Geologiya fani, uning tarmoqlari va taraqqiyot tarixi



Yüklə 29,12 Kb.
səhifə3/3
tarix15.05.2022
ölçüsü29,12 Kb.
#57988
1   2   3
Geologiya Fani, Uning Tarmoqlari Va Taraqqiy

fizik geologiya degan sohaga birlashtirilgan. Dinamik geologiya yer po'stini o'zgartiruvchi va tog' jinslarini hosil qiluvchi (litogenez) jarayon bilan shug'ullanadi. Nazariy geologiya, geologik razvedka ishlari yer po'stini geofizik usullar yordamida tekshirish, neft qidirish geologiyasi, muxandislik geologiyasi (geologiyaning qurilishlarda qo'llanilishi),harbiy geologiya va boshqa amaliy geologiya fanlari bilan bog'liqdir.

Yaponiya va Sharqiy Xitoy dengizlari orollarida tez - tez bo'lib turadigan zilzilalar yerli aholini juda qiziqtirdi va bu hodisani o'rganish uchun 132— yilda Chjan Xen eng oddiy seysmograf ixtiro qildi.

Qadimgi greklar Yerni tekis doira shaklida atrofi suv bilan o'ralgan jism deb tushunganlar. Lekin sinfiy kurashlar natijasida Gretsiyada materialistik ilmiy tushunchalarga ega bo'lgan olimlar ham otilib chiqdilar. Ular dunyoning tuzilishi va tabiat hodisalari haqidagi to’g'ri fikrlarni qo’rqmay aytdilar. Bu olimlar Fales (eramizdan avvalgi VII—VI asrlar) Geraklit (eramizdan avvalgi VI asr), Demokrit (eramizdan avvalgi V—IV asrlar), Empedokl (eramizdan avvalgi V asr) va boshqalar bo'lib ular tabiatdagi hamma hodisa va voqealarning sabablarini xudoga emas balki tabiatdagi moddiy kuchlarga uning o'ziga xos qonuniyatlarga bog'lab tushuntirdilar.

Bu qarashlar diniy qarashlarga butunlay zid bo'lib, o'sha vaqtda qurila boshlagan ilm-fanning ulug' binosiga qo'yilgan birinchi g'isht edi.

Bu davr vakillaridan biri Anaksimandir, u (er.av. 611 - 547 y.m.) birinchi bo'lib yerning rivojlanishi tarixida hamma organizmlar suvda paydo bo'lganligi va dunyoning abadiy ekanligi haqida o'z fikrini bayon etgan.

Gerodot (eramizdan avvalgi 484 — 466 yillar ) Misr yerining paydo bo'lishi tarixini yozgan. U Misrning O'rta dengizning o'tmishda Efioniyagacha cho'zilgan va keyingi vaqtlarda quruqlikka aylangan ko'ltig’i ekanligini shu yerdagi tog'larda topilgan dengiz chig'anoqlari va qoldiqlari hamda boshqa faktlar bilan isbotlab bergan. Grek olimi Arastu ( eramizdan avvalgi 384 — 322 y.y.) geologiya fanlarini rivojlantirishiga o'z xissasini qo'shdi.

Mashhur geograf Strabon quruqlikda dengiz chig'anoqlarining to'pilish sabablarini tushuntirib, yerning dengiz tagidagi qismi harakat qilib turishini - uning ko'tarilishi va cho'kishi natijasida orollar hatto, materiklarning hosil bo'lishini ko'rsatib o'tgan. Sitsiliya bir zamonlar Italiya bilan bir- biridan ajralgan deydi. Strabon bu yerdagi vulqon harakatlari yer po'stinining tik harakat qilishining natijasi deb tushuntirgan.

Aleksandriya olimlari astronomiyani - osmon jinslari haqidagi fanni ancha taraqqiy ettirdilar. Aristarx Samosskiy (eramizdan avvalgi 320 — 250 y.y.) Quyosh va Oyning kattaligini o'lchashga uringanlar, dunyoning markazi Yer emas balki Quyoshdir, Yer Quyosh atrofidan aylanadi, deb taxmin qilganlar. Ularning qarashlari Nikolay Kopernik g'oyasidan XVIII asr oldin bayon etilgan.

Abu Rayxon Beruniy (979-1048 yillar) o'zining arab tilida yozgan bir qator asarlarida Yer, mineral, ma’danlar, geologik jarayonlar to'g'risida juda ajoyib fikrlarni aytib o'tadi.

U yerning dumaloqligiga ishonish bilan birga uning kattaligini ham birinchilar qatorida o'lchaydi. Uning astranomik traktatidagi sxematik xaritasi Beruniyning eski dunyoni yaxshi bilganligidan xabar beradi. U bu sohada G'apb geograflaridan oldinda turgan. Beruniy o'sha vaqtdagi o'zining xaritasiga afsonaviy mamlakatlar va Kaspiy mamlakatlarini joylashtirmaydi, balki Xorazm va Xindistonning geologiyasini tiklashga urinib, oqar suvlar faoliyati haqidagi ilmiy fikrlarni chiroyli qilib tasvirlab beradi.

Daryo yotqiziqlari haqida esa Beruniy o'zining “Aholi yashaydigan yerlar orasidagi masofalarning oxirgi chegarasini aniqlash” degan asarida bunday deydi: "Kimki bu haqda fikr yuritar ekan u shunday xulosaga keladi:tosh va shag'allar hamda mayda zarrachalar turli kuch ta’sirida tog'dan ajraladi: keyin ular uzoq vaqt davomida suv va shamol kuchi tufayli qirralari sinib silliqlashadi, hamda yumaloq shaklga kiradi. Ulardan o'z navbatida mayda donachalar - qum va changlar paydo bo'ladi.Agar bu shag'allar daryo o'zanida to'plansa orasiga gil va qum kirib bir butun "hamirga" aylanadi.

Vaqtning o'tishi bilan aralashgan narsalar suv tagida ko'milib ketadi. Agar biz ana shunday dumaloq toshlardan tashkil topgan tog'larni uchratsak ular albatta yuqorida yozganimizdek paydo bo'lgan desak bo'ladi. Ular yer ustida yoki qatlamlar orasida uchrashi mumkin. Bunday jarayon uzoq vaqtni talab etadi va bizning tasavvurimizdan tashqaridagi doimiy uzgarishlar bilan bevosita bog'langan holatda yuz beradi”. (Abu Rayxon Beruniy A.M.Belenitskiy, Leningrad universiteti nashri 1949, 207) Beruniy XI asr boshlarida birinchi bo'lib daryo o'zanlarida cho'kindilar katta-kichikligining suv oqimi tezligiga qarab o'zgarishi qonuniyatlarini yaratganligini, bu qonuniyatlarning qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligini so'ngi yillarda, ishlab chiqilgan cho'kindi hosil bo'lishining uch bosqichi V.I. Popovning fatsial paragenetik mintaqalariga mos keladi.

Beruniy o'zining “Mineralogiya” degan asarida (IV asrning birinchi yarimi) minerallar haqida chuqur va aniq ilmiy ma’lumotlar bergan. Minerallarni aniqlash va tasniflashda Beruniy faqat ularning rangi va tiniqligini emas, balki qattiqligi va solishtirma og’irligidan ham foydalangan.

Beruniyning zamondoshi buyuk olim tabiatshunos va faylasuf Abu Ali Ibn Sino (980— 1037) ham geologiya fanining rivojlanishiga o'z xissasini qo'shdi. Ibn Sinoning geologik dunyoqarashlari uning ilmiy qomusi “Ashshifo” (Qalbni davolash) degan kitobining "Tabiat" degan bo'limida yoritilgan.

Ibn Sinoning toshlarning paydo bo’lishida zilzila va tog’ qulashlari yerlarning o’pirilishi katta rol o'ynashini hayvon va o'simliklarning toshga aylanishini ko'rsatuvchi ajoyib fikrlari bor. Ibn sino tomonidan temir va tosh materiallarning paydo bo'lishi haqida aytilgan fikrlari juda qiziqarlidir. Ibn Sino hozirgi aholi yashaydigan o'lkalar o'tmishda hayotsiz - yerlar va dengiz osti bo'lgan degan progressiv fikrlarni ilgari surdi. Mashhur ozarbayjon matematigi - astronomi Muhammad Nasriddin tabiatshunoslik sohasidagi juda ko'p ishlari bilan birga minerallar haqida “Javohirnoma” degan asarni yaratdi. Bu asarda 34-mineral: zumrad; l’al, shpinel', feruza, azurit, agat, yashma va boshqa minerallar tasvirlangan.

Ularning fizik hossalari - rangi, yaltiroqligi, qattiqligi solishtirma og'irligi, tiniqligi, mo'rtligi batafsil bayon etilgan. Ibn Sino va Beruniyning mineralogiya traktatlaridan keyin Muhammad Nasriddin asari o'z zamondoshlarining aytganlarini takrorlagan qimmatli ilmiy ma’lumotlar bilan to'lgan birdan - bir asar bo’ldi.

1445 yilda polyak olimi N.Kopernik “Osmon jinslarining aylanishi to'g'risida” nomli asarida Yer o'z o’qi atrofida va boshqa planetalar bilan esa, birgalikda Quyosh atrofida aylanishini isbot etdi. Mirzo Ulug'bekning matematika va astronomiya fanlarining taraqqiyotiga qo'shgan hissasi cheksizdir. U osmon jismlari tarqalish qonuniyatini, harakatini, sonini aniqlash masalalarini to'g'ri talqin qilib bergan buyuk olimdir.

Rus olimi M.V.Lomonosov geologiya faniga ulkan xissa qo'shgan. Uning “Yer qatlamlari haqida” asari juda katta ahamiyatga ega. V.M.Severgin “Mineralogiya lug'ati” ni yaratdi. XVIII — asr oxirlarida Jeyms Smit stratigrafiya va paleontologiyaga asos soldi.

Ingliz olimi Ch.Layyell “Geologiya asoslari” degan kapital asarida aktualizm uslubini asoslab berdi.

Fransuz olimi Eli-de-Bomon Yerning tektonik yo’l bilan paydo bo'lishi haqidagi kontraksiya gipotezasini yaratdi.

XIX asrning oxirlarida O'rta osiyo geologiyasini yaxshi o'rgangan buyuk rus olimlari I.V. Mushketov, G,D.Romonovskiylar Turkistonning birinchi geologik haritasini tuzganlar. O'zbekistonni geologiyasini o'rganish 1950 inchi yillaridan keyin nihoyat rivojlanib, uning behisob yer osti boyliklari birin - ketin qidirib topila boshladi.

Mashhur o'zbek geolog olimlaridan X.M.Abdullayevning nomini uning asarlarini alohida ta’kidlab o'tish diqqatga sazovordir. Ma’danlarning intruziyalar bilan genetik bog'liqligi”, “Daykalar va ma’danlanish”, “O'rta Osiyoda magmatizm va ma’danlanish” kabi asarlari foydali qazilmalarni qidirishda asosiy qo'llanmalar hisoblanadi.

Gidrogeologiya va muxandislik geologiyasi sohasida R.A.Mavlonov, litologiya sohasida O.M. Akramxo'jayev, V.I.Popov, petrografiya sohasida I.K. Hamraboyev, T.N.Dolimov, tektonika sohasida O.M. Borisov, M.O.Axmadjonov kabi yirik olimlarning nomini qayd etish va ularning O'zbekiston Respublikasi yer osti boyliklarini qidirib topish borasidagi ishlari alohida e’tiborga sazovordir.

O'zbekiston qazilma boyliklarining ko'pligi jihatdan dunyo mamlakatlari ichida eng yuqori o'rinlardan birida turadi. Bunda o'zbek geolog olimlarining hissalari salmoqli o'rinni egallaydi.

1. Geologiya sohasiga qaysi bilimlar yaqinroq?

2. Geologiyaning qanday tarmoqlarini bilasiz?


Aim.uz


Yüklə 29,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin