
Yer qimirlash hodisalari seysmik xarakatchan-ligiga qarab uch guruhga bо‘linadi: 1) Megoseysmik – ular inshootlarni yemirilishi va yer qahrining chо‘kib deformatsiyalanishi bilan bog‘liq xolda bо‘lib о‘tadigan yer qimirlash hodisalari. 2) Makroseysmik – kamroq intensivlik bilan xarakatlanuvchi, lekin aniq sezilarli darajada bо‘lib о‘tadigan yer qimirlash hodisalari. 3) Mikroseysmik – faqatgina maxsus asboblar yordamida seziladigan yer qimirlash hodisalari.
Yer qimirlash hodisalari – ularni keltirib chiqaradigan omillariga qarab uchga bо‘linadi: 1) Denudatsion. 2) Vulkanik. 3) Tektonik.
1. Denudatsion yer qimirlashlar, karst bо‘shlig‘i ustidagi tog‘ jinslarining chо‘kishidan yoki tog‘larning ayrim qismi sinib qulab tushishidan kelib chiqadi.
2. Vulkanik yer qimirlashlar otilib chiqqan vulkanlar bо‘shliqlaridagi qisilgan gazlarning port-lashidan sodir bо‘ladi.
3. Tektonik yer qimirlash – tog‘ jinslarining tektonik dislokatsiyasi natijasida sodir bо‘ladi.
Yer qimirlash hodisalari yer qimirlash kuchiga qarab 1 dan 12 ballgacha bо‘ladigan seysmik mintaqa-larga bо‘linadilar.
Magmatizm, vulkanizm va metomorfizm
Intruziv magmatizm deb endogen hodisalar yig‘indisi bilan bog‘liq xolda magmaning kо‘tarilib yer sirtiga chiqib kelishiga aytiladi. Intruziv magma-tizm natijasida bir jinsli granitlar va grano-dioritlardan iborat bо‘lgan markazga qarab taxlangan va tog‘ zanjiri о‘qiga parallel chо‘zilgan shakldagi burmali xolatdagi tog‘lar paydo bо‘ladi.
Vulkanizm, yahni effuzik magma – bu magmaning xarakatlanish shakli bо‘lib, vulkanik otilib chiqqan tog‘ jinslarining paydo bо‘lishini aks etadi.
Vulkanik otilib chiqish yer sirtiga erigan lavalarning 900-1200 gradusda sovigan xolatida oqib chiqishiga aytiladi. Vulkanlar bilan gazlar, bug‘lar va magmadagi boshqa elementlar ham otilib chiqadi. Vulkanlar xarakteriga kо‘ra markaziy turdagi vulkan-larga, bunda otilib chiqish markaziy teshiklardan sodir bо‘ladi va yoriqsimon vulkanlar – unda lavalar yer qahrining yoriqlaridan otilib chiqadi. Markaziy turdagi vulkanlar konus shaklidagi tog‘larni barpo etib, qiyaliklari 30-35 gradusga teng bо‘ladi va barankos deb ataluvchi kesik jardan (chuqurlikdan) iborat bо‘ladi.
Vulkanik konuslarning yuqori qismi krateri (krater о‘lchami – konus ichining diametri 2-3 kilo-metrgacha boradi) yemirilgan bо‘lishi mumkin. Bu xollarda krater о‘rniga kalderg‘ deb ataluvchi katta diametri 25-30 kilometr keladigan о‘yilma chuqurlik paydo bо‘ladi. Uning yonbag‘irlari tik va pasti tekis bо‘ladi. Yoriqsimon vulkanlar natijasida ayrim xollarda katta qalinlikdagi effuzik tog‘ jinslari paydo bо‘ladi.
Vulkanlar 3 guruhga bо‘linadi.
1. Xarakatdagi.
2. Sо‘ngan.
3. Qadimgi.
Xarakatdagi vulkanlar deb yaqin о‘tmishda va hozirgi zamonda tez-tez otilib chiqadigan vulkanlarga aytiladi.
Sо‘ngan vulkanlar deb – qachon otilgani tо‘g‘risida hech qanday mahlumot saqlanib qolmagan vulkanlarga aytiladi.
Qadimgi vulkanlar deb – uxlagan yoki vaqtincha sо‘ngan deb atash ham mumkin, chunki ular yana xarakatga kirgan xollari ham uchragan.
Metomorfik tog‘ jinslari magmatik, shuningdek chо‘kindi tog‘ jinslarining chuqur о‘zgarishi natijasida katta temperatura va bosim, kimyoviy aktiv jinslar tahsirida paydo bо‘ladi.
Magma va lava haqida tushincha. Magma (zich moy – grekchadan) yer bag’rining chuqir qismidan chiqib keluvchi gazsimon mahsulotlar bilan tuyingan sovishidan magmatik tog’ jinslari hosil bo’livchi va yer qarining asosiy qismini tashkil qiluvchi silikat qorishma. Vulkan botilishidan magma yer yuzasiga oqib chiqadi, o’zida erigan o’chuvchi komponentlardan holos bo’ladi va lava deb nomlanadi.
Zamonaviy tasavvurga ko’ra 50km dan keyin agar yuza sharoitida bo’lganida tog’ jinslari moddalarini eritib yuboradigan 1500 S temperatura bo’lishiga qaramasdan yer butun bir qattiq jism deb yuritiladi. Lekin bu shu chuqurlikda mavjud bo’lgan katta ya'ni 130 ming kgsG`sm* bosim evaziga yuz bermaydi. Shuning uchun yerning har hil chuqirliklarida aniq termodinamik tenglik o’rnatiladi, bu tenglik har qanday buzilishni - temperaturani ortishi yoki bosimning pasayishi moddaning suyuq holatga o’tishga, ya'ni magmaning shakilanishiga olib keladi. Magma planetaning yo’lduz holatidan qolgan qoldiq eritma hisobiga emas, balki muayyan maydondagi termodinamik tengliknining buzilishidan kelib chiqadi. Bu maydonlarda tektonik jarayonning keyingi yunalishiga bog’liq magmatik o’chog shakilanadi, ya'ni intruziv formada yoki vulkan harakati sifatida shakilanishi mumkin. Magmatizmning ikkala ko’rinishini ham–turli fizik-himiyaviy sharoitda chiqayotgan magmaning har hil formalarda harakti va sovishi aynan bir jarayonning o’zidir. Yer qa'ridagi magmatizim–intruziv yer yuzasidagi–effuziv magmatizm deyiladi.
Yerning chuqir qa'rida materiyaning rivojlanishidan ajralayotgan energiya hisobiga boruvchi jarayonlar ichki yoki endogen jarayonlar deyiladi
Endogen jarayonlarning yer qaridagi materiyaning bir formadan boshqa formaga o’tishda uning harakati va bo’linishi natijasida yuzaga keladigan magnitizm, metamorfizm va deformatsiya ko’rinishlarida shakilanada. Bu jarayonlarning harakteri va intensivligi borasida so’z borganda bevosita uning otilayotgan vulkan, zilzila, yoriq va boshqa deformatsiyalarning yer yuzasidagi shakillanishini kuzatish lozim.
Endogen jarayonlarda materiyaning bo’linishi foydali qazilmalarni juda muhim guruhlarini shakillanishiga (ko’pchilik metall rudalarni, slyo’dalarni, qimmatbaho toshlarni va boshqalarni), shuningdek stihiyali fojia ko’rinishlarini keltirib chiqaradi, qaysiki ularni o’rganish ular bilan bog’liq bo’lgan fojialar haqida oldindan ogohlantirish imkonini beradi. Shuning uchun endogen jarayonlarni o’rganish faqatgina ilmiy ahamiyatga ega bo’lmasdan balki amaliy ahamiyatga ham ega.
Endogen jarayonlar chuqur yer qaridan chiqayotgan magmaning shakilanishi va uning yer yuzasiga chiqishi hisobiga yer tarkibini va shaklini o’zgartiradi. Relyef ham chuqur magmatik jinslar ham yer yuzasi sharoitiga mutloq turg’un emas. Yer qarida shakilangan jinslar o’sha sharoitdagina turg’un bo’lib ular yer yuzasida ekzogen jarayonlar tasirida sutkali va mavsumiy tekis turani o’zgarishi, suvning, havoning va tirik organizmlarning mehanik va himiyaviy tasirida tezda buziladi .Natijada yer yuzasida turg’un bo’lgan boshqa yangi moddalar shakilanadi. Birlamchi magmatik tog’ jinslarining hisobiga yuzaga keladigan ikkilamchi materiyaning yangi formalari, yangi tog’ jinslari hosil bo’ladi.
Kuzatishlardan bizga malumki o’zgarish va buzilish faqatgina yer qaridan yer yuzasiga chiqqan jinsgagina tegishli bo’lmaydi. O’zgarish yer yuzasida hosil bo’lgan jinslarni yerning chuqirroq zonalariga tushib qolishida yuz beradi. Masalan, cho’kindi jinslarni yer qaridan chiqayotgan magma yaqiniga ya'ni yuqori tekstura va bosim tasiriga tushib qolishda, yoki bo’lmasa yer qobigining deformatsiyasi natijasida temperatura va bosimning keskin o’zgarishi hisobiga o’zgaradi. Yer yuzasida shakillangan jinslar turg’unlik holati juda past ko’rsatgichga ega, jinslarning qayta shakilanishidan avvalgisiga o’hshamaydigan yangi jinslar hosil bo’ladi. Bu jinslar metamorfik tog’ jinslari, ularni hosil qiluvchi jarayonga metamorfizm jarayoni deyiladi. Metamorfizm jarayoni vaqtida foydali qazilma konlari ham hosil bo’lishi mumkin, misol uchun asbest, talk, mramorlar, ko’pchilik metallar va boshqalar.
Shunday qilib endogen jarayonlar ya'ni ichki agentlar doimo o’zgartiradi va bir vaqtni o’zida yangi sharoitga turg’un moddalar hosil qiladi, yer yuzasiga shakilangan materiya yer qa'rida turginsiz holatda uchraydi, agar shu muhitga tushib qolsa ularni qayta shakilantiradi.
Magmatik tog’ jinslari magmani asta-sekin sovib kristallanib qotishdan hosil bo’ladi. Silikat tarkibli olovli massa-magma yer qobig’ining chuqur qismlarida paydo bo’lib, har hil gazsimon moddalar va suv bug’lari bilan tuyingan bo’ladi. Yer qobigtning chuqur qismlarida bunday qizigan modda katta bosim ostida nisbatan qattiq holda uchraydi. Lekin qatlamlardagi darzlarda, yoriqlarda bosimning pasayishi natijasida bunday massa suyuq (hamirsimon) holatga o’tadi.
Yer qobig’ida tektonik harakatlar natijasida hosil bo’lgan darzlar orqali magma yuqorida joylashgan qatlam orasiga kirib qotishi yoki yer yuzasiga otilib chiqishi mumkin. Agar magma yer yuzasiga otilib chiqa olmasa, u asta-sekin uning chuqur qismlarida qotadi. Bunday magma mahsulotlari intruziv jinslar deb ataladi.
Magmatik jinslar klassifikatsiyasi turlichadir. Bunday klassifikatsiya magmadagi SiO2 ning miqdoriga asoslangan bo’lib, magmatik jinslar qo’yidagi gruppalarga bo’linadi:

  1. Nordon jinslar SiO2 miqdori 64-78 % (granit, granodiorit, liparit va hokazo).

  2. O’rta jinslar SiO2 miqdori 53-64% (siyenit, diorit, trahit va hokazo).

  3. Asosli jinslar SiO2 miqdori 44-53% (gabbro, bazalt, diabaz va hokazo).

Intruziv tog’ jinslari yer qobig’i orasida hosil bo’lib, keyingi tog’ hosil qiluvchi jarayonlar va chuqur nurashlar natijasida yer yuzasiga chiqib ochilib qoladi. Nurash jarayonlarining bunday jinslarga kuchli ta'sir etishi ularning yotish shaklini yoki o’rnini aniqlashga imkon bermaydi. Intruziv jinslar yerning ichki qismida qatlamlar orasida turli shakllarni hosil qilishga qarab batolit, shtok, qatlamli, tomir, lakkolit, lopolit, fakolit, dayka kabi turlarga ajratiladi.
Tog’ jinslarining hossalari ularning ichki tuzilishi va yer po’stida joylashishiga bog’liq. Shuning uchun ham ularning struktkra va teksturasini bilish katta ahamiyatga ega. Tog’ jinslarining strukturasi deb, ularning ichki tuzilishi, jins tashkil etuvchi mineral zarralarning katta-kichikligi, shakli, miqdoriy nisbati va bu zarralarning bir-biri bilan o’zaro aloqada bo’lishiga aytiladi.
Tog’ jinslarining teksturasi deb, ularni tashkil etuvchi minera zarrachalarining jinsda fazoviy joylashishi va jinslarning yahlitlik darajasiga aytiladi. Magmatik jinslarning yer yuzasida va ichkarisida qotishiga qarab g’ovak va zich jinslar bo’ladi.
Nordon jinslar magmatik jinslar orasida eng ko’p tarqalgan. Ularga granit va uning otkindi hillari liparit, vulkon shishasi va boshqalar kiradi.
Granit juda mustahkam tog’ jinsi, uning rangi och kul rang, pushti yoki qizil bo’ladi. Jins hosil qiluvchi minerallardan dala shpati, kvarts, rangli minerallardan slyuda, amfibol, kam uchraydigan aktsessor minerallar apatit, sfen, tsirkon, pirit, magnetit va boshqalar bor.
Liparit himiyaviy tarkibiga ko’ra granitga yaqin bo’lsa ham u otkindi jins hisoblanadi. Liparitlarning rangi och sariq va och kulrangdir. Strukturasi porfili bo’lib, shishasimon massada dala shpati. Kvarts, biotit minerallarining zarralari uchraydi.
Liparitning ko’rinishi shishasimon bo’lib, vulkon shishasiga obsidian va pemza kiradi.
Pemza zichligi 1 gG`sm3 dan kam bo’lgan. Oq, kulsimon, sariq tusli ko’piksimon jins. U issiqlik tutuvchi beton, tsement, buyoqlar tayyorlashda ishlatiladi.
Diorit tula kristallangan donador jins. Mineral tarkibi asosan plagioklazdan (65-70 % gacha) iborat rangli minerallar 30 % ni tashkil etib, amfibiol, avgit, biotitlardan iboratdir.
Gabbro qumtuproqqa tuyinmagan, massiv asosli intruziv jinsdir. Gabbro tarkibida asosli plagioklaz (labrador, labrador-bitovnit, anorit), piroksen, amfibol uchraydi.

Yüklə 93,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin